O’z biznesingizni internet tarmog’i orqali reklama qilib, daromadingiz va mijozlar sonini oshirmoqchimisiz? Unda siz to’g’ri manzilni tanladingiz! Mahsulot yoki xizmat turini reklama qilishda siz SEO xizmati yoki Google reklamani tanlashingizga to’g’ri keladi. Ulardan qaysi biri samarali va hamyonbop ekanligi, bir-biridan farqi haqida OQILA internet reklama agentligi sizga batafsil tushuncha beradi.
SEO veb-saytingizni va uning tarkibini optimallashtirish orqali qidiruv tizimining yuqori o’rinlariga olib chiqishni anglatadi. Ya’ni internet foydalanuvchilari siz taklif etayotgan mahsulot va xizmatni izlaganlarida ularga sizning veb saytingiz yoki veb sahifangiz taklif etiladi. Buning uchun kerakli kalit so’zlar va iboralarni kiritish, ichki havolalar kabi optimallashtirish usullaridan foydalaniladi. Yaxshi optimallashtirilgan veb saytlar qidiruv tizimlari reytingining yuqori o’rinlarini egallab mijozlar oqimi va daromadning o’sishini kafolatlaydi.
Quyida internet qidiruv tizimidagi “eng yaxshi kofe qaynatgichlar” so’rovi va uning natijalari namoyish etilgan.
To’g’ri amalga oshirilgan SEO xizmati yordamida sizning kompaniyangiz ham qidiruv tizimida huddi ushbu misoldagi kabi old o’rinlarda bo’ladi.
Shuni ham bilishingiz muhimki, siz ushbu old o’rinlarni egallashni pulga sotib ololmaysiz. Qidiruv tizimi saytingizning sifati va dolzarbligiga ko’ra uni tanlaydi. SEO xizmati bu kabi jihatlarni hisobga olgan holda biznesingizning internetdagi SEO targ’ibotini amalga oshiradi.
Google reklama, ya’ni Google ADS – bu har bir bosish, klik (PPC) uchun to’lov amalga oshiriladigan reklama platformasi bo’lib, potensial mijoz topish imkonini beradi.
Google reklamaning bir necha turlari mavjud:
Google reklama turida siz biznesingiz uchun kalit so’zlar tanlaysiz va ushbu kalit so’zlar uchun to’lov amalga oshirasiz. Shunda qidiruv tizimida sizning reklamangiz paydo bo’ladi. Reklamada ko’rsatilga mahsulot yoki xizmat turi e’loniga mijozlar har bir tugmachani bosganlarida ma’lum mablag’ yechib olinadi. Reklamalar muddati va tezligi mablag’ingizga bog’liq bo’ladi.
Siz SEO xizmati va Google reklamaning bir-biridan farqini bilib oldingiz. Endi biznesingiz uchun ulardan qay birini tanlashingiz to’g’ri bo’lishini ham aniqlab oling. Demak, ularning yutuq va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz.
1. Qidiruv tizimida yuqori o’rinlarni zabt etish imkoniyati. Kalit so’zlar va kalit iboralar yordamida veb sayt yoki sahifangizni qidiruv tizimining yuqori o’rinlariga olib chiqish orqali muvaffaqiyatni kafolatlaysiz;
2. Google reklamadan farqli ravishda mablag’ingiz tugashi bilan reklama to’xtab qolmaydi. SEO xizmati qidiruv tizimlaridagi reytinglarning yuqori o’rinlarini zabt etgach, egallagan o’rni uzoq muddat saqlanib qoladi. Bu vaqt davomida sizning biznesingiz ham mijoz va daromad keltirishda davom etadi. SEO xizmatining aynan ushbu jihati aksariyat marketologlarni jalb etadi;
3. Narxning hamyonbopligi. OQILA web-studiyasi biznesingiz turiga ko’ra to’g’ri kalit iboralarini qo’llab, eng qisqa muddat ichida mijozlaringiz sonini ortishiga va’da beradi. Google reklamada ham siz huddi shu natijaga erishishingiz mumkin. Ammo buning uchun kamida 10 barobar ko’proq mablag’ sarflashingizga to’g’ri keladi;
4. Xaridlar ehtimolining balandligi. SEO xizmati internet foydalanuvchilarini sizning veb sahifangiz yoki saytingizga yo’naltiradi. Internet sahifangizga kirgan mijoz nafaqat aynan qidirgan mahsulotini ko’radi, balki boshqalari bilan ham tanishadi. Bu o’z o’rnida xarid qilish ehtimolini oshiradi.
