Web sayt yaratishga sarmoya qilmoqchi bo’lsangiz, buni OQILA web studiyasi bilan qilishingizga sabablar bor

-
1886 dan ortiq mamnun mijozlar
Biz veb-saytlar yaratishda mijozlar bilan ishlashda boy tajribaga egamiz. Biz sizning ehtiyojlaringiz, afzalliklaringiz, shuningdek, potentsial mijozlaringizning ehtiyojlarini darhol aniqlaymiz. Biz bilan vaqt va pulni tejashingiz mumkin. Mijozlarimizning sharhlari bilan tanishing.
-
Narxlarimiz ochiq oydin
Sayt yaratishda sizdan yashiradigan hech narsamiz yo’q. Saytning narxi sizning imkoniyatlaringizni hisobga olgan holda belgilanadi. Sizning ixtiyoringizda juda ko’p funktsiyalar mavjud, ulardan faqat kerakli komponentlarni tanlashingiz mumkin.

Agar haqiqatdan uzoq muddatli internet reklamaga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz, saytdan mijoz kelishini istasangiz, SEO xizmatga ham buyurtma berishingizni qattiq tavsiya qilamiz.
Biz bilan bog’laning
Web sahifa soni nima?

Sayt veb sahifalardan tashkil topadi. Masalan: asosiy, biz haqimizda, aloqalar, mahsulotlar bo’limlari, har bir mahsulotning batafsil sahifalari. Bitta sahifali sayt yaratish ham dasturchi va dizaynerlarimizdan katta mehnat talab qiladi, shuning uchun bu narxga ta’sir qiladi. Narxga sahifalarni ma’lumotlar bilan to’ldirish ham kiradi, ya’ni siz to’liq ishlaydigan saytga ega bo’lasiz.
Qanday web dizayn darajalari bor?

Odamlarni brend kuchiga ishontirish uchun nufuzli ko’rinish zarur. Narxlar va ehtiyojlaringizga qarab, veb-dizayn xizmatlarini quyidagi toifalarga bo’ldik:
- Oddiy – Agar sizda saytning ko’rinishi bo’yicha hech qanday talablar bo’lmasa, unda ushbu tarif siz uchun. Bunda siz dizayn bo’yicha qarorni to’liq bizga topshirasiz. Biz oddiy, ammo zamonaviy, har xil grafik jim-jimalardan holi, lekin zaruriy imkoniyatlarga ega dizayn tayyorlaymiz.
- Yuqori – Agar sizda web sayt ochishda dizayn bo’yicha ma’lum talablar bo’lsa, ushbu tarif siz uchun. Bunda siz takliflaringizni aytasiz, biz ham o’z takliflarimizni beramiz, so’ng dizaynerimiz 10-15 soatlik mehnati bilan dizaynni tayyor holga olib keladi.
- Maxsus – Xuddi “Yuqori” tarifimizdek, ammo agar siz butunlay noodatiy va barchadan ajralib turuvchi dizayn xohlasangiz, unda ushbu tarif siz uchun. Dizaynerimiz sizning xohishlaringizni batafsil o’rganib chiqadi va 30-40 soatlik mehnati bilan dizaynni tayyor holga olib keladi. Siz mutlaqo maxsus dizaynga ega bo’lasiz. Ko’pincha bu tarifimizni katta korxonalar, mashhur brendlar tanlashadi.
Saytning mobil shakli

Google ma’lumotlariga ko’ra, 60% odamlar saytga o’z smartfonlaridan tashrif buyurishadi. Shuning uchun, saytning mobil versiyasini ishlab chiqishda biz uni mobil qurilmalar uchun moslashtiramiz, bu umumiy narxga kiradi.
Saytning mobil shakli – bu saytning ish stoli versiyasida qanday ko’rinishi, lekin zamonaviy qurilmangizda Chrome, Safari yoki Firefox kabi brauzerlar orqali ochilganda mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan holat. Moslashish uchun matn hajmi kattalashadi, rasmlar mobil versiyaga moslanadi, veb-elementlar vertikal ravishda joylashadi.
Saytning mobil versiyasini Google Play do’konidan yuklab olinadigan mobil ilova bilan aralashtirib yubormang.
Sayt boshqaruv tizimi nima?

Biz saytni dasturlashtirib, ishlab chiqishni yakunlab, uni sizga topshirganimizdan so’ng, siz o’zingiz ma’lumotlarni tahrirlashingiz va qo’shishingiz mumkin. Bu parol bilan himoyalangan va faqat sizga tegishli bo’lgan maxsus boshqaruv paneli orqali amalga oshiriladi.
Boshqaruv markazining imkoniyatlari turlicha bo’lishi mumkin:
- Standard – Boshqaruv tizimi odatiy imkoniyatlarga ega bo’ladi.
-
Murakkab imkoniyatlar – Sayt nostandard imkoniyatlarni talab qiladi yoki boshqa tizimlar bilan ulashni, qo’shimcha sahifalar yaratishni va hokazolarni o’z ichiga oladi.
Sizga aynan qaysi biri to’g’ri kelishini mutaxassisimiz bilan muhokama qilganingiz ma’qul, shunda siz xohlagan sayt ochib beramiz.
Biz bilan bog’laning
Qo’shimcha tillar

Barcha tariflar bir tilda saytlar yaratishni nazarda tutadi. Agar siz veb-saytingiz bir nechta tillarda bo’lishini istasangiz, buyurtma berishda bunga e’tibor bering.
Internet do’kon

Internet do’kon saytini yaratish jarayoni ko’plab o’ziga xos xususiyatlarga ega. Internet do’kon yaratishdan oldin professional marketologlar bilan maslahatlashish kerak. Internet do’kon yaratishda xarid savati, buyurtma rasmiylashtirish nuqtasi va to’lov tizimlari bilan ulash kabi xususiyatlar qo’shiladi. Narx talab darajasiga qarab belgilanadi. Barcha kerakli xizmatlar yoki mahsulotlar buyurtmachi bilan kelishilgan holda saytga joylashtiriladi.
Internetda sayt ochish narxlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun mutaxassisimiz bilan maslahatlashing, narx sizga yoqadi.
Biz bilan bog’laning
Sayt ochish bosqichlari
Saytingiz yaxshi chiqishi uchun uni bir necha bosqichdan o’tkazamiz. Ishning ko’p qismi avval siz bilan kelishiladi va keyin bajariladi. Shunday qilib, siz xohlagan natijaga erishamiz.
Sayt tuzilishi tayyorlanadi
Sayt tuzilishi – sayt yaratishda eng muhim bosqichlardan biri, chunki foydalanuvchi saytni ko’rishda va undan foydalanishda qiynalmasligi kerak. Google ham buni hisobga oladi.
Shu sababdan OQILA veb-studiyasi dasturchilari sayt tuzilishi haqida ancha bosh qotirishadi. Agar siz SEO xizmatga buyurtma bergan bo’lsangiz, internet marketing mutaxassislarimiz ham sayt tuzilishini yaratishda jalb qilinadi.
Texnik shart (TSh) tuziladi
Sizning sayt yaratishga bo’lgan talablaringiz o’rganiladi va rivojlangan mamlakatlardagi shunga o’xshash saytlar tahlil qilinadi. So’ngra texnik shart deb ataladigan reja yoziladi.
Texnik shartda tugmalar qayerda joylashishi, ularning rangi, maqsadi va boshqa detallar aniq yoziladi. Bu ikki tomon uchun ham natija qanday bo’lishi haqida aniq tasavvur beradi. Texnik shart biz tomonimizdan tuziladi va ikki tomon tomonidan imzo qilinadi.
Veb dizayn ishlab chiqiladi
Sayt yaratishdan oldin dizaynerimiz ushbu sohadagi eng ilg’or saytlarning dizaynini o’rganadi. So’ngra ulardan qolishmaydigan, raqobatbardosh dizayn ishlab chiqadi.
Dizaynda logotipingiz rangi, mahsulotlaringiz va mijozlaringizga yoqadigan ranglar hisobga olinadi. Qisqasi, sizni uyaltirmaydigan dizayn tayyorlanadi. Dizayn tayyor bo’lgach, u ikki tomon tomonidan imzo qilinadi.
Dasturlash ishlari bajariladi
Loyiha maqsadi va hajmiga qarab dasturlash texnologiyalari va vositalari tanlanadi. To’g’ri texnologiya tanlansa, ish tezroq yakunlanadi.
Bu bosqichda yurtimizning eng tajribali dasturchilari saytingizni yaratishga kirishadi. Dizayn, texnik shart va sayt tuzilishi oldindan tayyorlangani dasturlashning to’g’ri bajarilishini ta’minlaydi.
Matn yoziladi (Kopirayting)
Saytni jonli qiladigan narsa – ma’lumotlar. Xaridor aynan shu ma’lumotlar uchun saytga kiradi. To’g’ri, veb dizayn va sayt tuzilishi muhim, lekin ular xaridorni 5-10 soniya ushlab turadi xolos. Keyin tashrif buyuruvchi o’zi uchun kerakli ma’lumotni izlay boshlaydi.
