SEO xizmat narxlari
4,500,000 dan

Googleda yuqoriga chiqish xizmat narxlari.Hozirgi kunda eng ommalashib borayotgan va daromad olib kelayotgan marketing xizmatlaridan biri bu SEO. Googleda yuqori sahifalarda turishingiz xaridorlar sizni osonroq topishiga yordam bo'lsa sizga ko'proq daromadga chiqishingiz uchun eng tog'ri yo'ldir

Sayt ochish narxlari
6,000,000 dan

O'z saytiga ega biznes har doim mijozlar ishonchini ortishiga yordam beradi. Har qanday odam istalgan vaqtda sizning biznesingiz va mahsulotlaringiz haqida ma'lumotga ega bo'lishiga ham ko'mak beradi.

Logotip yasash narxlari
7,550,000 dan

Logotib har qanday biznes uchun juda zarur hisoblanadi. Agar u o'z ishini ustalari tomonidan qilinsa diqqatni tortadi, bir ko'rishdayoq esda qoladi, brend tanilishiga katta hissa qo'shadi.

Internet do'kon ochish narxlari
14,469,000 dan

Dunyoda 1.92 milliarddan ortiq inson internet orqali xaridlarni amalga oshiradi. Bu yer aholisining to‘rtdan bir qismi degani. Internet do‘kon (magazin) ochish orqali yaxshigina daromad qilishingiz mumkin.

Google Adword
2,609,000 dan

Google reklama xizmati orqali saytingizni 1 kunda Googlening 1-o’riniga olib chiqing.Google reklama qilish orqali biznesingiz hayratga soladigan darajada katta daromadga ega bo’ladi

Brending narxi
1,900,000 dan

Firma uchun chiroyli nomlar topish. Brendingiz yoki firmangiz nomi uning kelgusidagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Brendingiz uchun nom yaratish vazifasini OQILA dizayn studiyasiga qo‘yib bering.


OQILA veb-studiyasi har bir mijozga individual yondoshadi

Buyurtma qoldiring

OQILA veb-studiyasi sizga nimalarni taklif qiladi?

Sayt yaratish

Tajribali marketing mutaxassislari daromadingizni ko‘paytirish ustida ishlashadi. Sayt yaratish ishlari qisqa fursat ichida va aniq texnik vazifaga binoan amalga oshiriladi. Kompaniya tajribali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan mobil saytlar, landing page, kompaniyalar uchun saytlar, e’lonlar sayti, yangiliklar sayti, internet do‘konlarni taklif qiladi.

Vizitka sayt

Kompaniyaning internetdagi «tashrif qog‘ozi» hisoblangan sayt u haqidagi eng muhim ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak. Sayt vizitka sahifasiga tashrif buyurgan insonlarni kompaniya xizmatlari yoki mahsulotlari bilan tanishtirishdir.

Bir sahifali sayt

Bir sahifali saytning boshqa nomi Landing Page. Sahifa foydalanish uchun qulay bo‘lib, mijozni kerakli ma’lumot bilan tanishtiradi.

Kompaniya sayti

Kompaniya sayti uning internetdagi shaxsiy sahifasi, murakkablik darajasi turlicha bo‘lishi mumkin. Bosh vazifasi – kompaniya haqidagi batafsil ma’lumotni boshqalarga taqdim etishdan iborat.

Internet do‘kon

Internet do‘kon yaratish savdo hajmini oshirish uchun xizmat qiladi. U xaridorlarni jalb qiluvchi dizaynga ega bo‘lishi muhim.

Esklyuziv saytlar

Mutaxassislar esklyuziv sayt ustida noldan boshlab mehnat qilishadi. O‘ziga xos kontent va dizayn ishlab chiqiladi, shu sababli uning narxi ham boshqa saytlardan biroz yuqoriroq bo‘ladi.

Qanday sayt turiga buyurtma bermoqchi ekanligingizdan qat’iy nazar, OQILA veb-studiyasining tajribali mutaxassislari bilan istalgan natijaga erisha olasiz.

Biz sizning istaklaringiz, g‘oya va takliflaringizga quloq tutamiz, natija ko‘rsatishga kafolat beramiz. Saytingiz raqobatchilar saytidan mutlaqo farqli bo‘ladi, brendingiz yoki kompaniyangizni mashhur qilishga yordam beradi.

Biz bilan bog’laning

SEO

Internet marketing yo‘nishlaridan yana biri SEO – saytni qidiruv tizimlariga moslash hisoblanadi. Internet marketingning 50%ini loyihaning SEO targ‘iboti tashkil qiladi.

