Web-sayt nima? Sayt haqida ma’lumot [2024]


Web-sayt atamasi har kuni bir necha marta qulog‘imizga chalinadi. Ushbu so‘z internet manzili ekanligini bilamiz-ku, ammo «web-sayt» tushunchasi, uning asl mohiyati, nima uchun kerakligi, nega bu qadar ommalashib borayotganligi va balki o‘zimiz ham saytimizga ega bo‘lishimiz kerakligi haqida o‘ylab ko‘rmaymiz…

Web-sayt – bu noyob manzil

Sayt yoki web sayt inglizcha «website», web«o‘rgimchak to‘ri, tarmoq» va site«joy, segment, tarmoqning bir qismi», degan ma’nolarni anglatadi.

Sayt – bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog‘langan web-sahifalar to‘plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to‘rini tashkil qiladi.

Oddiy qilib aytganda, sayt – bu internetda joylashgan, ba’zi ma’lumotlarni (matn, video, fotosuratlar, hujjatlar, musiqa va hokazo) o‘z ichiga olgan manzil. Internet esa ushbu manzillar to‘plamidir.

Saytlarning turlari

Ayni paytda turli xil web-saytlar mavjud: ta’lim, yangiliklar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat saytlari (onlayn-do‘konlar), bloglar va boshqalar.

Web-sayt nima uchun kerak?

Hozirda mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi va o‘z mahsulotlarini taklif etuvchi shaxslar, kompaniya va tashkilotlar o‘z web-saytlariga egalar. Xo‘sh, internetdagi sayt ular uchun nega kerak?

website nima

1. Kompaniya yoki shaxs haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etish.

Web-sayt orqali kompaniya xizmatlar, buyurtma shartlari va aloqalar haqida batafsil ma’lumotlarni ommaga taqdim etishi mumkin.

Sayt mijozlaringizni xizmat yoki mahsulotlaringiz haqida yil bo‘yi, kecha-yu kunduz xabardor qiladi.

Siz o‘z saytingizga havolani vizitkalar, suhbat davomida, reklama materiallari va kataloglarda, qidiruv tizimlarida va shu kabi turli ma’lumotnomalarda taqdim etishingiz mumkin.

Qolaversa saytdagi ma’lumotlarni o‘zgartirish va yangilash ham juda oson. Bu avvalgi reklama bukletini modellashtirish, chop etish va mijozlarga yuborish kabi sarf-harajatlarning oldini oladi.

2. Mijozlarni jalb qilish.

Web-sayt – xizmatlaringiz va mahsulotlaringizga buyurtma berish jarayonini soddalashtirish va mijozlarni jalb qilishda yordam beradi.

Potensial mijozlar kataloglar va internet orqali qidiruvda kalit so‘zlarni kiritib sizning saytingizni topadilar, xizmatlar, mahsulotlar va shartlar bilan tanishadilar.

3. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish.

Web-sayt mavjud mijozlar bilan ishlash vositasidir. Uning yordamida internet orqali mijozlarga turli xil ma’lumotlarni taqdim etishingiz mumkin.

4. Axborot almashish.

Web-sayt kompaniya xodimlari va rahbarlarining o‘zaro axborot almashinuv vositasi sifatida ham xizmat qiladi.

Agar siz hujjatlar, topshiriqlar, hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni saytga joylashtirsangiz, kompaniya rahbariyati va boshqa xodimlari kerakli ma’lumotlarni dunyoning istalgan nuqtasidan internet orqali olishlari mumkin bo‘ladi.

5. Kompaniya imidji.

Sayt – siz yoki kompaniyangizning imidji hisoblanadi. Sayt mavjudligi kompaniyaning taraqqiyoti va uning zamon talablariga muvofiqligidan dalolat beradi.

Biznesingizni yuzi boʻlgan web-saytni

professionallarga topshiring.

 

SAYT TARKIBI NIMALARDAN IBORAT?

Domen nomi (domen) – manzil, masalan: oqila.uz, bu yerda «uz» domen zonasidir.

Server (xosting) – internetga ulangan, web-resurs fayllari (kodlar, rasmlar, videolar va hokazo) joylashgan kompyuterlar yoki serverlar.

Mustaqil ravishda sayt yaratish mumkinmi?

Hozirgi kunda sayt ochish sirlari degan tushuncha eskirgan. Endilikda turli internet xizmatlari va CMS tizimidan foydalangan holda hatto 3-sinf o‘quvchisi ham o‘zi mustaqil ravishda sayt yaratishi mumkin. Buning uchun hech qanday maxsus bilimlar talab etilmaydi, qolaversa saytni yaratish bepul.

Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, mustaqil ravishda yaratiladigan saytlarning barchasi odatiy shablon saytlar, ya’ni lending, tashrif sahifalari, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar, internet-do‘konlar faqat eng asosiy funksional imkoniyatlarga ega bo‘ladi, xolos. Agar sizga nostandart yechimlarga ega eksklyuziv va mukammal web-sayt kerak bo‘lsa, u holda mutaxassislarga murojaat qilishingiz zarur.

OQILA web studiyasi siz orzu qilgan web-sayt yaratish uchun bor kuchini ishlatishga tayyor!

Web-sayt yaratish

 

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!