Logotip yasash xizmati narxlari

Biz uchun ochiq-oydinlik juda muhim. Siz nima uchun pul to’layotganingizni va biz nimalar qilishimizni aniq bilishingiz kerak.

Kichik biznes O’rta biznes Katta biznes

Taqdim etiladigan dizayn g’oyasi soni

10 20 30

G’oya beruvchi dizaynerlar soni

1 2 3

Qayta ishlashlar soni

3 5 8

Sarmoya narxi

5,559,000 so’mdan 7,338,000 so’mdan 9,639,000 so’mdan

Savollar bormi? Qo'ng'iroq qiling!


(90) 054-70-02
Ishni boshlash Ishni boshlash Ishni boshlash
Taqdim etiladigan dizayn g’oyasi soni 10
G’oya beruvchi dizaynerlar soni 1
Qayta ishlashlar soni 3
Sarmoya narxi 5,559,000 so’mdan
Taqdim etiladigan dizayn g’oyasi soni 20
G’oya beruvchi dizaynerlar soni 2
Qayta ishlashlar soni 5
Sarmoya narxi 7,338,000 so’mdan
Taqdim etiladigan dizayn g’oyasi soni 30
G’oya beruvchi dizaynerlar soni 3
Qayta ishlashlar soni 8
Sarmoya narxi 9,639,000 so’mdan

Savollar bormi? Qo'ng'iroq qiling!


(90) 054-70-02

Logotip yaratish brendingiz uchun juda muhim!

Logotip – veb saytning kichik elemti bo’lib tuyilishi mumkin. Lekin brendingiz logotipi uning asosidir. Logotip insonlarni jalb qilishi va esda qolishi onson bo`lishi kerak, shunda brend taniladi va unga bo`lgan talab ortadi. Bunda logotip yasash kabi ma’suliyatli vazifani o’z ishining ustalariga ishonganingiz afzal.

OQILA web dizayn studiyasining internet marketing xizmatlari sizning biznesingizni tanitadi va sizga yillar davomida yoddan chiqarmaydigan logotip tayyorlashga va'da beradi. Bizning dizaynerlar jamoamiz o’zlarining kreativ faoliyatlari bilan mijozlarimizni mamnun qilib kelishmoqda. Biz o’z logotiplarimiz takrorlanmasligi bilan boshqa dizayn studiyalardan ajralib turamiz.

+1886

Mamnun Mijozlar

3 yillik

Davomiy SEO Natija

73.3%

Buyurtmalar Google Orqali

2016

Yildan Buyon Barqaror Xizmat Ko'rsatamiz

Logotip yasash uchun bizga buyurtma qilish eng to’g’ri qaror!

Buyurtmani muhokama qilish

Logotip yaratish jarayoni

Natija hayratlanarli darajada bo’lishi uchun biz logotip yasashdagi har bir bosqichga alohida e’tibor qaratamiz.

1. Ma’lumot to’plash

Sizning logotipingiz kompaniyangizning mohiyatini to’liq aks ettirishini istaymiz. Buning uchun biz tashkilot faoliyati va uning odatiy mijozlari to’g’risida material to’plashimiz kerak. Bundan tashqari, logotiplar yaratish jarayonida brend o’ziga xos shrift va ranglar to’plamiga ega bo’lishini ham hisobga olishimiz kerak. Web dizayn yaratishdan farqli olaroq logotip yaratish – sizning firmangizni har joyda tanitishi zarur.

Birgalikda barcha yig’ilgan ma’lumotlar OQILA dizayn studiyasi uchun ajoyib kontseptsiyalar yaratishga xizmat qiladi. Ular sizning biznesingiz bilan mos keladigan logotipni yasashda bizga yordam beradi.

Biz bilan bog’laning

2. Izlanishlar

Ushbu bosqichda bizning mutaxassislarimiz siz va sizning faoliyatingiz haqida o’rganishni boshlaydilar. Buning ichiga soxaning kelib chiqishidan torib, hozirgi kundagi trendlarigacha kiradi. Bu raqobatdosh firmalarning logotiplarini ko’rib chiqish uchun ham ajoyib imkoniyatdir.

Ko’p tashkilotlar darhol logotip chizishni boshlab, katta xatoga qo’l urishadi. Biz doim dastlabki bosqichlarga e’tibor qaratamiz. Bu bizga doim samara bergan. Natijada tayyor logotip o’ziga xos bo’ladi va mijozlar bizdan cheksiz minnatdor bo’lishadi.

3. Maqsad va vazifalarni yaratish

Bu yerda logotip yasashning eng qiziqarli qismi boshlanadi. Odatda, dizaynerlarimiz hamkasblari bilan o’tirib fikr almashadilar, shu yerning o’zida o`nlab logotiplar yaratilinadi.

Boshqa tomondan olib qarasak, ushbu bosqich logotip yaratish bosqichining eng qiyin bosqichi ham.
Nega-ki, dizaynerlar sizning biznesingizni jamiiyki imkoniyatlarini oddiy va zamonaviy qolibga moslashlari kerak. OQILA web studiyasi jamoasi hatto-ki, logotipni blanka, flayer, vizitka va veb saytda qanday ko’rinishigacha o’ylaydi.

4. Sharhlar/O’zgartirishlar

Taqdim etilgan fikrlar orasidan eng yaxshi variantlar tanlanadi. Keyinchalik, ularga o’zgartirishlar kiritiladi va logotiplar boshqa dizayn jamoasi tomonidan ko’rib chiqiladi.

Ushbu bosqich ham juda muhimdir. Nega-ki, Hamkasblarimizning har qanday tanqidlari logotip dizaynini yaxshilashga xizmat qiladi.

5. Taqdimot

Mijozlarimizga tayyor logotiplarni rasmiy taqdim etish vaqti keladi. Biznes toifasiga qarab biz ma’lum miqdordagi variantlarni taqdim etamiz.

Agar avvalgi barcha bosqichlar jamoa tomonidan sinchikovlik bilan bajarilgan bo’lsa, unda xaridor katta ehtimol bilan rozi bo’ladi. Agar taqdimot paytida biz sozlash haqida sharhlar olsak, dizaynerlar tuzatish ishlarini boshlashdan tortinmaydi. Natijada buyurtma qilingan logotip xaridorga ma’qul bo’ladi. So’ng uni web sahifalarga joylasak ham bo’ladi.

Nima uchun logotip yasash biznesning ajralmas qismi hisoblanadi?

Uzoq vaqt davomida odamlar narsalarni belgilar bilan farqlashni odat qilishgan. Bizning fikrimizcha, logotip tushunchasi bizning hayotimizga yaqinda kirib kelmagan, qadimgi sivilizatsiyalar muhim qishloq xo’jaligi jarayonlari uchun piktogrammalar o’rnatgan bir paytda paydo bo’lgan.

Hozirgi kunda logotip butun brend qiyofasini aks ettiradi.
Uning muhimligi nimada?

Sizga logotip nega muhim ekanining 5 sababini keltirdik:

1. Birinchi taasurot

Aytishlaricha , birinchi taassurot qoldirish uchun hech qachon ikkinchi imkoniyat bo’lmaydi. Siz e’tibor tortmaydigan, yaxshi ishlanmagan logotip mijozlaringiz ko’radigan birinchi ob’ekt bo’lishini xohlamaysiz, shunday emasmi?

2. Mijozlarni jalb qilish

Bozor kundan-kunga raqobatbardosh bo’lib borar ekan, har bir qaroringiz vaziyatga yordam berishi mumkin. Istalgan mahsulotni qidirishda mijozning ko’zi ko’plab logotiplarni ko’rib chiqadi. Katta ro’yxatdan xaridorni professional tarzda ishlab chiqarilgan logotip jalb qilishi mumkin. Mijoz ko’proq ishonchni sizning logotipingizga bildirishi mumkin, va albatta u sizni tanlaydi.

OQILA dizayn studiyasi xizmati sizning biznesingizni internet reklama orqali tanitadi va sizga yillar davomida yoddan chiqarmaydigan logotip yasashga tayyor.

Biz bilan bog’laning

3. Logotip chizish

Oddiy rasm qanday qilib bunday ta’sir ko’rsatishi mumkin? Onlayn arenada mijoz bilan o’zaro aloqangiz haqida o’ylab ko’ring, faqat ijtimoiy akkauntlar, texnik ko’mak xizmatlari, landing sahifalari bilan cheklanadi. Tabiiyki, shu kabi jarayonlar davomida logotip sizning kompaniyangizning yuzi bo’lib aks etadi.

4. Professionallik

Zamonaviy jamiyatdagi mijozlar ishonchli tashkilot shaxsiy logotipga ega bo’lishi kerakligiga odatlanib qolgan. Qanday professional darajada bajarilganiga qarab, mijozlar logotip darajasini sizning xizmatlaringiz yoki mahsulotlaringiz darajasini bilib olishlari mumkin, xoh u katta internet do’kon xoh kompaniya bilan bog’lanish uchun sayt vizitka bo’lsin.

Boshqacha qilib aytganda, logotipingiz qanchalik yaxshi bo’lsa, mahsulotingiz shunchalik yaxshi deb tushunishadi

5. Saralash

Yaxshi ishlangan logotip nafaqat biznesingiz asl ma’nosini yetkazib beradi, balki mahsulotingizni to’g’ri yo’nalishga yetkazadi. Sizning biznesingiz ruhini o’zida mujassam etgan logotip sizga o’xshash tashkilotlar orasida qay o’rinda turishingizni ko’rsatadigan maxfiy parametr vazifasini bajaradi.

Masalan, dunyoga mashhur Versaceni olaylik. Ularning logotipi boshqa kiyim ishlab chiqaruvchilarining logotiplaridan qanday farq qiladi? Meduza medalyoni shaklida tayyorlangan logotip brendning barcha ustunliklari, hashamati va davomiyligini aks ettiradi. Bu shuni anglatadi-ki, mavjud biznes soxasida bo’la turib ham, raqiblarni oson ortda qoldirish mumkin.

Logotip yasashni bizdan buyurtma qilish-eng to’g’ri qaroringiz bo’ladi.

Endi siz logotip sizning biznesingizda muhim omil ekanligini bilib oldingiz. Logotiplarni yaratish bo’yicha xizmatlarni kim professional darajada taqdim eta oladi?

OQILA yordamida siz quyidagilarga ega bo’lasiz:

  • Malakali dizaynerlar jamoasi

  • 10 dan ortiq turdagi konsepsiyalar

  • Kompaniyangiz brendingiga mos logotip

  • Sayt uchun logotip

Va nihoyat, eng muhimi, siz kompaniyaning boshqa bir qator reklama xizmatlari bilan ishonchli sheriklikka ega bo’lasiz. Biz o’z ish uslubimiz bilan sizning barcha talab va istaklaringizni inobatga olgan holda to’liq sifatli mahsulot yaratib beramiz.

Biz o’z logotiplarimiz takrorlanmasligi bilan boshqa veb studiyalardan ajralib turamiz.

Biz bilan bog’laning