SEO – raqamli marketing strategiyasining bir qismi bo‘lib, veb-saytni qidiruv tizimlariga moslashtirish uning Google yoki Yandex tizimlari natijalar sahifasida ko‘rinib turishini ta’minlaydi.
Qidiruv tizimlaridagi yuqori pozitsiyalarni egallash saytga tashrif buyuruvchilar sonini keskin oshiradi, shu tariqa brend yoki kompaniyaning taniqliligi ham, uning xizmat turlari yoki mahsulotlari savdosi ortidan keladigan daromad ham oshib ketadi. Ushbu vazifa tajribali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan holatda sayt qidiruv tizimlaridagi TOP o‘rinlarni egallaydi, katta auditoriyani o‘ziga jalb qiladi. Qarabsizki, kompaniyangizni mashxur qilib olish barobarida hamyoningizga pul oqib kelishni boshlaydi. SEO Google reklamadan farqli olaroq kop yillik natija beradi.

Sayt qidiruv tizimlarida yuqori pozitsiyalarga olib chiqilganidan keyin reklama uchun ortiqcha pul sarflashga ham to‘g‘ri kelmaydi.
OQILA veb-studiyasi SEO targ‘iboti masalasida ko‘p yillik tajriba to‘plagan. Bizga ishonch bildirish orqali reklama haqida mutlaqo o‘ylamasangiz ham bo‘laveradi.

Barchasini sizning o‘rniningizga biz bajaramiz! Mijozlar qo‘ng‘irog‘i esa tinmaydi!

Biz bilan bog’laning

Internet reklama turlari

Internetda ko‘rinish beradigan har qanday reklama xarakteridagi e’lonni internet reklama vositasi deb bo‘lmaydi. Agar internet reklama turlaridan o‘z o‘rnida foydalanilsa, biznes shiddat ila rivojlanadi. Yoki aksincha, bu boradagi kichik ehtiyotsizlik pulingizning ko‘kka sovurilishiga olib keladi. Shu sababli internet reklama uchun buyurtma berish masalasida faqatgina professional mutaxassislarga ishoning. Sifatli va o‘rinli reklama daromadingizni oshirishga xizmat qiladi.

Afzalliklari:

  1. Internet reklama narxi OAVga nisbatan arzonroq bo‘ladi. Ammo, internet olamidagi reklama turlari sizga ko‘proq va kattaroq natija bera oladi.
  2. Internet reklamada tahlil qilish nisbatan qulay. Uning qanday foyda berganini aniq ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
  3. Internet reklamani maqsadli auditoriya, geografik joylashuv hamda vaqtga moslashtirish mumkin, bu katta natijani ta’minlay oladi.
  4. Internet reklama yaratish jarayoni boshqa reklama turlari bilan solishtirganda kamroq vaqt oladi.
  5. Internetdagi reklama kichik kompaniyalar va o‘z ishini endigina boshlagan, bozorga yaqinda kirib kelgan biznes egalariga ham xalqaro maydonga qadam qo‘yish uchun yordam beradi.
  6. Katta auditoriyani qamrab oladi.
  7. Brendingiz mashhurligini oshirishda qo‘l keladi.
  8. Ma’lumotlarni kuzatish va tahlil qilish imkoniyati mavjud.
  9. Internetdagi reklama xajmi masalasida hech qanday cheklovlar yo‘q.
  10. Reklama matnini istalgan vaqtda o‘zgartirish yoki to‘g‘irlash imkoni bor.

Matnli reklama

Matnli reklama – tematik qidiruv natijalari sahifasida pullik reklamalarni aks ettirish xizmati. Ushbu e’lonlar qidiruv natijalari sahifasining eng yuqori, yon yoki pastki qismida turadi. Bu eng ommabop internet reklama vositalaridan biri, sababi u sizga tez fursat ichida maqsadli trafikni olishga yordam beradi. Reklama matnlari online savdo bozorining 80%ini tashkil qiladi.

Afzalliklari:

  • Tez fursat ichida natija beradi. Foydali va sifatli ma’lumot odamlarni juda tez jalb qila oladi, oqibatda reklamaga bo‘lgan talab oshadi. Matnli reklamaning asosiy afzalligi aynan mana shunda.
  • Reklama beruvchi o‘z e’lonini qanday pozitsiyada ko‘rsatilishini o‘zi tanlash imkoniyatiga ega.
  • Ma’lum parametrlarni sozlash orqali (targeting) siz uchun foydali bo‘lgan mijozlarga yo‘naltiriladi.

