Standart

16,550,000 so’mdan
oyiga

  • Post + Story + Logo + Facebook muqova
  • 22


  • Pullik reklamalarni sozlash va yurg'izish
  • 4


  • Reklamaga ajratiladigan budjet (Xizmat haqqidan tashqari)
  • $100-$200

Premium

25,750,000 so’mdan
oyiga

  • Post + Story + Logo + Facebook muqova
  • 44


  • Pullik reklamalarni sozlash va yurg'izish
  • 6


  • Reklamaga ajratiladigan budjet (Xizmat haqqidan tashqari)
  • $100-$600

Bizning ishlarimiz

phone

Vazifalar

  • Rasmiy jamoalarni saqlash
  • Yangi namunadagi siyosat uchun arizalar to'plami
  • Muloqotda ishtirok etish
  • Tibbiy ko'rikni rag'batlantirish
  • Asalda buzilish faktlarini aniqlash muassasalar

Natijalar

Jonli obunachilar
790
Hisobni konvertatsiya qilish
82%
Sotish ko'payishi
36%

SMM xizmatlari
reklamasi

OQILA — butun dunyo boʻylab oʻrta va yirik kompaniyalar uchun innovatsioninternet-marketing yechimlari smm taklif qiluvchi reklama agentligi.

SEO, veb-dizayn, elektron tijorat, veb-saytlarni konvertatsiya qilish va ijtimoiy media marketingi bo'yicha yetakchi sifatida bizning kompaniyamiz mijozlarimiz uchun haqiqiy natijalarni taqdim etish uchun trafikni boshqarish, tashrif buyuruvchilarni aylantirish va ish faoliyatini o'lchash bilan faxrlanadi.

Nima uchun SMMdan daromad katta?

Yer yuzida 3,78 milliard odam ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi

77,6% kompaniyalar SMM xizmati o'rqali o'z biznesini targ'ib qilyapti

Iste'molchilarning 49% ijtimoiy tarmoqdagi SMM targeting orqali brendga ishonchi oshdi

73% marketologlar SMM xizmatini o'z bizneslari uchun juda samarali deb hisoblashdi

Instagramda reklama berishdan kafolatlangan daromad

SMM nima va u biznesingizga kerakmi?

SMM postlar orqali foydalanuvchilar (yoki potensial mijozlar) to’g’ridan-to’g’ri qayta aloqaga erishadilar, bunda kompaniya ham bir vaqtning o’zida potensial mijozlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’ladi. Bu mahsulot yoki xizmat turining sotuvini oshirishga yordam beradi.

Qolaversa, SMM, SMM targeting kabi bir qancha interaktiv usullar yordamida ishlab chiqaruvchilar orasida yanada ommalashib, qadrlanib bormoqda. Chunki aynan ushbu tarmoqlar orqali mijozlar savol berish yoki o’z taklif, shikoyatlarini qoldirish orqali javob va yechimlarga ega bo’lmoqdalar.

O’z sarmoyangizni oshirish uchun fursatni boy bermay, jamoamiz bilan hoziroq bog’laning! Qolaversa, mutaxassislarimiz sizga SMM haqida va SMM nima ekanligi borasida ham tushuncha berishadi.

Hoziroq bog'laning

SMM nima?

SMMning asosiy maqsadi – internet foydalanuvchilar bilan aloqani yaxshilash, mahsulot brendini tanitish hamda ko’proq potensial mijozlarni internet do’kon yoki boshqa biznes turiga jalb qilishdan iborat. SMM postlarda yuqori sifatli kontent yaratilib, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu postlarni o’z do’stlari bilan bo’lishadilar (ma’lumotlarni elektron shaklda, ya’ni elektron og’zaki so’zlar bilan uzatish orqali).

Ijtimoiy tamoqlardagi onlayn savdo quyidagi platformalarda pullik reklamalar (Kontekst reklama bilan adashtirmang)joylashtirishni o’z ichiga oladi: Facebook, Telegram, Twitter, LinkedIn, Youtube va Instagramda reklama berish. Ushbu SMM xizmatlaridan asosan Internet tarmog’ida o’z mijozlariga ega bo’lmoqchi bo’lgan, ammo samarali kontent yaratishda tajribasi yo’q yoki bu yo’nalishda faoliyat yurituvchi xodimlarga ega bo’lmagan tadbirkorlar foydalanadilar.

SMM xizmati esa hisobotlarni boshqarish, kontent yaratish va mijozlar bilan ishlashni o’z ichiga olgan qator yechimlarni taklif qiladi. Mavjud mijozlarni jalb etishdan tashqari SMM xizmati kompaniyalarni internetda ommalashtirish va onlayn jamoalarning e’tiborini tortish uchun ham juda zarur hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda kompaniyani targ’ib qilish ko’pincha veb-sayt ochishda qidiruv tizimining reytingini yaxshilash uchun amalga oshiriladi. Shuni hisobga olgan holda ko’plab SMM xizmatlari qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO)ni taklif etadi hamda reytingda yuqori o’rinlarni egallash uchun ijtimoiy tarmoqlarda kontentni optimallashtiradi. Ba’zi kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlarda media marketing dasturlari yordamida marketing harakatlarini boshqarish va kuzatishni tanlashi ham mumkin.

SMM mutaxassislar ijtimoiy tarmoqda reklamada amal qiladigan 5 asosiy qoida

1. Strategiya

Ijtimoiy tarmoqlarda biron bir ma’lumotni joylashdan avval umumiy ko’rinishni ko’z oldimizga keltiramiz. Birinchi qadam – ijtimoiy tarmoqlardagi strategiyangiz haqida o’ylang.

Strategiya borasida asosiy savollarga javob topish zarur. Maqsadingiz nima? Ijtimoiy tarmoqlar sizning biznes maqsadlaringizga erishishda qanday yordam berishi mumkin? Maqsadli auditoriyangiz kimlardan iborat? Biznesingizni qayerda targ’ib (reklama) qilish kerak?

Bizning – OQILA agentligimizning SMM mutaxassislari biznesingizni rivojlantirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda eng samarali SMM strategiyasini yaratishda sizga yordam beradi.

2. Reja va joylashtirish

Kichik biznes uchun SMM odatda doimiy tarzda ijtimoiy tarmoqlarda mavjudlikdan boshlanadi. Taxminan uch milliard kishi (3.000.000.000) ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Ushbu platformalarda ishtirok etish orqali siz o’z brendingizni bo’lajak mijozlar, xaridorlar orasida ommalashtirishingiz mumkin.

SMM xizmati sizga ijtimoiy tarmoqlardagi potensial mijozlarni maksimal darajada qamrab olishga yordam beradi. Bunga tashrif buyuruvchilarga yoqadigan ajoyib kontentni yaratish, uni kerakli vaqt va davomiylik bilan nashr etish orqali erishiladi.

3. Tinglash va ishtirok etish

Biznesingiz o’sib borishi va ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erisha boshlashingiz bilan sizning brendingiz ham ommalashib boradi. Odamlar sizning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlaringizga izohlar yozishadi, sizni o’zlarining postlarida belgilashadi, o’zaro muhokama qilishadi yoki sizga to’g’ridan-to’g’ri xabarlar yoza boshlashadi. Shu tariqa siz ushbu tarmoqlardagi siz va brendingiz haqidagi suhbat, fikrlarni kuzatib borish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bunda ijobiy sharhlardan hursand bo’lasiz, aksincha, e’tirozlarni ko’rganda esa turli ko’ngilsizliklarning oldini olgan holda o’z vaqtida vaziyatni tuzatishingiz mumkin bo’ladi.

Siz barcha ijtimoiy tarmoqlar platformalaridagi bu kabi xabarlar, bildirishlarni mustaqil sozlash orqali kuzatib borishingiz ham mumkin. Ammo bu samarasiz va siz bunda ijtimoiy tarmoqlarda sizning nomingiz belgilanmagan izohlar, xabrlarni ko’rolmaysiz. Ushbu holatda sizga kompaniyamiz SMM xizmati yordam berishi mumkin.

4. Tahlil

Siz yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda kontent va postlar joylashtirmoqchi ekansiz, avvalo SMM qanday ishlashini bilib olishingiz kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda o’tgan oyga qaraganda qancha ko’p mijozlarni qamrab oldingiz? Oyiga qancha ijobiy sharhlarga ega bo’ldingiz? Ijtimoiy tarmoqlarda qancha odam sizning brendingiz xeshtegidan foydalandi?

