YouTubeda kanal qanday ochiladi?

YouTube - yangi auditoriyani jalb qilish va brend xabardorligini oshirish uchun mukammal platforma. Dunyo miqyosida Internet foydalanuvchilarining 80% dan ko'prog'i har kuni onlayn videolarni tomosha qiladilar hamda shu orqali brendlar, mahsulotlar haqida xabardor bo’lishadi. YouTube’da kanallarga obuna bo'lish va "Like" bosish uchun Google akkauntga ega bo’lish kifoya. Ammo, agar siz YouTube imkoniyatlaridan to'liq foydalanmoqchi bo'lsangiz, unda o'z kanalingizni yaratishingiz kerak. Shundagina siz video yuklashingiz, ularni pleylistlarga qo'shishingiz, sharhlar qoldirishingiz va boshqa ko'p amallarni bajarishingiz mumkin.

1000dan

ortiq kuzatuvchilarga ega bo'ling!

Tajriba

siz uchun tajribaga ega mutahasislar ish olib borishadi

78.3%

qo'shimcha daromadga ega bo'ling!

56.8% odam

YouTubeda ishlashni o'z kasblariga aylantirganlar

YouTubeda kanal ochisni mutaxassislarga ishonish foydalari

YouTube KANALNI OQILAga ISHONGAN MAQULMI YOKI MUSTAQIL RIVOJLANTIRISHMI?


Internetdagi ko'plab YouTubedagi kanallarni avtomatik rivojlantirish xizmatlaridan foydalanib, siz kanalingizni mustaqil ravishda yuritishingiz ham mumkin. Ammo yuqori natijalarga erishish uchun ushbu dasturlarning o'zi yetarli emas. YouTube’da kanal ochish va uni rivojlantirishning har bir bosqichi, ketma-ketligi va muhim jihatlari kabilarni o'rganish, targ'ibot usullarini o'zlashtirish uchun sizga ma'lum vaqt kerak bo'ladi. YouTube kanalini mustaqil ravishda rivojlantirib siz mablag’ingizni tejaysiz, lekin yo'qolgan vaqt hamda yo'qotilgan foydani qaytarib bo'lmaydi.


Bizning mutaxassislarimiz eng kam byudjet bilan, eng muhimi - eng qisqa vaqt ichida maksimal natijaga erishadigan reklama kampaniyasini amalga oshira oladilar. Bunga qo'shimcha ravishda siz optimallashtirilgan kanal va yaxshi ishlab chiqilgan dizayn, konsultativ yordam kabilarga ham ega bo’lasiz.

BIZ BILAN BOG'LANING

BIZNES UCHUN ENG YAXSHI YECHIM – YouTubega VIDEO JOYLASHDIR

Videokontent orqali biznesni targ’ib qilish – bu sizning videolaringizni yuz minglab real foydalanuvchilar tomonidan tomosha qilinishini anglatadi!
Demak, biznesda ham, blogerlikda ham o’z mijozlaringiz va auditoriyangizga ega bo’lishda YouTube eng maqbul yechim. Ammo bunda shunchaki kanal ochib, video joylashning o’zi kamlik qiladi. Hozirda videokontent shunchalik rivojlanganki, tomoshabinlar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olishadi. Shu sababli sizning videokontentingiz tomoshabinni o’ziga jalb qiladigan, sizning keyinchalik taqdim etadigan videolaringizga ham qiziqish uyg’ota oladigan darajada bo’lishi kerak. Aynan ushbu vazifalarni uddalashda biz – OQILA kompaniyasi mutaxassislari sizga yordam beramiz.
Biz quyidagilarni kafolatlaymiz:

  • Videolarning «haqiqiy» tomoshabinlari sonining ko’payishi

  • Kanalingiz obunachilari sonining ortishi

  • Tomoshabinlarning qamrovi

  • Brend xabardorligini oshirish

  • Maqsadli auditoriyani aniq yo’naltirish (targeting).

Bizning xizmatimizning asosiy natijasi

Siz jonli va maqsadli auditoriyadan videolaringiz ostida ko’rishlar va faolliklarning kuchli, kafolatlangan o’sishini qo’lga kiritasiz. Sizning videolaringiz YouTube TOPga kiradi va u yerda uzoq vaqt qoladi!

Rivojlantirilgan kanal sizning videolaringiz va biznesingizni kechayu-kunduz targ’ib qiladi va ko’p yillar davomida yangi mijozlar hamda obunachilarni jalb qiladi.

1.Taxmin qilingan ko’rish soni kafolatlanadi

Sizning videokontentingizni ko’rish soni taxmin qilingan darajaga yetishi kafolatlanadi. Biz kanalni rivojlantirishni boshlashdan oldin batafsil tahlil o’tkazamiz va ko’ruv soni bo’yicha reja tuzamiz. Agar u haqiqatga to’g’ri kelmasa, biz amalga oshirilgan to’lovni qaytarishga tayyormiz

2. YouTube’da kanal targ’ibotiga sarflagan mablag’ingiz 100% himoyalanadi.

YouTube mutaxassislari videolarni joylashtirish qoidalariga rioya qilinishini qat’iy nazorat qiladilar va qoidabuzarlarni jazolaydilar. Biz video joylashtirishda barcha mavjud talab va qoidalarga amal qilinishini nazoratga olamiz. Bu sizning kanalingiz taqiqqa uchrashi xavfini kamaytiradi. Agar bu holat ro’y bersa, biz taqiqdan chiqish bo’yicha barcha ishlarni bepul amalga oshiramiz

3. Sizning roliklaringiz maqsadli auditoriyaga taqdim etiladi.

YouTube videokontentini rivojlantirish samaradorligini oshirish uchun biz targetingni to’g’ri sozlab beramiz. Siz bilan kelishgan holda maqsadli auditoriyaning barcha parametrlari sozlanadi. Yana ta’kidlaymiz: barcha videolarning ko’rish soni haqiqiydir!

Bizning YouTube kanal yaratish xizmatining narxi hamyonbop. Shuningdek, dizayn hamda video montaj sohasidagi tajribamiz unga afzallik beradi.

Buyurtma bering