Bannerli reklama

Banner – individual dizayn va turli formatga ega reklama blogi, u internetda mijozlarni jalb qilish uchun maqsadli resurslarga joylashtiriladi. Har bir mahsulot – animatsiya yoki stastik ko‘rinishdagi internet reklama vositasi bo‘lib, mijoz uning ustiga bosgan vaqtda reklama beruvchining saytiga o‘tadi.

Bannerlar foydalanuvchilar e’tiborini o‘ziga jalb qiladi, ularni mahsulot yoki xizmat haqida ko‘proq bilib olishga undaydi. Bannerlar istalgan saytga joylashtirilishi mumkin, u reklama turlari orasida universalligi bilan mashhur.

Afzalliklari:

  • Keng auditoriyani qamrab oladi;
  • Brend mashhurligini oshiradi;
  • Maqsadli auditoriyani yo‘naltirish imkoniyatini beradi;
  • Interfaol bo‘ladi;
  • Bir vaqtda ikkita vazifani bajaradi: saytni bezaydi va mahsulotni sotadi;
  • Faqat maqsadli auditoriyani jalb qiladi: reklama ushbu mahsulotga qiziqqan insonlarni harakatga undaydi;
  • Kompaniya imijiga ta’sir ko‘rsatadi;
  • Reklama namoyishi miqdori va tezligini sozlab qo‘yish mumkin;
  • Mahsulotingizga qiziqqan insonlarning aniq statistikasi kelgusidagi reklama tadbirlarini rejalashtirish uchun imkon beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda reklama

Ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish usullari haqiqatan natija bera oladi. Ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari sizning kelgusidagi xaridorlaringizga aylanishadi.

Afzalliklari:

  • Umumiy qiziqishga ega bo‘lgan insonlarni birlashtiradi;
  • Ma’lumotni muloyim ko‘rinishda mijozga yetkazadi;
  • Mahsulotning o‘ziga xosliklarini namoyish qilib berish uchun unga foto yoki video material qo‘shish mumkin;
  • Doimiy mijozlar soni ortadi;
  • Muntazam ravishda yangilanish bo‘ladi, oqibatda insonlar mahsulotdan zerikib qolishmaydi;
  • Ushbu reklama turi nisbatan hamyonbop hisoblanadi.

Reklama haqida yanada batafsil ma’lumot olishni istaysizmi? Mahsulotingiz yoki xizmat turi reklamasi kerakmi? OQILA veb-studiyasi bu ishni bajonidil bajaradi!

Texnik xizmat (texnik-xizmat)

Saytga doimiy ravishda mijozlar e’tiborini jalb qilib turish kerak, bu uning uzluksiz daromad olib kelishiga sabab bo‘ladi. Yo‘qsa, saytdan hech qanday foyda ololmaysiz. Saytni mijozlar e’tiboriga tushirish uchun unga texnik xizmat ko‘rsatish kerak. Bu sayt dizayni ustida ishlash, kontentni nazorat qilish, uning xavfsizligini ta’minlash degani.
Saytga texnik xizmat ko‘rsatish shartmi? Ha, suv va havo insonning yashashi uchun kerak bo‘lganidek, saytning mavjudligi va uning rivoji uchun texnik xizmat juda zarur.

OQILA web-studiyasi:

  • Saytingizning kontenti ustida ishlaydi.
  • Xavfsizlik masalasi bilan shug‘ullanadi.
  • Sifatli texnik xizmat ko‘rsatadi.

Telegram bot yaratish

OQILA web-studiyasi biznesingiz samaradorligini oshirish uchun xizmat qiluvchi Telegram bot yaratish vazifasini o‘z bo‘yniga oladi.

Afzalliklari:

Mijozga javob berish tezligi

Mijoz o‘z murojaatiga qisqa fursat ichida javob olmaydigan bo‘lsa, bitta xaridorni qo‘ldan boy berdim deyavering. Bot bilan bu kabi holat yuz bermaydi. Har bir mijoz tezkor javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Raqobatchilardan himoya

Guruhingizga kirib olgancha mahsulotingiz bilan qiziqqan mijozga o‘z mahsulotini taklif qiladigan raqobatchilaringiz borligini bilasizmi? Yo‘q deya ko‘rmang! Shaxsiy botingiz bo‘lsa, bu kabi holatlarga chek qo‘yiladi.

Samaradorlik

Telegram bot har bir mijozga e’tibor qarata oladi, buning oqibatida arizalar oqimi ko‘payadi.

