Kichik biznes

50,000 so’mdan
oyiga

  • CRMdan foydalanadigan xodimlar soni
  • 1


  • Bepul o`rnatib berish

  • Bepul o`rgatish va konsultatsiya

O'rta biznes

140,000 so’mdan
oyiga

  • CRMdan foydalanadigan xodimlar soni
  • 3


  • Bepul o`rnatib berish

  • Bepul o`rgatish va konsultatsiya

Katta biznes

200,000 so’mdan
oyiga

  • CRMdan foydalanadigan xodimlar soni
  • 5


  • Bepul o`rnatib berish

  • Bepul o`rgatish va konsultatsiya

Maxsus tarif

Kelishilgan narxda

  • CRMdan foydalanadigan xodimlar soni
  • Kelishilgan


  • Bepul o`rnatib berish

  • Bepul o`rgatish va konsultatsiya

CRM sistemasi orqali ko'proq sotish imkonini oling

Buyurtma berish

Tulpor CRM dasturining qulay interfeysi sizga va sizning xodimlaringizga mijozlar bilan tezroq va osonroq ishlash imkonini beradi.

crm image 1

Har bir mijozingiz bilan yaxshiroq muloqot qiling va biznesingizni qo'llab-quvvatlang!

crm image 2
CRMga ehtiyoj qayerdan paydo bo’ldi va

CRM TIZIMI BU NIMA?

CRM (Customer relationship management) tizimi - bu kompyuter dasturi bo’lib, o’zbek tilida mijozlarni boshqarish ma’nosini beradi. U mijozlaringiz bilan kechgan suhbatlarni yozib boradi.

Ko’p yillar davomida barcha tashkilotlarda, do’konlarda, ishlab chiqarish korxonalarida mijozlar munosabati “qog’oz va qalam” yordamida amalga oshirilgan. Hatto hozirgacha yetib kelgan “Taklif va shikoyatlar daftari”, “Shikoyatlar qutichasi”, “Ishonch telefoni” kabi vositalarning zamonaviy ko’rinishi bu – CRM tizimidir. Hozirda internet tobora ommalashib, munosabatlar qog’ozga emas, elektron shaklda kompyuter xotirasiga yozilmoqda. Yangi usul nafaqat ma’lumotlarni saqlash, balki tahlil qilish, saralash, murakkab usullarda solishtirish, qayta ishlash imkonini ham beradi.

Hozir boshlang

CRM TIZIMINING AFZALLIKLARI :

Hozirgi kunda yurtimizda faoliyat olib borayotgan ko’plab katta kompaniyalar CRM tizimiga ega. Kichik biznes egalarining ham bu tizimga qiziqishlari ortib bormoqda. Chunki CRM tizimidan foydalangan biznes egalari quyidagi afzalliklarga ega bo’ladilar:

  • Kompaniyaning barcha hisobotlari, mijozilari haqida ma’lumotlarning bir joyda jamlanganligi;

  • Menejerlar, xodimlar ish faoliyatini yaxshilash;

  • Ish joyidagi xodimlarni nazorat qilish;

  • Vazifalarni belgilash va bajarish;

  • Biznesni avtomatlashtirish;

  • CRM tizimida ishlashning asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida hisobot berish;

  • Foydani oshirish va xarajatlarni optimallashtirish;

  • Biznesni rejalashtirish va xabar berish;

  • Elektron hujjat aylanmasi;

  • Sizning kompaniyangiz uchun individual biznes jarayonlarini o’rnatish;

  • Bir firmaning turli bo’limlaridagi xodimlarining bevosita aloqasi.

CRM tizimida mijoz bilan yaxshi munosabatni ushlab qolish oson va bu sizning biznesingizda mijoz foizi oshishiga yordam beradi. Mijozlar bilan munosabatda esa siz quyidagi qulayliklarga ega bo’lasiz:

  • Qaysi mahsulotga talab ko’proq bo’layotganini bilasiz;

  • Iste’molchi xizmat/mahsulotga qanday munosabatdaligini o’rganasiz;

  • Muammolar yechimini xalq qay usulda ko’rayotganini kuzatasiz;

  • O’tgan savdolar natijasi bilan tanishasiz;

  • Kelajakdagi foydani bashorat qila olasiz;

  • O’tgan va kelgusi xarajatlar/foydani solishtira olasiz;

  • Biznes strategiyani osonlik bilan o’zgartira olasiz;

  • Xodimlarning ish samaradorligini nazorat qilasiz;

CRM tizimini yaratishni o’z ishining ustasiga topshiring!

OQILA kompaniyasi CRM tizimini yaratish bo’yicha o’z xizmatini taklif etadi. Shuncha raqobatchilar orasida nima uchun aynan bizga ishonishingiz kerak? Hozir bilib olasiz…

  • Biz yurtimizdagi yirik kompaniyalarga xizmat korsatib, ularning e’tirofiga sazovor bo’lib ulgurganmiz;

  • Ko’plab loyihalarni amalga oshirganmiz va turli sohalardagi nozik jihatlarga e’tibor qarata olamiz.

  • Barcha vazifalarni siz bilan maslahatlashgan holda o’z vaqtida bajaramiz.

  • CRM tizimini bepul o’rnatamiz va bir necha dastklabki foydalanuvchilar uchun tekin versiyani taklif etamiz.

  • Xizmat bajarilgandan so’ng ham biz sizga tizim bilan ishlashda yordam berishni davom ettiramiz.

  • Bizda tajribali va qobiliyatli xodimlar jamlangan.

  • 5 yillik tajribaga ega kompaniya sifatida o’z nufuzimizni qadrlaymiz.

Asosiysi, biz o’z ishimizni sevganimiz uchun ham uni sidqidildan bajaramiz!

XULOSA

CRM tizimida ishlash siz uchun balki yangilik, o’zlashtirish qiyin vazifadek tuyulayotgandir. Ammo unday emas, ishoning! U sizga yangi maqsadlarga erishish va yangi cho’qqilarni zabt etish imkonini beradi. Behuda sarflanayotgan vaqtingizni saqlab qolish siz muhimligini bilamiz. Barcha kerakli ma’lumotlarni doimo yodda saqlash, yozib yurish imkonsiz. Yaxshisi ularni kompyuter dasturiga o’tkazib xayollaringizni yangi g’oyalar bilan band qiling!

Hoziroq boshlang