Biznesingiz uchun SEO zarurligining 6 sababi


Zamonaviy mijozlar zamonaviy ish yurituvchi biznes egalari bilan hamkorlikda ishlaydilar. Ya’ni hozirda aksariyat yumushlarni internet orqali bitiradigan insonlar mahsulot xarid qilish yoki biror xizmat turidan foydalanishda ham internetga murojaat qiladilar.

Biznesingiz rivoji uchun internetda sayt ochish eng to’g’ri qaror. Lekin ushbu saytni yuritishni uddalay olmasangiz, unga e’tiborsiz bo’lsangiz bunday saytning sizga foyda keltirishi qiyin masala.

Ammo umidsizlanishga shoshilmang. Buning echim – SEO targ’ibotini amalga oshirishdir.

«Mening biznesimga SEO kerakmi?»degan savolga «HA!» deyish uchun 6 sabab.

1. SEO yaxshi natijalar ko’rsatyapti

Bu ko’plab optimallashtirish tadqiqotlari natijalariga ko’ra tasdiqlangan. Agar qidiruv tizimini optimallashtirish paytida foydalanuvchilar tajribasini optimallashtirishga e’tibor qaratsangiz, SEO samarali ishlaydi. Natijalar darhol ko’rinmasada, vaqt o’tib saytingiz qidiruv tizimida yuqori reytingga ega bo’ladi va siz organik trafikka ega bo’lasiz.

2. SEO – uzoq muddatli

Qidiruv tizimlardagi rivojlanish amaliyotlari va tendensiyalarini hisobga olsak, SEOning “umri uzoq”. Hatto audio yoki video kontentni qidirishda ham matnli ma’lumotlarni qidirishdagi kabi kalit so’zlardan foydalaniladi. Bu SEO reklama uslublari turli davrlarda ham samarali bo’lishini ta’minlaydi.

3. SEO – nisbatan arzon

PPC yoki email-marketingi kabi boshqa reklama turlariga nisbatan SEO arzon hisoblanadi hamda sarmoya kiritishingizga arziydi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, mijozlarning 80% dan ortig’i mahsulot sotib olish yoki xizmatdan foydalanishdan oldin internet orqali u haqdagi fikrlar bilan tanishib chiqadi. Yaqin kelajakda bunday mijozlar soni ortib boradi. Natijada siz o’z saytingizni SEO targ’ibotini amalga oshirmasangiz, mijozlar SEO kompaniyalari xizmatidan foydalangan raqiblaringizni tanlashadi.

4. Mobil optimallashtirish SEO samaradorligini oshiradi

Borgan sari foydalanuvchilar Internetga mobil qurilmalar: smartfon, planshet, noutbuklar orqali kirishga odatlanishmoqda. Shu sababli qidiruv natijalarida o’z saytlarini yuqori o’rinlarda ko’rishni istaganlar saytlarini mobil qurilmalar uchun moslashtirishlari kerak.

5. Biznesingizning onlayn-obro’si muhim ahamiyatga ega

Google kompaniyasi saytlarni ko’rib chiqish usulini doimiy ravishda o’zgartiradi. Bir necha yil oldin mavjud bo’lmagan ba’zi bir SEO omillari, masalan, ijtimoiy media ko’rsatkichlari, qidiruv reytinglariga ta’siri jihatidan hozirgi kunda birinchi o’ringa qo’yilgan. Saytdagi sifatsiz va eskirgan kontent sayt obro’siga putur etkazishi mumkin, chunki bu qidiruv tizimlarida sahifalar reytingiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biridir.

6. Mahalliy SEO tobora dolzarb bo’lib bormoqda

Kalit so’zlaridan foydalanishda saytning potentsial trafikida farqlar mavjud. Masalan, «plastik romlar» va mahalliy «Toshkentdagi plastik romlar» qidiruv iboralari.
Mahsulotlar va xizmatlarni izlashda mahalliy Internet-qidiruvlardan foydalanadigan mijozlar soni tobora ko’paymoqda. Shuning uchun mahalliy va geo-trafik rentabelligi har qachongidan yuqori.

SEOning biznesingiz uchun naqadar muhim ekanliginiku tushundingiz. Ammo kafolatlangan yuqori natijalarga erishish uchun saytingizni optimallashtirishni tajribali SEO kompaniyalargagina ishonib topshirishni ham unutmang!

OQILA SEO kompaniyasi bilan web saytingiz nufuzini oshiring!

Biz bilan bog’laning

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!