Qulaylik

Mijoz ma’lum bir kompaniyadan mahsulot xarid qilish yoki xizmat turiga buyurtma berish uchun alohida ilova o‘rnatishga ehtiyoj sezishmaydi.

Telegram botning internet marketingda tutgan o‘rni kundan kunga mustahkamlanmoqda. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Kopirayting

Noyob kontent matni – sizning veb-saytingizga joylashtirishgan, internetdagi boshqa barcha materiallardan farq qiluvchi matn.Mijozlarni jalb qiluvchi matn yaratish kelgusidagi natijaga erishishning muhim bosqichidir.

Sotuvchi matn sizga qanday foyda beradi?

  • Sayt mijozlari e’tiborini o‘ziga qarata oladi.
  • Mahsulot yoki xizmat afzalliklarini ko‘rsatib beradi.
  • Mahsulot yoki xizmat mijozning barcha ehtiyojlariga mos ekanligiga uni ishontiradi.
  • Potensial xaridorning ishonchiga kiradi, oqibatda u mahsulotning qanchalar muhimligini va uni sotib olish zaruriyatini his qiladi.
  • O‘quvchini kerakli harakatga (qo‘ng‘iroq qilish, kontakt ma’lumotlarini qoldirish, buyurtma terish, sotib olish) ga undaydi.
  • Reklama qilish usullari orasidagi eng muhim va kuchlilaridan biri sanaladi.

Mijozlarni jalb qiluvchi matnlar yozish bilan shug‘ullanadigan, bu boradagi barcha ko‘nikmalarga ega kopirayting mutaxassislarini topish oson ish emas. OQILA veb-studiyasiga murojaat qilish orqali bir o‘q bilan ikki quyonni urasiz! Bizning tajribali kopirayterlar saytingizga joylashtiriladigan matnlar ustida ishlashadi, ish sifati esa kafolatlanadi.

Internet marketing imkoniyatlaridan unumli foydalaning! Raqobatchilaringiz eski reklama usullariga murojaat qilish bilan ovora bo‘lgan bir vaqtda, siz ulardan bir qadam oldinga o‘tib oling.

Biz bilan bog’laning

Internet marketing haqida qisqacha

Har qanday biznesning muvaffaqiyatga erishishida va daromad ko‘rishida marketing mutaxassislarining o‘rni juda katta. Internet marketing ham ana shu murakkab tizimning muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu faoliyat turi internet kanallaridan foydalanish orqali brend, mahsulot yoki kompaniya xizmatlari haqidagi ma’lumotni uning mijozlari orasida tarqatish bilan shug‘ullanadi.

Internet marketingi – bu biznes marketingining internet yordamida amalga oshiriluvchi qismi. U biznesda muvaffaqiyatga erishishingiz hamda daromadingiz oshishiga imkon yaratadi.

Afzalliklari:

Mijozlarning keng qamrovi

Internet marketingda cheklovlar mavjud emas. Siz o‘z mahsulotingizni yoki xizmat turini dunyoning istalgan burchagiga sota olasiz, buning uchun savdo nuqtasi ochishning ham keragi yo‘q.

Tezkor natija

Internet marketing juda tez natija beradi. Har bir harakatni tahlil qila olasiz.

Tejamkorlik

Internet marketingi katta natija berish bilan bir qatorda nisbatan kam harajat talab qiladi. Misol uchun, onlayn do‘kon ochsangiz, unga oflayn do‘konga qaraganda kamroq sarmoya kiritishingiz mumkin.

Mijozlarning istaklarini o‘rganish

Insonlarning xaridlari, qanday mahsulotlar yoki xizmat turlariga qiziqishlari, bu boradagi istaklarini kuzatasiz, tahlil qilasiz. Oqibatda taklifni ham shunga ko‘ra shakllantirish mumkin bo‘ladi.

Mijozlar bilan aloqa o‘rnatish

Real vaqt rejimida mijozlar bilan aloqa o‘rnatish mumkin. Natijada ularning sizga bo‘lgan ishonchlari ortadi. Takliflar, yangi mahsulotlar va xizmatlar haqida elektron xabarlar yuborish orqali ular bilan doimiy aloqani mustahkamlashingiz mumkin.

Odamlar uchun qulay

Mijozlar ish vaqtidan tashvishmagan holatda istalgan payt sizga murojaat qilishadi, natijada sizning xizmat turingiz yoki mahsulotingiz uhlayotgan vaqtingizda ham o‘z xaridorini topishi mumkin. Boshqa tomondan, mijoz ham qimmatli vaqtini do‘konga borish uchun sarf etmagan holatda mahsulotni to‘g‘ridan to‘g‘ri buyurtma qilishni afzal biladi. Internet marketingi mijozlar hamda xaridorlar uchun birday qulay.

