SEO kompaniyani qanday tanlash kerak?


SEO nima?”, “Biznesim uchun SEO kerakmi?” kabi savollarga javob topgan bo’lsangiz, endi SEO kompaniyasini tanlash bo’yicha maslahatlarimiz bilan tanishing.

Siz istaganingizdek qidiruv tizimlarining yuqori o’rinlarini egallab, mijozlaringiz soni ortishi uchun SEO kompaniyasini to‘g‘ri tanlash eng muhim vazifa hisoblanadi.

Tanlov borasida quyidagi maslahatlarga e’tibor qarating:

Tanishlaringiz orqali. Yaqinlaringiz orasida tadbirkorlar, top-menejerlar, sotuvchilar bo‘lsa, katta tahmin bilan ular ham SEO kompaniyasiga murojaat qilgan bo’lishlari mumkin. Tanlov borasida ularning tavsiyalariga quloq tuting;

Marketologlar va tadbirkorlarning forumlari va veb-saytlari orqali. Odatda internet foydalanuvchilari ulardan «SEO xizmatlari borasida kimga murojaat qilish” bo‘yicha maslahat so‘rashadi. Ammo bunda marketing qarmog‘iga tushib qolmaslikka harakat qiling;

Internet orqali. SEO kompaniyalarini qidiruv tizimlari yordamida izlang. Ayniqsa qidiruv tizimining yuqori o’rinlaridagi kompaniyalarga e’tibor qarating. Ular o’z kompaniyasini yuqori o’rinlarga olib chiqa olibdimi, demak sizni saytingizni ham olib chiqa olishadi.

Mijozlar orqali. Har bir kompaniya o’z veb-saytida uning xizmatlaridan foydalangan mijozlarning ro’yxatini (to’liq yoki qisman) taqdim etadi. Birinchidan, ro’yxatning o’zi sizga ma’lum bir SEO kompaniyasi qaysi brendlar bilan ishlashini aytib beradi. Ikkinchidan, siz mijozlarning kontaktlarini so’rashingiz, ular bilan bog’lanishingiz va sizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin.

Reytinglar bilan tanishing. Bu kabi tahlillar sizga hozirgi SEO bozori haqida umumiy ma’lumot beradi. Ko’pincha ular xizmat sifati, mijozlar soni va sharhlar kabi ko’rsatkichlarga asoslanadi. Ushbu ma’lumot sizga potentsial SEO kompaniyasini baholash imkonini beradi.

TANLANGAN SEO KOMPANIYANI TEKSHIRISHNI UNUTMANG!

SEO kompaniya veb-saytini ko’rib chiqing.

SEO agentligining sayti zamonaviy va jozibali bo’lishi kerak, agar u o’z saytiga e’tibor qaratmagan bo’lsa, o’zgalarning saytini yurita olarmidi?

Narxlar bilan tanishing.

Shu o’rinda arzon xizmatlarga uchmaslikni ham maslahat beramiz: “Arzonning oshi tatimas”. Agar narxlar o’rtacha va shaffof bo’lsa, u holda buyurtma berishga arziydi.

Portfolio, mijozlar fikri va izohlar.

Bunda SEO kompaniyaning porfoliosi, mijozlar fikri va yozib qoldirilgan izohlar bilan tanishib chiqing.

SEO kompaniya tanlab, unga buyurtma ham berib bo’ldingiz. Keyingi qadamingiz qanday?

SEO kompaniyasi sizning saytingiz bilan batafsil tanishib chiqqach, siz uchun taklif tayyorlaydi. U quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: