Ijtimoiy tarmoqlarning kun sayin keskin rivojlanishi bu tarmoqlar orqali biznes qilish va biznesni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat yaratib berdi. SMM biznesdagi brendni yaratish, rivojlantirish, undagi mahsulot va xizmatlarni sotish sonini ko‘paytirish, mijozlarni veb-saytga o‘tishini oshirish uchun odamlar foydalanadigan tarmoqlardan, Facebook, Instagram, YouTube, Telegram, unumli foydalanishdir.
Biznes egalariga mijozlar bilan muloqot qilish va yangi mijozlarni jalb qilish usullarini taqdim etishdan tashqari, SMM ularga qilayotgan harakatlarining muvaffaqiyatini kuzatish va jalb qilishning yanada ko‘proq usullarini aniqlashda yordam beradi va shunga asoslangan maʼlumotlarni tahlil qiladi.
20 yil ichida, 2004-yildan (ilk ijtimoiy tarmoqlar ayni shu yili ommalasha boshlagan) 2024-yilgacha, ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlar va biznesni rivojlantiradigan reklamalarning ko‘payishi ijtimoiy tarmoqlarni hatto televidenie va radiodan ham ko‘proq foydalanilishiga sabab bo‘lyapti. Bu ijtimoiy tarmoqlardagi reklama eʼlonlarini odatdagi televidenie va radiolardagi reklama eʼlonlaridan samaradorliroq ekanini anglatadi. Umuman dunyo aholisini 62.3 foizi yoki 5.04 milliard kishining ijtimoiy tarmoq ishlatishi so‘zimizga dalil bo‘la oladi.
Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, dunyoning katta qismi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, bu ijtimoiy tarmoqlardagi marketingi – SMMni qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, quyidagi tamoyillar ham nega aynan SMM degan savolga javob beradi:
Auditoriya yig‘ish:
Faraz qiling, televizorda maʼlum bir auditoriya (erkaklar, ayollar yoki bolalar) uchun mo‘ljallangan reklama eʼlonini umuman boshqa auditoriya ko‘ryapti. Yoki qariyalar uchun ishlab chiqariladigan dori vositalari reklamasini bolalar ko‘rayapti. Albatta bu kabi reklamalarning samaradorligi past yoki umuman bo‘lmaydi. SMM xizmatlari esa mahsulot yoki xizmat uchun maqsadli auditoriya yig‘ishda ayni qo‘l keladi. SMM turli maqsaddagi va qiziqishdagi odamlarni bir joyga yig‘adi va sizning reklama eʼloningizni faqat shularga – siz izlayotgan odamlarga namoyish qiladi.
Mijozlarning maʼlumotlari:
Yaxshi ishlab chiqilgan SMM (ijtimoiy tarmoq marlketing) rejasi biznesni rivojlantirish uchun tadbirkorlarga ajoyib imkoniyatni ochib beradi, mijozlar maʼlumoti. Bu yuqoridagi auditoriya yig‘ish tamoyiliga uzil-kesil bog‘liq bo‘lib, SMM bu qimmatli maʼlumotlarni bozor iqtisodiyoti tahliliga aylantirishlari mumkin, bu maʼlumotlarga mizozlarning yashash hududi, yoshi, jinsi kabilar kiradi. Bu maʼlumotlar mijozlarni qiziqishlarni kuzatishga yordam beradi.
SMM xizmatini joriy etish orqali biznes egalariga ko‘plab imtizyozlar taqdim etiladi. Quyida ulardan baʼzilarini sanab o‘tamiz:
Brendni rivojlantirish:
Agar SMMdan to‘g‘ri foydalanilsa, u brend uchun ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Xodimlaringiz ijtimoiy tarmoqqa joylayotgan mahsulotlar va xizmatlar mijozlarda sizning brendingizga bo‘lgan ishonchini ortishiga hissa qo‘shishi mumkin. Shuningdek, ko‘rishlar, yoqtirishlar («layk»), ulashishlar kabilar brendingizni ko‘proq odamga yetib borishiga xizmat qiladi.
Mijozlarni jalb qilish:
Ijtimoiy tarmoq marketingi (SMM) nafaqat brendni rivojlantirish uchun yaxshi usul, balki mijozlarni biznesga jalb qilish, ular yozayotgan izoh va so‘rovlarga javob berish, mijozlarning tanqidlari va noroziliklarini qabul qilish va bu orqali biznesdagi kamchiliklarini bartaraf etish imkonini ham beradi. Radio, televidenie, gazeta va jurnallar kabi anʼanaviy ommaviy axborot vositalaridan farqli o‘laroq, ijtimoiy tarmoqlar mijozlar va bizneslarni o‘zaro muloqot qilishlariga imkon beradi. Umuman, ijtimoiy tarmoqlar tufayli mahsulot va xizmatingiz haqida mijozlar fikrini olish har qachongidan ham osonroq bo‘ladi.
