SEO nima: to’liq qo’llanma [2024]


SEO – bu (search engine optimization) qidiruv mexanizmlarini optimallashtirish bo‘lib, maksimal darajada mijozlarni jalb qilish maqsadida sizning saytingizni qidiruv tizimlarining yuqori o‘rinlariga olib chiqishga qaratilgan amaliyotlar jamlanmasi.

Soddaroq tushuntiradigan bo‘lsak, masalan siz o‘quv kursi yoki biror mahsulotni internet orqali qidiryapsiz. Qidiruvni amalga oshirganinggizdan so‘ng, qidiruv tizimi sizga bir necha saytlarni taqdim etadi. Ushbu saytlarning qaysilaridir birinchi bo’lib chiqsa, qaysilaridir oxirgi o‘rinlarda turadi. Shuni ham bilishingiz muhimki, siz ushbu yuqori o’rinlarni egallashni pulga sotib ololmaysiz. Qidiruv tizimi saytingizning sifati va dolzarbligiga ko’ra uni tanlaydi. Sayt egalari esa Google, Yandex kabi qidiruv tizimlari aynan ularning saytlarini yuqori o‘rinlarga ko’tarishi uchun kalit so‘zlar va iboralardan foydalanadilar.

Ammo SEO targ‘iboti ko‘ringani kabi oddiy va oson emas. Saytni optimallashtirish, kalit so‘zlar va iboralarni to‘g‘ri tanlash, sayt havolalarini kerakli joylarda qoldirish kabi vazifalarni aniq va to‘g ‘ri bajargandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.

SEO targ‘ibot odatda uzoq vaqt talab etadi. Bu borada Google reklamaga ham murojaat qilishingiz mumkin.

Google reklama, ya’ni Google ADS – bu har bir bosish, klik (PPC) uchun to‘lov amalga oshiriladigan reklama platformasi bo‘lib, potensial mijoz topish imkonini beradi. Uning Qidiruv tizimidagi Google reklama, Xaridlar Google reklamasi, Google reklama mahalliy xizmatlari kabi turlari mavjud.

Lekin bu bir muncha qimmat xizmat turi hisoblanib, vaqtinchalikdir hamda har qanday yo‘nalishdagi sayt uchun ham mos kelavermaydi. SEO targ‘ibotida erishilgan natija esa uzoq vaqt saqlanib qolishi kafolatlanadi. Ya’ni qidiruv tizimlarining yuqori o‘rinlariga ko’tarilgan saytlar uzoq vaqt o‘z o‘rnida qoladi.

SEOning muhim jihatlari

Vaqt o‘tishi bilan qidiruv tizimlari “aqlli” bo‘lib bormoqda. Ularning saytlarga bo‘lgan talablari ham ortyapti. Avvallari saytning mohiyatiga e’tibor bermay, kalit so‘zlarni kiritish bilan kifoyalanishar edi. Hozirda Yandex va Googleda SEOni bu tariqa amalga oshirish ish bermaydi. Endi qidiruv tizimilari sizning saytingizni yuqori baholashi uchun sayt quyidagi jihatlarga ega bo‘lishi kerak:

  • Matnlarning sifatliligi;

  • Texnik xatolar yo‘qligi;

  • Foydalanishdagi qulaylik;

  • Saytga tashriflar siafti (foydalanuvchilar saytga qancha vaqt sarflashyapti, maqsadli harakatlarni amalga oshirilyaptimi, yo‘qmi kabi);

  • Sahifalarni ochishdagi tezlik;

  • Integratsiya (barcha turdagi qurilmalar va ekran o‘lchamlari bilan mos kelishi);

  • Https (xavfsiz protokol mavjudligi) va boshqalar;

SEOdan qanday natijalar kutish mumkin?

To’g’ri tanlangan SEO mutahassis va to’g’ri amalga oshirilgan SEO targ’ibot bilan siz quyidagi natijalarga erishishingiz mumkin:

  • Seo-auditni amalga oshirib, saytdagi ichki kamchilik va xatolar tuzatilgach, saytingiz qidiruv tizimlari bilan «do’stlashadi» va asta sekin yuqori o’rinlarga chiqib boradi;

  • Kalit iboralar uchun pozitsiyalarning o’sishi. 2-3 oydan so’ng, internet orqali so’rov amalga oshirilganda qidiruv tizimi aynan sizning saytingizni birinchilar qatorida taqdim etayotganini ko’rasiz;

  • Tashrif buyuruvchilar sizning saytingizga ko’p vaqt sarflaydilar, ko’rishlar soni ortadi. Bu esa albatta yangi mijozlar soni hamda daromadingiz ortishi kafolatidir;

  • Qidiruv tizimlari orqali tashriflar sonining ortishi. Kalit so’zlar uchun pozitsiyalar o’sib borishi bilan qidiruv tizimlaridan keladigan tashriflar soni ko’payadi.

Saytingizni OQILA reklama agentligiga ishonib topshiring!

OQILA – biznesingiz rivoji uchun eng to‘g‘ri tanlov!

OQILA – SEO kompaniya

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!