NFT NIMA? YOXUD, O’ZGARMAS TOKENLAR HAQIDA


Non-fungable tokens” (NFTs) dunyo bo’ylab ancha shov-shuvlarga sabab bo’lmoqda. Rasmlar, videolar, 3D modellar, musiqalar raqamli aktivlar ko’rinishida 17-asrning ekzotik golland lolalari kabi sotilmoqda – ba’zilari millionlab dollarga.

Ammo NFT pulga arziydimi yoki shunchaki shov-shuvdan boshqa narsa emasmi? Ba’zi ekspertlarning ta’kidlashicha, ular shunchaki shov-shuv xolos. Boshqalar, NFT esa biz bilan qolishi va investitsiyalar jalb qilib, yanada rivojlanishiga ishonishmoqda.

NFT – bu san’at, musiqa, 3D modellar va videolar kabi haqiqiy obyektlarni ifodalovchi raqamli aktivdir. Ular onlayn ravishda kriptovalyuta orqali sotib olinadi yoki sotiladi, shuningdek ular kriptovalyuta texnologiyalari kabi shifrlanadi.

Garchi ular 2014 yildan beri mavjud bo’lsa-da, NFTlar endi mashhurlikka erishmoqda, chunki ular raqamli san’at asarlarini sotib olish va sotishning tobora ommalashayotgan usuliga aylanmoqda. 2017-yil noyabr oyidan beri NFTlar uchun 174 million dollar sarflandi.

NFTlar bu boshqa joylarda allaqachon mavjud bo’lgan raqamli ijodlar, masalan NBA o’yinlaridagi videokliplar yoki Instagramda allaqachon tarqalib ketgan raqamli san’atning xavfsizlashtirilgan versiyalari. Ya’ni, agar siz ma’lum bir rasmni NFT ko’rinishida sotib olsangiz, siz uning yagona egasiga aylanasiz. Axir, Mona Liza portreti dunyo bo’ylab millionlab nusxada tarqalib ketgan bo’lsa ham, uning egasi yagonaligicha qoladiku, to’grimi? Aytgancha, uning hozirgi egasi Fransiya Respublikasidir.

Beeple” nomi bilan mashhur boʻlgan taniqli raqamli rassom Mayk Uinklman 2021-yilning eng mashhur “HAR KUNI: Birinchi 5000 kun” nomli NFT-ni yaratish uchun 5000 ta kundalik chizmalardan iborat kompozitsiyani yaratdi va uni rekord miqdorda $69.3 millionga pulladi.

Hozirgi kunda, internet orqali istalgan rasmni bemalol ko’rish, ko’chirib olish mumkin. Xo’sh, nima uchun odamlar osongina ko’rish yoki yuklab olish mumkin bo’lgan rasm uchun millionlab pul sarflamoqda?

Chunki NFT xaridorga o’zi sotib olgan buyumga egalik qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, u maxsus autentifikatsiyani o’z ichiga oladi, bu esa egalik guvohnomasi bo’lib xizmat qiladi.

NFT kriptovalyutadan qanday farq qiladi?

NFT o’zgartirilmaydigan tokenni anglatadi. U odatda “Bitcoin” yoki “Ethereum” kabi kriptovalyuta bilan bir xil texnologiyadan foydalangan holda qurilgan, ammo ularning o’xshashligi shu yerda tugaydi.

Jismoniy pullar va kriptovalyutalar «o’zgaruvchan» bo’lib, ular bir-biriga almashtirilishi yoki savdo qilinishi mumkin. Ularning qiymati ham teng – bir dollar har doim boshqa dollarga teng yoki bitta bitkoin har doim boshqa bitkoinga teng.

Ammo NFT haqida bunday deb bo’lmaydi. NFTlarning har birida yago ko’rinishdagi elektron imzo bo’lib, ularning bir-biriga savdo qilinishi yoki almashtirish imkoniyatidan mahrum qiladi. Misol uchun, biror kishi tomonidan yaratilgan san’at asari boshqa san’at asari bilan teng emas.

NFT qanday ishlaydi?

NFT blokcheynda saqlanadi. Odatda, NFTlar ‘’Ethereum’’ blokcheynida saqlanadi, garchi boshqa blokcheynlarda ham NFTlar saqlash mumkin bo’lsada.

NFT moddiy va nomoddiy obyektlarni ifodalovchi raqamli obyektlardan yaratiladi jumladan quyidagilardan:

 

  1.  Grafika san’ati
  2.  GIFlar
  3.  Videolar va sport voqealari
  4.  To’plamlar
  5.  Virtual avatarlar va video o’yin terilari
  6.  Dizayner krossovkalari
  7.  Musiqa

 

Hatto tvitlar ham hisobga olinadi. Twitter asoschisi Jek Dorsi o’zining ilk tvitini NFT sifatida 2,9 million dollardan ko’proqqa sotdi.

Aslida, NFTlar jismoniy kollektor buyumlariga o’xshaydi, faqat raqamli. Shunday qilib, xaridor devorga osib qo’yish uchun haqiqiy rasmni olish o’rniga, uning o’rniga raqamli faylni oladi.

Ular, shuningdek, eksklyuziv mulk huquqiga ega bo’lishadi. NFTlar bir vaqtning o’zida faqat bitta shaxsga tegishli bo’lishi mumkin va NFTlarning blokcheyn texnologiyasidan foydalanishi egalik huquqini tekshirish va mulkdorlar o’rtasida tokenlarni transfer qilishni osonlashtiradi.

NFTlar nima uchun ishlatiladi?

NFTlar rassomlar va kontent yaratuvchilarga o’z mahsulotlarini monetizatsiya qilish uchun imkoniyatni taqdim etadi. Misol uchun, rassomlar o’z san’atini sotish uchun endi galereyalar yoki auksion uylariga ishonishlari shart emas. Buning o’rniga, rassom uni to’g’ridan-to’g’ri mijozlarga NFT sifatida sotishi mumkin, bu esa ularga ko’proq foyda olish imkonini beradi. Shuningdek, sotib olingan NFTlar, misol uchun, 3D modellar multifilmlarda yoki o’yinlarda ishlatilishi mumkin. Yoki, shunchaki NFTni keyinroq qimmatroqqa sotish maqsadida sotib olish ham mumkin. Lekin, NFT qimmatroqqa sotishingizga hech kim kafolat bermaydi.

NFTni qanday sotib olish mumkin?

Agar siz o’zingizning NFT kolleksiyangizni boshlamoqchi bo’lsangiz, ba’zi asosiy narsalarni sotib olishingiz kerak bo’ladi:

Birinchidan, siz NFT va kriptovalyutalarni saqlashga imkon beruvchi raqamli hamyonni olishingiz kerak bo’ladi. NFT sotuvchi qaysi valyutalarni qabul qilishiga qarab, misol uchun “Ethereum” kabi kriptovalyutani sotib olishingiz kerak bo’ladi.

Hozirgi vaqtda eng yirik NFT marketpleyslari:

  1. Opensea
  2. Rarible
  3. Foundation

 

NFT sotib olish lozimmi?

Garchi siz NFT sotib olish imkoniyati bo’lsa ham, ularni sotib olish kerakligi anglatmaydi. Arri Yu, Vashington texnologiya sanoati uyushmasi “Cascadia” blokcheyn kengashi raisi va “Yellow Umbrella Ventures” boshqaruvchi direktori aytadiki:

«NFTlar xavfli, chunki ularning kelajagi noaniq va bizda ularning faoliyatini baholash uchun hali yetarlicha tarixiy statistikalar yo’q», deydi u. «NFT juda yangi bo’lganligi sababli, hozircha uni sinab ko’rish uchun oz miqdorda sarmoya kiritishga arziydi.»

Boshqacha qilib aytganda, NFTlarga investitsiya qilish asosan shaxsiy qarordir. Agar sizda zaxira qilish uchun pulingiz bo’lsa, buni ko’rib chiqishga arziydi, ayniqsa bir siz uchun raqamli buyumlarni saqlash qiziq bo’lsa.

Ammo shuni yodda tutingki, NFT qiymati butunlay mijozlar unga qancha pul to’lamoqchiligiga asoslanadi. Shu sababli, narx, texnik yoki iqtisodiy ko’rsatkichlarga ko’ra emas, balki taklifga ko’ra shakllanadi.

Bularning barchasi shuni anglatadiki, NFT siz to’laganingizdan kamroq evaziga qayta sotilishi mumkin. Yoki hech kim xohlamasa, uni umuman qayta sota olmasligingiz mumkin.

Ya’ni, NFTga xuddi har qanday investitsiya kabi yondashing: tadqiqot o’tkazing, xavflarni aniqlang, shu jumladan investitsiya qilgan barcha dollarlaringizni yo’qotishingiz mumkin – va agar siz investitsiya qilishga qaror qilsangiz, ma’lum bir limitlar qo’ying.

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!