Masalan, agar siz metal armaturalar sotsangiz va ularning narxi, rasmlari yoki o’lchamlari saytda bo’lmasa, xaridorni yo’qotasiz.
Tasavvur qiling, bir odam bilan birinchi marta uchrashdingiz. Avval uning tashqi ko’rinishiga e’tibor berasiz. Agar tashqi ko’rinishi yaxshi bo’lsa, u haqda ijobiy tasavvur paydo bo’ladi. Ammo suhbatda undan foydali ma’lumot chiqmasa, bu tasavvur buziladi. Saytlar ham shunday – “kiyimi” (dizayn) bilan qarshi olinadi, lekin “aqli” (ma’lumot) bilan kuzatiladi. Qidiruv tizimlari bunday saytlarni yoqtirmaydi. Shu sababdan Toshkentda sayt yaratishda bizning kopirayterlarimiz faqat siz uchun noyob matnlar yozadi. Agar tashrif buyuruvchi kerakli ma’lumotni topa olmasa, boshqa saytga o’tib ketadi, bu esa qidiruv tizimlari uchun muhim. Natijada saytingiz reytingda pastga tushishi va tashrif buyuruvchilarni yo’qotishingiz mumkin.
O’zbekistonda sayt yaratishda 99% hollarda kopiraytingga mablag’ ajratilmaydi. Odamlarning o’qishga toqati kam, lekin bu oddiy matnlarga taalluqli. Kopirayting xizmati bilan jozibali matnlar yozish – professional kopirayterlarning vazifasi. SEO matnlari esa qo’shimcha omillarni hisobga olgan holda yoziladi.
Ma’lumotlar saytga joylashtiriladi
Sayt dasturi tayyor, matnlar yozildi, rasm va videolar suratga olindi. Endi bularning barchasi saytga joylashtiriladi.
Biz boshlang’ich ma’lumotlarni joylashtirib beramiz. Sahifalar soni deganda aynan shu tushuniladi – kelishilgan sahifalar sonini to’ldiramiz. Keyinchalik qo’shimcha ma’lumot qo’shish kerak bo’lsa, buni o’zingiz ham qila olasiz.
Sayt internetga joylashtiriladi
Sayt ma’lumotlarini joylashtirish uchun serverda joy band qilish kerak. Har bir mijozimizga bir yil davomida 250 MB xosting bepul beriladi. Keyingi yillarda to’lov saytning egallagan hajmiga qarab hisoblanadi.
Bizning xostingimizning afzalligi shundaki, u biz yaratgan saytga moslashtirilgan. Har hafta zahira nusxalari olinadi, shuning uchun ma’lumotlar o’chib ketsa, ularni qayta tiklash mumkin. Shu sababdan OQILA’da Toshkentda sayt yaratish xavfsizdir.
Sayt sinovdan o’tkaziladi
Har qanday ishda xatolar bo’ladi. Sayt yaratish tugallangach, maxsus xodimlar saytni sinchkovlik bilan tekshiradi, barcha kamchiliklar aniqlanadi va tuzatiladi. Agar sayt sizga topshirilgandan keyin xatolar topsangiz, ularni bepul tuzatamiz.
Bemalol (71) 268 43-60 raqamiga qo’ng’iroq qiling va maslahat oling. Sayt yaratish orqali internetdan daromad olishingizga yordam beramiz!
Biz bilan bog’laning
Saytsiz eksportga ishlash qiyin
Biz tabiiy tolalardan kundalik va maxsus kiyimlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanamiz. 90% eksportga ishlaganimiz uchun, korxonamiz to’liq quvvatini ko’rsatadigan sayt kerak bo’ldi.
OQILA veb studiyasiga saytimiz dizaynini ishonib topshirdik. Natija kutilganidek bo’ldi. Muhimi ular boshqa davlat odamlariga nima yoqishini bilishadi. Juda xursandmiz.
Barchaga tavsiya qilaman!
Mohira, Tekstil fabrikasi bosh menejeri, Sirdaryo
Kimyoviy o’g’it kompaniyasi
Yurtimizdagi dehqonchilik xo’jaliklari va xorijdagi importyor hamkorlarimiz uchun maxsus veb sayt ochmoqchi edik. Bu ishni OQILA kompaniyasi o’ylaganimizdan ortiqroq bajardi.
Nuriddin, Kimyoviy o’g’it kompaniyasi rahbari, Toshkent
Beton va shag’al yetkazish kompaniyasi
Farg’onada joylashgan bo’lsak ham Toshkentning katta qismini beton quduqlar bilan ta’minlaymiz. Brendimizni tanitish uchun logotip va internet sayt yaratish masalasida OQILA veb studiyasiga chiqdik.
Saytimiz dizayni juda zo’r chiqdi. Rahmat!
Maruf, Beton mahsulotlari zavodi marketologi, Farg’ona