SMM xizmatida ijtimoiy tarmoqlar platformalarining o’zi bunday ma’lumotlarni asosiy darajasini ta’minlaydi. Batafsil tahliliy ma’lumotlarni olish yoki turli xil ijtimoiy tarmoqlar platformalarini osongina taqqoslashni xohlasangiz, OQILA kompaniyasining tahlil xizmatiga ham buyurtma berishingiz mumkin.

5. Reklama

Biznesingizni rivojlantirish uchun ko’proq mablag’ sarflash imkoningiz bo’lsa, ijtimoiy tarmoqlardagi pullik reklamalardan foydalanishingiz mumkin. Reklamaning ushbu turi siz erishganlardanda ko’proq auditoriyani qamrab olish imkoniyatini yaratadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda reklama platformalari hozirgi kunda shu qadar kuchayib boryaptiki, siz hatto o’z reklamangizni kimlarga ko’rsatishni ham aniq belgilab berishingiz mumkin. Siz mijozlarning demografik ma’lumotlari, qiziqishlari, xulq-atvori va boshqalar asosida o’zingiz uchun maqsadli auditoriyani yaratishingiz mumkin.

Agarda siz bir vaqtning o’zida ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta reklama kompaniyalarini ishga tushirgan bo’lsangiz, siz katta o’zgarishlarni amalga oshirish, jarayonlarni avtomatlashtirish va reklamalaringizni optimallashtirish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi reklama vositasidan foydalanish kabi imkoniyatlarga erishishingiz mumkin.. Ammo kompaniyangiz vaqti va mablag’ini tejashni xohlasangiz, bunga faqat biz bilan erishasiz!

OQILA kompaniyasidan SMM xizmati

Pandemiya chuqur ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik o’zgarishlarni keltirib chiqarayotganligi sababli yaqin oylarda chakana savdo kelajagini bashorat qilish deyarli bajarib bo’lmas vazifadek tuyulishi mumkin.

Ammo o’tgan oylar davomida yuzaga kelgan holatlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, bu davrda aksariyat sohalarda ro’y bergan qisqa muddatli izolatsiya va ijtimoiy masofa saqlash qoidalari SMM taraqqiyotining tezlashishi uchun katalizator bo’lib xizmat qildi. Ushbu o’zgarishlar pandemiyadan keyin ham shunday davom etadi. Chunki SMM mahsulotlar va xizmatlar reklamasida yetakchi o’rinni egallab bo’ldi.

2021 va undan keyingi yillarda muvaffaqiyat qozonish uchun marketologlar o’zgaruvchan talablarga dinamik ravishda javob berishlari, xaridorlarga do’kon peshtaxtalarida onlayn xarid qilishlari uchun imkoniyat yaratishlari, ham qimmatli, ham etik talablardan kelib chiqib xaridlar raqobatini muvozanatlashtirishlari kerak.

Siz mijozlar ishonchini oqlash maqsadida ushbu vazifalarning barchasiga e’tibor qaratishingiz zarur. Yaqin yillar ichida deyarli har bir taniqli brend egasi yetkazib berish xizmati va mijozlarni qo’llab-quvvatlash markazlariga ega bo’lishlari kutilmoqda.

75% insonlar xarid qilish borasidagi qarorlarni qabul qilishda ijtimoiy tarmoqlarga murojaat etadilar. Bu B2C va B2B toifasidagi xaridlar uchun juda muhim ko’rsatgichdir, shuning uchun aksariyat kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlardagi SMM xizmatiga sarmoya kiritmoqdalar.

OQILA reklama agentligi SMM xizmatidan foydalanishni maqsad qilganlar uchun eng tog’ri tanlov! Sizning ishonchli hamkoringiz sifatida biz biznesingizning rivoji, brendingiz mashhurligi, potensial mijozlar oqimiga ega bo’lishingiz, sarmoyangizni oshirish yo’lida barcha xizmatlarni amalga oshiramiz.

OQILA kompaniyasi SMM xizmati – bu Facebook, Telegram va Instagramda reklama berish orqali sotuvlarning tez o’sishi. Siz global ijtimoiy tarmoqni zabt etishga tayyormisiz?

Biz bilan bog’laning