Ne xasratda web sayt yaratishga harakat qildingiz, ammo ketkazgan pulingiz va vaqtingiz o’zini oqlamayaptimi? Sizning saytingiz daromad keltirmasligiga juda ko’p sabablar bo’lishi mumkin.
Muammoni to’liq aniqlash uchun sizning saytingiz qaysi turda ekanligini tushunib olish kerak. Ushbu maqolada biz korporativ web sayt, onlayn internet do’kon va landing page kabu web saytlardan foyda yo’qligining sabablarini ko’rib chiqamiz.
Agar siz korporativ web sayt ochish imkoniga ega bo’lgan bo’lsangiz, uning trafikiga (tashrif buyuruvchilar soniga) e’tibor berishingiz kerak. O’zingizning saytingizdagi trafikni va qidiruv tizimida (Yandex yoki Google) birinchi 5-talikda chiqadigan saytlar trafigini solishtiring. Buning yordamida siz o’zingizning o’rningizni baholashingiz, asosiy raqobatchilar va ularning takliflarini bilib olishingiz mumkin bo’ladi.
Agar saytingizga trafik kam bo’lsa va uning qidiruv tizimidagi mavqei sizga mos kelmasa, qidiruv tizimlarida SEO optimallashtirish targ’ibotiga o’tishingiz kerak.
Agar sizning saytingizdagi trafik yaxshi bo’lsa-da, ammo hali ham mijozlar yo’q bo’lsa, unda bu holda siz quyidagilarga e’tibor qaratishingiz kerak:
Web sayt dizayni va ma’lumotlarning taqdimoti
Odamlar ko’p qidiradigan sizning sohangizga aloqador so’rovlar Ushbu qidiruv so’rovi bo’yicha ma’lumotlarning mavjudligi
Agar mahsulotlar bo’lsa, unda fotosuratlarning sifati va mahsulot haqida ma’lumot to’liqligi
Korporativ sayt ochishda siz bilan bog’lanish, xizmatga yoki mahsulotga buyurtma berish va to’lash qulayligi
Eng yaxshisi – ushbu muammolarni engishga yordam beradigan mutaxassis bilan bog’lanish. U SEO nima ekanligini sizga tushuntirib vaziyatni o’rganib chiqadi. Qidiruv natijalari, kontent (rasmlar, vidjetlar, raklma matnlari) va foydalanishga qanchalik qulayli ekanligi asosida web saytingizni tahlil qiladi. Baholashdan so’ng dizayni va mazmuni yaxshilanadi. Mumkin bo’lgan to’lov vositalari va agar kerak bo’lsa, onlayn konsultatsiya imkoniyatlari sizga qo’shib berishadi.
Nima uchun internet do’kon foyda olib kelmayapti? Unga ketayotgan sarmoya kelayotgan puldan ham ko’pmi? Buning asosiy sababi web sayt ochish bosqichidagi xatoliklar. Siz nimalarga e’tibor berishingiz kerak:
Maqsadli auditoriya. Internet do’kon ochishda siz nafaqat o’zingiz hisoblagan afzalliklarni, balki maqsad qilgan auditoriyangizning afzalliklarini ham hisobga olishingiz kerak;
Mahsulotni to’g’ri joylashtirish. Korimsiz dizayn, yomon navigatsiya, sahifaning vidjetlarining noqulay joylashuvi mijozni qo’rqitishi mumkin va u raqiblaringizga o’tib ketadi;
Buyurtma. Sayt aniq va sodda bo’lishi kerak, shunda mijoz u orqali hech qanday muammosiz foydalana olsin;
Reklama. Ko’pincha, onlayn-do’konni targ’ib qilishda faqat optimallashtirish etarli bo’lmasligi mumkin, shuning uchun internet marketing usuli bilan reklamani boshlash kerak;
Doim yangilsh. Saytni foydali ma’lumotlar bilan to’ldirish va uni doimiy ravishda yangilab turish kerak, ayniqsa ishning dastlabki bosqichlarida;
Boshqa holatlar, masalan, mahsulot va xizmatlar narxi.
Shunday qilib, barcha sabablarni har tomonlama ko’rib chiqish kerak. Saytdagi trafikni to’liq tahlil qilish orqali muammolarni aniqlash mumkin. Google Analytics tashrif buyuruvchining nima uchun buyurtma bermaganligini va buning sababi nima ekanligini, tashrif buyuruvchilarni aniq nima qo’rqitayotganini, reklamalarni qaerga joylashtirishni va boshqalarni ko’rsatib beradi.
Nima uchun landing page past konversiyani keltirib chiqaradi?
Birinchidan, saytgiz aynan nimani taklif qilayotganini ko’rib chiqishingiz kerak, agar taklif foydali bo’lsa, u holda buyurtmalar albatta bo’ladi.
Ikkinchidan, siz materialning taqdimotiga qarashingiz kerak, ehtimol sayt matnlarini qayta yozishingiz kerak. Kopirayting orqali mahsulotingiz shu foydalanuvchiga nima bo’lsa ham zarurligini ko’rsata olishingiz kerak.
Uchinchidan, sayt dizayniga e’tibor bering, u odamlarni jalb qila olishi kerak, oddiy foydalanuvchi birdaniga 2-4 web sahifalarni ochib ko’radi (agar biz qidiruv tizimlari haqida gapiradigan bo’lsak). 2-3 soniya ichida odam kerakli narsani topgan-topmaganligini aniqlaydi, agar topmasa, u holda saytdan chiqib ketadi. Qiziqarli web dizayn odamni jalb qilib oladi, to’g’rimi? Albatta foydalanuvchi «Qani, yana nimalar bor ekan» deb qiziqadi, shunda siz o’z mahsulotingiz haqida ma’lumot berishga ulgurasiz.
To’rtinchidan, siz sayt xaritasini diqqat bilan ko’rib chiqishingiz kerak, odam qaerga bosganini, u hamma narsani tushunyaptimi yoki adashib qolyaptimi, shularni bilishingiz kerak, ehtimol biron bir joyda tugmalar yoki anketa etarli emasdur.
Landing page yaratish bilan chegaralanib qolmasdan, uni yurg’izish, optimallashtirish haqida boshqotiring.