5. Moslashtirilgan SEO xizmatining mavjudligi. Bunda har bir buyurtmachi uchun moslashtirilgan strategiya ishlab chiqiladi. Tabiiyki sizning xohish-istaklaringiz ham inobatga olingan holda SEO targ’iboti amalga oshiriladi.
6. Ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos bo’lasiz. Siz SEO xizmatiga buyurtma bergach, Google reklamadagi kabi reklamalaringizni doimiy ravishda nazorat qilish va yangilab turishga muammosidan qutulasiz.
1. Tez natija ko’rsatadi. Siz o’zingiz xohlagan reklama platformasini tanlashingiz va darxol reklamangizni ishga tushurishingiz mumkin;
2. Targeting sozlanmasi mavjud. Google reklama yordamida siz har xil turdagi ma’lumotlarni (demografiya, geografiya va boshqalarni) sinab ko’ra olasiz. Ya’ni siz kerakli mijozlar uchungina pul to’lashingiz mumkin;
3. Tajribalar o’tkazishdagi tezkorlik. Kontekstli reklama berishdan maqsad tezkor teskari aloqa hisoblanadi. Siz reklama bergach, turli tajribalar o’tkazib, nima foyda keltirayaptiyu, nima keltirmayotganini aniqlab olishingiz mumkin.
SEO xizmatining yagona kamchiligi uning vaqt talab qilishida. Ammo yuqorida aytib o’tganimizdek, ushbu muddat ichida erishilgan yuqori natijalar keyinchalik uzoq muddat saqlanib qoladi va daromad keltirishda davom etadi.
1. Narxning qimmatligi. Agar siz sug’urta kompaniyasi kabi raqobat yuqori bo’lgan sohada faoliyat yuritsangiz, Google reklama sizga qimmatga tushishi aniq.
Masalan, siz «avtomobilni sug’urtalash» kalit so’zini kiritdingiz, bunda ushbu reklama tugmachasini bir marta bosish sizga o’rtacha 40 dollarga tushadi;
2. Oradan vaqt o’tishi bilan reklama samaradorlikni yo’qotadi. Reklama qancha uzoq davom etsa, shunchalik samarasizga aylanadi. Internet foydalanuvchilari sizning reklamalaringizni tez-tez uchratadilar. Natijada reklamaga ko’zi o’rganib, hatto qayta-qayta bitta reklamani ko’rish ularni asabiga tega boshlaydi.
Buning oldini olish uchun siz reklamalardagi rasmlar va matnlarni doimiy ravishda yangilab borishingiz zarur bo’ladi.
3. Daromad olish uchun pul yo’qotishga ham to’g’ri keladi. Reklama berish orqali daromadga ega bo’lish uchun yaxshigina sarmoya kiritish kerak. Reklamangizni optimallashtirish borasida qaror qabul qilguningizcha yoki turli tajriba va sinovlar orqali samaradorlikni aniqlaguningizcha dastlabki bir necha oy ichida pul yo’qotasiz.
– Zavodimizning O’zbekiston bo’ylab tanilishini xohlagandik. Bu biz uchun muhim edi. Shu sababli OQILA web-studiyasi mutaxassislariga murojaat qildik. Ular yordamida bizning «Imperial Granit» brendimiz nafaqat yurtimizda, balki dunyo bo’ylab mashhurlikka erishdi.
Saytimizni Googlening yuqori o’rinlarida ko’rib, SEO xizmatiga ketgan mablag’im o’zini oqlaganiga amin bo’ldim.Muzaffar, Kompaniya rahbari Imperial Granit
– Ishlab chiqarish hajmining ortib borishi bilan zavodimiz uchun munosib veb-sayt yaratish zaruriyati ham paydo bo’ldi. Faqat internet-do’kon ochishning o’zi bilan cheklanib qolish samarasiz ekanligini yaxshi tushungan holda OQILA agentligidan do’konimizning SEO-targ’ibotini ham amalga oshirishni so’radik. Web-studiyaning internet-do’konimiz saytini yaratish va uning SEO xizmatini ham amalga oshirganlaridan juda mamnunmiz. Natijalar a’lo!
Muhriddin, Gips ishlab chiqarish zavodi Bosh marketologi
SEO xizmati va Google reklama – bu internet orqali o’z biznesingizni rivojlantirishning turli yo’nalishlari hisoblanadi. Asl maqsadi bir bo’lgan bu ikki yo’nalish aslida bir-biridan butkul farq qiladi.
Quyida siz jadval ko’rinishida SEO xizmati va Google reklamasini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Funksiyalari | SEO xizmati | Google reklama |
Trafik | Trafik doimiy ravishda ishlaydi | Trafik faqat reklama amalga oshirilganda ishlaydi |
E’lon tugmasini bosish narxi | Bepul | Har bir reklama tugmasini bosish uchun pul to’laysiz |
Natijalar tezkorligi | Vaqt talab qiladi | Darxol ishga tushadi |
Natijalar davomiyligi | Davomiylik cheklanmagan | Xisobingizda mablag’ qolmagach, darxol yakunlanadi |
Narxlar | Nisbatan arzon | Nisbatan qimmat |
Avvalo shu aytib o’tishimiz kerakki, SEO xizmati yoki Google reklama borasida tanlovingiz bir qancha omillarga bog’liq. Ulardan birini tanlashda biznesingiz turi, yo’nalishi va kelajakdagi rejalaringizni aniqlab olishingiz lozim.
Quyida bir necha biznes turlari va ularga tavsiya etilgan xizmat turlari bilan tanishasiz:
Demak, reklama uchun kattaroq miqdorda mablag’ingiz bo’lsa hamda bir martalik xizmat va mahsulotlarni sotishni rejalashtirgan bo’lsangiz Google reklamadan foydalanganingiz ma’qul. Ushbu strategiya tezkor natijalarni ko’rishni va aksiyani boshlashlari bilanoq o’z sa’y-harakatlarini kuzatib borishni istagan kompaniyalar uchun mo’ljallangan. Ammo bunda reklamalarni doimiy nazorat qilib borish zarurligini unutmang.
Agarda uzoq yillar mobaynida daromad keltirishi ko’zda tutilgan biznes turini tanlagan bo’lsangiz, u holda SEO xizmati siz uchun ayni muddao. Bunda reklamaning doimiy nazorati va pulingiz tugashi bilan reklama ham to’xtatib qo’yilishi kabi muammolarga duch kelmaysiz. Kalit so’zlar yordamida qidiruv tizimlaridagi egallagan pozitsiyangiz uzoq muddatli va ishonchlidir. Qolaversa, vaqt o’tishi bilan mijozlaringiz soni ortib borishi ham kafolatlanadi.
SEO xizmati va Google reklama bir-biriga raqobatchidek ko’rinsada, ularni birgalikda qo’llash ham mumkin. Aksariyat marketologlar reklama kampaniyasini yuritishda bir vaqtning o’zida SEO xizmati va Google reklamadan foydalanishni maslahat beradilar. Bu potensial mijozlarni jalb etish va ularning qamrovini kengaytirishga yordam beradi.
SEO xizmati vaqt o’tishi bilan doimiy trafik oqimini yaratish yoki tovar, xizmat haqida mijozlar xabardorligini oshirishga ko’maklashadi. Ushbu strategiya odamlarga sizning brendingizni topishga va o’rganishga imkon beradi. Biroz vaqt va kuch sarflab, siz o’z saytingizni qidiruv tizimlari uchun optimallashtirishingiz va biznesingizga ko’proq trafikni jalb qilishingiz mumkin bo’ladi.
Google reklama esa SEO xizmatiga ko’maklashgan holda kalit so’zlari va iboralarining samaradorligini tekshirish, tezkor teskari aloqa kabilarni kafolatlaydi.
Ikkala usul ham qidiruv natijalarida sizning ko’rinishingizni yaxshilaydi, shuning uchun ulardan raqamli marketing strategiyangizda foydalanish brendingizning onlayn salohiyatini maksimal darajada oshiradi.
SEO xizmati va Google reklamadan birga foydalanganingizda, quyidagilarga erishasiz:
Biznesingizning kelgusida yaxshi daromad keltirishi yoki inqirozga uchrashi sizning tanlovingiz natijasiga bog’liq
SEO xizmati yoki Google reklamani o’z biznesingiz turiga ko’ra tanlang!
2009-yilda DropBox kompaniyasi ham huddi shunday vaziyatga tushgan. Ular sinov tariqasida reklama uchun Google reklamani tanlashadi. Tez orada o’z mahsulotlarini sotish ularga 233-388 AQSH dollariga tushayotganini aniqlashadi. Achinarlisi, ularning mahsuloti atiga 99 AQSH dollari turardi. Reklama xarajatlari mahsulot narxidan ancha qimmatga tushgan.
Hamyonbop va uzoq yillar daromad keltirishi kafolatlangan SEO xizmatini tanlashda ham siz aynan bu ishning mutaxassislariga murojaat qilishingiz muhim. Aynan OQILA web-studiyasi bu borada ko’p yillik tajriba va yetuk mutaxassislarga ega.