Internet marketingi sohasi kelgusida barcha yo‘nalishlarni qamrab oladi. O‘z kelajagingiz haqida bugundan qayg‘uring.

Batafsil ma’lumot uchun bizning veb-studiya mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin. OQILA-veb-studiyasi mijozlarga internet marketing xizmatlarini taklif etadi.

Biz bilan bog’laning

Internet marketingi nima uchun muhim?

Ushbu savolga javob berish uchun barchamizga ma’lum bo‘lgan bo’lgan tendensiyalarini yodga olish kerak:

  • Odamlar uchun internet hayotning bir qismiga aylandi, ular o‘z vaqtlarining aksariyat qismini internetda o‘tkazishadi.
  • Biznesda internet reklama uchun kattaroq pul tikiladi.
  • Oflayn va onlayn kanallar birlashmasi potensial mijozlar bilan asta-sekin yagona xizmat ko‘rsatish turiga aylanib qolmoqda.

Shu sababli internet marketingi har qanday biznesning ajralmas qismiga aylanib qoldi. Ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchilar ko‘p, ular orasidagi eng yaxshisini tanlab olish esa o‘zingizga bog‘liq.

OQILA veb-studiyasi sizga yordam berishga hamisha tayyor!

Biz bilan bog’laning

Ishni nimadan boshlash kerak:

1. Maqsadli auditoriyani aniqlashtiring.

Maqsadli auditoriya aniqlashtirib olinsa, unga erishish uchun qanday usullar va rejalar kerak ekanligini ham osonroq tushunasiz. Mahsulotingiz yoki siz taklif qilayotgan xizmat turi kimlarni ko‘proq qiziqtira oladi? Bu haqida o‘ylab ko‘ring.

2. Maqsadni aniq belgilang.

Internet marketing sizga nima uchun kerak? Brendingiz yoki kompaniyangiz mashhurligini oshirish, mijozlaringiz sonini ko‘paytirish yoki daromad oqimiga erishish uchunmi? Shuni ham unutmangki, ko‘p hollarda ushbu maqsadlarning biri ikkinchisini faollashtiradi. Kompaniyangiz taniqli bo‘lsa, mijozlar soni ortadi. Mijozlar soni ortsa, daromad ko‘payadi. Daromadingiz ko‘paysa, kompaniya mashhurligini oshirish uchun yanada ko‘proq sarmoya kirita olasiz.

3. Professional mutaxassislarga murojaat qiling.

Ushbu sohani yaxshi tushungan, bu borada tajribaga ega bo‘lgan, ko‘plab loyihalarni muvaffaqiyat bilan yakunlagan mutaxassislarga murojaat qiling. Unutmangki, reklama qilish usullari masalasida to‘g‘ri tanlov qila olmaslik, reklama yaratish borasidagi kichik xato internet reklamasi uchun sarflagan pulingizni ko‘kka sovurishi mumkin. Shu sababli faqatgina professionallar bilan bilan ishlang.

OQILA – veb studiyasi internet marketing sohasida ko‘p yillik tajriba to‘plagan, mijozlar ishonchini qozona olgan, o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislarni qo‘l ostida jamlagan. Professionallar jamoasi bilan biznesingiz rivojlanishi aniq.

Nima uchun aynan OQILA?

  • 1886 dan ortiq mijozlarning ishonchini oqladik. Ularning barchasi bizning ishimizdan mamnun bo‘lishgan, aksariyati doimiy hamkorga aylanishgan.
  • Narxlarning barchasi mijoz bilan ochiq-oydin kelishiladi. Barcha imkoniyatlar bo‘yicha ma’lum narxlar belgilangan, ularni taqsimlanishiga ko‘ra ish tutishingiz mumkin.
  • Biz yaratgan veb-saytining qidiruv tizimlarida yuqori pozitsiyalarga chiqishi kafolatlanadi.
  • Sizga qiziqarli, yorqin va maqsadli auditoriya e’tiborini jalb qiluvchi reklama yaratib beramiz.
  • Sifat – birinchi o‘rinda!

Biznesingizni biz bilan birgalikda rivojlantiring, uni professionallar qo‘liga topshiring. Aloqa uchun hoziroq qo‘ng‘iroq qiling!

Biz bilan bog’laning