Sotish soniga taʼsir o‘tkazish:
O‘z mahsulotingiz va xizmatingizni ijtimoiy tarmoqlarda sotish ancha muvaffaqiyatli kechadi, bu esa savdo soniga ijobiy taʼsir o‘tkazadi. SMM xizmatining umumiy, asl vazifa va maqsadi ham shu. Tadqiqotlarga ko‘ra har bir inson kuniga o‘rtacha 147 daqiqa vaqtini sarf qiladi. Bu mijozlaringizni sizning kontentingizni keng miqysosda ko‘rishini anglatadi va agar konent samarali bo‘lsa, u shunchaki kontent tomosha qilayotganlarni sizning mijozingiz bo‘lishiga majbur qilishi mumkin.
Qidiruv tizimining natijalar sahifasidagi (SERP) mavqeini yaxshilash:
Google kabi qidiruv tizimlari doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlardan, masalan, Instagram rasmlari, Facebook sahifalari va YouTube videolari kabi maʼlumotlarni qidiruv tizimi natijalariga olib chiqadi. O‘z brendingizni ijtimoiy tarmoqlarda muvaffaqiyatli sotish orqali siz SERP mavqeingizni ham oshirasiz.
Hamkorlik o‘rnatish:
Ijtimoiy tarmoq sizning biznes maqsadlaringizga mos keladigan boshqa kompaniyalar bilan bog‘lanish imkonini beradi. Shuningdek, tarmoqlar sizning brendingizga taʼsir o‘tkazish orqali yordam beradigan hamkorlik qilish imkoniyatini ham taqdim etadi. Statistikalarga ko‘ra, har oyda 1,8 milliarddan ortiq kishi Facebook guruhlaridan foydalanadi, tanlash uchun o‘n millionlab guruhlar mavjud. Bu guruhlarning asosiy qismi biznes ekanligi eng muhimi. Bu biznes sheriklarini va biznesingiz bilan hamkorlik qilish uchun odamlarni topishning samarali usulidir. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar aʼzo bo‘lgan biznes turiga o‘xshash boshqa biznes turini tavsiya qilishni «xush ko‘radi». Bu biznes egalariga hamkorlik va raqobat haqidagi maʼlumotlarni olishida ancha foyda beradi.
Sanoat – ishlab chiqarishdagi yangiliklarni kuzatish:
Ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqa bizneslar foydalanadigan yangiliklarni ko‘rishingiz, ulardan foydalanishingiz ham mumkin. Turli xil ko‘ngilochar yangiliklar, chellenj va heshteglar (masalan, #yangilik) ijtimoiy tarmoqdagi mijozlaringizni qiziqishlarini oshirishga, kontentingizni boshqalarga ham ulashishiga yordam beradi.
Shuningdek, siz chet davlatlardagi bizneslar qo‘llayotgan strategiyalarni, ishlash jarayonini ko‘rishingiz, shundan nima qilish va nima qilmaslik kerak ekanini aniqlashingiz mumkin. Yana, mijozlar uchun talabgir bo‘layotgan mahsulot va xizmat turidan ijtimoiy tarmoqlar orqali boxabar bo‘lishingiz mumkin.
Albatta, ijtimoiy tarmoq marketingi – SMMni bunday foydali taraflari ko‘p, ammo bunga erishish uchun yuqori malaka va tajriba hamda aniq rejalangan, sifatli kontent kerak bo‘ladi.
Statistikalarga qarasak:
2023-yilda 30 milliondan oshiq o‘zbekistonlik foydalanuvchi Telegram tarmog‘ida, 18 milliondan oshiq fuqarolar Odnoklassniki tarmog‘ida, 10 milliondan ziyodi YouTubeʼda, 7 milliondan oshiq o‘zbeklar esa Facebook va Instagram tarmog‘larida o‘z hisoblariga ekani oydinlashadi. Bu raqamlar kundan kunga o‘sib bormoqda va SMM xizmatlaridan foydalanuvchi biznes egalariga ayni muddao bo‘lib kelmoqda. Biznes egalari odamlar orasidan o‘zi uchun auditoriya topishda ijtimoiy tarmoqlar marketingi – SMM yordam beradi.
Ijtimoiy tarmoqlar marketingi bilan shu sohani mutaxassislar SMM menejerlar shug‘ullanadi. SMM menejer kim? SMM menejer – kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda sahifasini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi, yordam beruvchi mutaxassis. Uni vakolatidagi ishlar quyidagilar: