Kichik biznes

6,510,000 so'm
Sarmoya narxi

  • Dizayn darajasi
  • Oddiy

O’rta biznes

8,147,000 so'm
Sarmoya narxi

  • Dizayn darajasi
  • Yuqori

Katta biznes

11,041,000 so'm
Sarmoya narxi

  • Dizayn darajasi
  • Maxsus

Bizning veb-studiyadan buyurtma asosidagi lаnding page!

Landing pageda istalgan narsani sotish mumkin. Sifatli sahifa - daromad va mijozlar bazasini oshirishning ortiqcha harajat talab qilmaydigan usuli hisoblanadi.

Ammo, landing pageni yaratish bir qarashda ko‘ringanidek oson ish emas. Bu borada ko‘plab o‘ziga xosliklar mavjud, ularni esa faqatgina tajribali mutaxassis hisobga olgan holatda ish ko‘radi. Landing sahifa yaratish vazifasini ushbu sohadagi professionallarga ishonib topshiring.

+1886

Mamnun Mijozlar

3 yillik

Davomiy SEO Natija

73.3%

Buyurtmalar Google Orqali

2016

Yildan Buyon Barqaror Xizmat Ko'rsatamiz
Vaqtni boy bermang!

OQILA veb-studiyasi - landing sahifasi dizaynini yaratish bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatadi.

Bizning mijozlar bilan ishlovchi mutaxassis menejerimiz barcha savollaringiz va xabarlaringizga darhol javob berishlarini ta’minlaydi.

Buyurtmani muhokama qilish

Landing page batafsil narxi

Biz uchun ochiq-oydinlik juda muhim. Siz nima uchun pul to’layotganingizni va biz nimalar qilishimizni aniq bilishingiz kerak.

Kichik biznes O’rta biznes Katta biznes

Dizayn darajasi

Oddiy Yuqori Maxsus

Saytning mobil shakli

Kalit iboralar tahlili

(SEO)

Matn yozish

Google Analyticsga ulash va buyurtmalar statistikasi

Jami sarmoya narxi

6,510,000 so’m 8,147,000 so’m 11,041,000 so’m

Savollar bormi? Qo'ng'iroq qiling!


(90) 903-60-03
Ishni boshlash Ishni boshlash Ishni boshlash
Dizayn darajasi Oddiy
Saytning mobil shakli
Kalit iboralar tahlili
(SEO)
Matn yozish
Google Analyticsga ulash va buyurtmalar statistikasi
Jami sarmoya narxi 6,510,000 so’m
Dizayn darajasi Yuqori
Saytning mobil shakli
Kalit iboralar tahlili
(SEO)
Matn yozish
Google Analyticsga ulash va buyurtmalar statistikasi
Jami sarmoya narxi 8,147,000 so’m
Dizayn darajasi Maxsus
Saytning mobil shakli
Kalit iboralar tahlili
(SEO)
Matn yozish
Google Analyticsga ulash va buyurtmalar statistikasi
Jami sarmoya narxi 11,041,000 so’m

Savollar bormi? Qo'ng'iroq qiling!


(90) 903-60-03

Mijozlarimiz biz haqimizda nima deyishadi...

Oqila veb studiyasi tomonidan firmam uchun yaratilgan landing page biznesimning tashrif qog'oziga aylandi. Pandemiya davrida men ham ko'pchilik singari internetni ahamiyatini tushunib yetdim.

Qisqa muddatda yaratilgan bir sahifali saytimni Googleda reklama qildim va mijozlar oqimiga erishdim.

Davron, ZaberiMetall metallom korxonasi asoschisi

Agar savdo hajmi, foyda va daromadni oshirishga tayyor bo‘lsangiz, bizga landing sahifa yaratish uchun buyurtma berishingiz mumkin!

Bizga buyurtma bering

Bizning web-studiyadan buyurtma asosidagi lаnding page ochish!

Landing pagening tarjima qilingan ko‘rinishdagi ma’nosi «qo‘nish sahifasi» bo‘lib, u sizning biznesingiz tashrif qog‘oziga aylanadi. Hech bir narsa mijozlarni professional landing sahifasi kabi o‘ziga jalb qila olmaydi. Internet foydalanuvchilari soni hech narsa bilan cheklanmagan. Shu sababli, to‘g‘ri ishlangan sotuvchi landing sahifasi – ko‘p sonli foydalanuvchilarni sizga qiziqtirish va ularni mijozga aylantirishning ajoyib imkoniyatidir.
Landing pageda istalgan narsani sotish mumkin. Sifatli sahifa – daromad va mijozlar bazasini oshirishning ortiqcha harajat talab qilmaydigan usuli hisoblanadi.

Ammo, landing pageni yaratish bir qarashda ko‘ringanidek oson ish emas. Bu borada ko‘plab o‘ziga xosliklar mavjud, ularni esa faqatgina tajribali mutaxassis hisobga olgan holatda ish ko‘radi. Landing sahifa yaratish vazifasini ushbu sohadagi professionallarga ishonib topshiring.
OQILA web studiyasi – landing sahifasi dizaynini yaratish bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatadi. Biz quyidagilarni taklif etamiz:

  • Har bir mijozga o‘ziga xos tarzda yondoshuv. Ishning natijasi buyurtmachining barcha g‘oyalariga maksimal darajada mos keladi.

  • Faqat sizning biznesingiz uchun ishlab chiqilgan noyob dizayn

  • Individual konversiya strategiyasi

  • Landing pagening mobil qurilmalarga moslangan versiyasi

  • Saytni to‘g‘ri targ‘ib qilish

  • To‘g‘ri moslashuv

  • Professional kopirayterlar jamoasi. Bizning matnlar saytning ko‘zga tashlanish darajasini yaxshilaydi va savdo hajmi oshishiga turtki beradi.

  • Tezkorlik va ma’suliyat. Ishlar o‘z vaqtida bajariladi.

Shuningdek, bizning dizayn, sayt ochish va raqamli marketing bo‘yicha tajribali mutaxassislarimiz o‘z ko‘nikma hamda kuchlarini birlashtirgancha sizning brendingiz uchun o‘ziga jalb qiladigan sahifa yaratib berishadi.

Biz quyidagilarga kafolat beramiz:

  • Foydalanish qulayligini ta’minlash

  • Tekshirilgan natija va ko‘p sonli mamnun mijozlar

  • Yuqori konversiya

  • Landing buyurtma qilingach, daromadning oshishi

  • Maqbul narxlar

  • Landing pagening kafolatlangan sifati

  • Texnik vazifaning to‘g‘ri tayyorlanishi

Biz siz uchun maqsadli auditoriyaga yuzlanib, kutganingizdan ham ko‘proq natija oladigan puxta va noyob landing sahifasini yaratib berishni ta’minlaymiz. OQILA web studiyasiga landing uchun buyurtma berish – sahifaning barcha afzalliklaridan to‘laqonli foyda olish degani.

Raqobatchilaringiz o‘ylash bilan band bo‘lgan bir vaqtda siz bir qadam oldinga chiqing va OQILA web studiyasidan landing page yaratish bo‘yicha eng yaxshi taklifni qabul qilib oling!

Buyurtma berish

Landing sahifasi narxi

Landing pagening narxi bir qator omillarga bog‘liq, jumladan:

Sahifaning web dizayn darajasi

Dizaynning uch turi mavjud:

  • Oddiy dizayn
    Buyurtma asosidagi landing dizayniga oid aniq talablari bo‘lmagan buyurtmachi uchun mukammal variant. Afzalligi – ajoyib va arzon yechim ekanligida.
    Oddiy dizayn logotip va mahsulotlar rangiga ko‘ra ishlab chiqiladi. U zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi va tashrif buyuruvchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

  • Oliy dizayn
    Dizaynning qanday bo‘lishi kerakligi haqida ma’lum tasavvurga ega mizojlar uchun ajoyib variant. Buyurtmachining barcha g‘oyalari batafsil muhokama qilinadi va mutaxassislarimiz tomonidan qayta ishlanadi.

  • Maxsus dizayn
    Oliy dizayn toifasining barcha jihatlarini o‘zida jamlaydi. Shuningdek, dizaynni yaratish jarayonida ilova qilinadigan qo‘shimcha elementlarga ega bo‘ladi. Misol uchun, raqobatchilar yoki rivojlangan mamlakatlar saytlari hisobga olinadi. Oqibatda, faqatgina sizning biznesingiz uchun yaratilgan noyob dizayn paydo bo‘ladi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar va funksional elementlar

Buyurtma asosidagi landing narxi qo‘shimcha omillar soniga ko‘ra oshib boradi.
Misol uchun, landing sahifasida bir yoki bir nechta tillarga tarjima qilish yoki qo‘shimcha funksional elementlar taklif etilishi mumkin.

Bizning landing sahifasi yaratish xizmatining narxi hamyonbop. Shuningdek, veb-dizayn hamda internet-marketing sohasidagi tajribamiz unga afzallik beradi.

Buyurtma bering

OQILAdan landing sahifasining dizayn elementlari

Landing buyurtma qilishning ahamiyati nimada? Buni misol yordamida ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, sizda avtomobillarni ta’mirlash biznesi bor. Maqsadli sahifa bo‘lmagan holatda odamlar reklama e’loningiz ustiga bosganda sizning doimiy sahifangizga kirishadi. Biznesingiz turli xizmatlar va mahsulotlarga bog‘liq bo‘lgani sababli mijoz avtomobillarni ta’mirlashga oid bo‘limni qidirishga majbur bo‘ladi. Aksariyat insonlar uchun bu murakkab ish bo‘lib tuyuladi. Oqibatda ular doimiy sahifangizni shunchaki tark etishadi. Ular qidiruvni davom ettirishadi va landing pagega ega bo‘lgan kompaniya xizmatidan foydalanadilar.

Ustiga ustak, langding pageni yaratish:

  • Xizmat ko‘rsatish sifatining oshishiga ta’sir ko‘rsatadi.

  • Tashrif buyuruvchilarga tartiblangan va qulay ma’lumotlarni olish, misol uchun narxni yoki mahsulot turini darrov bilishga yordam beradi.

Bundan tashqari, landing pageni yaratishda bir qator o‘ziga xos jihatlar bo‘lib, sahifa maksimal natija berishi uchun ularni hisobga olmasa bo‘lmaydi.

Muvaffaqiyatli landing page:

  • Qiziqarli kontentga ega bo‘lishi kerak. Aniq va foydali bo‘lishi zarur. Bular ta’minlanmagan taqdirda saytni qaytadan ishlab chiqish va xatolarni to‘g‘irlash talab etiladi. Bu esa ortiqcha harajat degani.

  • O‘ta aniq tuzilishga ega bo‘lishi lozim.

Misol uchun, afzalliklari haqidagi bo‘lim taklifning o‘zi ko‘rsatilgan bo‘limdan oldinroqda joylashmasligi kerak.
Landing yaratishning bor ahamiyatini hisobga olgan holatda bizning jamoa sizga barcha muhim omillar jamlangan ko‘rinishdagi kerakli sahifani yaratishga yordam beradi. Quyida landing buyurtma qilishdagi asosiy elementlar ko‘rib chiqilgan.

Bitta mahsulot dizayn jamlanmasi

Barcha lengdinglar – muvaffaqiyat degani emas. Landing page – bu faqat bitta sahifa va bitta taklif. Shunga muvofiq, bitta harakat degani. Landing sahifasining samaradorligi uning aniq maqsadli auditoriyaga qanchalik to‘g‘ri yo‘naltirilganiga bog‘liq. Landing sahifasining maqsadi – tashrif buyuruvchilarga ular izlagan narsani taqdim qilish va ularni ushbu mahsulot yoki xizmatni sotib olishga ishontirishdir. Ammo, shu orqali bir nechta mahsulot yoki xizmatni reklama qilsangiz, yaxshi natija ololmaysiz. Misol uchun, siz kompyuterlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyani boshqarasiz. Agar kompyuter izlagan odam bir sahifalik manzilda butunlay boshqa xizmatlar bilan to‘qnash kelsa, bu uni chalg‘itib qo‘yadi. Oqibatda, u lengding sahifasini tark etadi va kutilgan natija ham bo‘lmaydi.

Landing sahifasiga kirgan tashrif buyuruvchi ushbu sahifaning nima haqida ekanligini darhol tushunishi kerak. Shu sababli landing sayt yaratishda tag‘rib qilinadigan bitta maqsadli mahsulot yoki xizmatni tanlab olish lozim bo‘ladi. Buning uchun xizmat yoki mahsulotning turi hamda nomini aniqlashtirish darkor.

Shu tariqa, bitta mahsulot yoki xizmatga diqqatning qaratilishi sizning kontekstli reklama va ijtimoiy tarmoqlardagi reklamangiz uchun yaxshiroq natija beradi.

Dizayn tanlovi

Landing pagening samaradorligi uning dizayniga ham bog‘liq, sababi dizayn:

  • Auditoriyani jalb qiladi

  • Biznesning mohiyatini aks ettiradi, uning yuzi hisoblanadi va brend imiji haqida qayg‘uradi.

  • Landing pagening asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan brend mashhurligiga ta’sir qiladi. Bu potensial mijozlar o‘zlari uchun kerakli mahsulot yoki xizmatni tanlashga tayyor bo‘lganlarida ish beradi. Ular raqobatchilar orasidan eslab qolgan brendlarini tanlaydilar.

Dizaynning barcha afzalliklarini yaxshi bilgan OQILA web studiyasi uni yaratishga ham juda jiddiy yondoshadi. Bizning mutaxassislar siz uchun quyidagilarni taklif etishadi:

  • Maksimal darajadagi noyob, shu bilan birga oddiy va jalb qiluvchi sayt.

  • Biz sizning biznesingizga mos keladigan to‘g‘ri rang va shriftlarni tanlab beramiz, sababi dizaynda uning uslubi va mohiyati aks etishi kerak.

E’tiborni jalb qiluvchi sarlavhalar

Potensial mijozlar reklamaning ustiga bosishlari bilan ular birinchi bo‘lib o‘qiydigan narsa – bu sarlavhadir. Tashrif buyuruvchilarning har biri sahifangizda qolishi uchun sarlavha uning e’tiborini o‘ziga qaratishi va qiziqarli bo‘lishi kerak. Umumlashtirilgan, tafsifsiz sarlavha ham auditoriyani qiziqtirmasligi mumkin.

OQILA web studiyasi mutaxassislari jalb qiluvchi sarlavhalarni qanday yaratishni juda yaxshi bilishadi. Ular auditoriya diqqatini jalb qilishadi va tashrif buyuruvchilarni keyingi qadamni tashlashga – sizning mahsulot yoki xizmatingizni sotib olishga undaydi.

Vizualizatsiya qo‘shish

Vizual effektlar ham landing page ochishdagi muhim rollardan biriga ega. Ular inson e’tiborini sahifaning siz istagan qismiga qarata oladi. Agar landing sahifangiz maksimal darajada samarali bo‘lishini istasangiz, vizual elementlar juda ham muhim. Shu bilan birga, haddan tashqari ko‘p effektlardan foydalanib bo‘lmaydi. Yo‘qsa, sahifangiz tartibsiz holatga keladi. Oqibatda tashrif buyuruvchilar sahifangiz maqsadi va undagi ma’lumotni ko‘rmay qolishadi. Internet do’konlarga nisbatan siz ularni bir, ammo yorqin sahifa bilan ushlab qolishingiz kerak.

Landing sahifasiga vizualizatsiya elementlarini qo‘shish vaqtida sifatli suratlardan foydalanish – sahifa uchun ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi.

  • Agar siz mahsulot sotayotgan bo‘lsangiz, surat u haqida juda ko‘p narsa so‘zlab berishi mumkin. Bu mahsulotni namoyish qilish degani. Chiroyli, sifatli suratlar mijozlarni o‘ziga jalb qiladi. Bundan tashqari, mahsulot suratiga qarab, bu ular izlayotgan narsa ekanligini tushunishlari mumkin bo‘ladi.

  • Agar siz xizmat turini taklif qilayotgan bo‘lsangiz, xodimlaringiz yoki kompaniyangiz libosini kiygan inson suratidan foydalanishingiz mumkin. Rasmdagi odamlar biror usul bilan ma’lumotlarga ishora qilib tursalar ham bo‘ladi. Ana shunda audiyatoriya tabiiy ravishda ushbu yo‘nalish bo‘yicha qaraydi. Bu esa tashrif buyuruvchilar diqqatini muhim ma’lumot atrofida jamlashga yordam beradi.

Landing pagega video qo‘shish ham auditoriyani jalb qilish uchun juda mos keladi. Video yordamida biznesingiz, mahsulotlaringiz yoki xizmatlar haqida ko‘proq ma’lumot berish mumkin.

Ayrim insonlar matn o‘qishni unchalik xush ko‘rishmaydi. Bunday holatda ular shunchaki videoni tomosha qilishadi va biznesingiz haqida ko‘proq bilib oladilar. Shu tariqa siz ularga brendingiz haqida bilishlari kerak bo‘lgan muhim ma’lumotni yetkazib berasiz.

Harakatga undovchi belgilar

Harakat qilishga undash landing sahifasini yaratishdagi eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi.
Keyingi qadamga harakat qilish undovi sizning auditoriyangiz tomon yo‘naltiriladi. Shu sababli mazkur chaqiriq odatiy tashrif buyuruvchilarni mijozga aylantirishdagi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Sahifaga kirgan tashrif buyuruvchilar yoki navbatdagi qadamni amalga oshirishadi, yoki chiqib ketgancha o‘z qidiruvlarini davom ettiradilar. Mijozlarning javobi ko‘proq bo‘lishi uchun esa harakatga undov jarayoni imkon qadar samara berishi lozim.

Bunday holatda undov shunchaki oddiy bo‘lmasligi kerak. Tashrif buyuruvchi agar u harakatga undovchi tugmani bossa nimalar bo‘lishini bilishi lozim. Bu esa landing pageda «Hoziroq yuklab olish» yoki «Mana bu yerni bosish» kabi umumiy undovlarga o‘rin yo‘qligini anglatadi. Buning o‘rniga esa «Qanday tejash kerakligini bugun bilib oling!» yoki «Bepul maslahat oling» kabi undovlar mos keladi. Shunga o‘xshash undovlar yordamida audiyatoriya tugmani bossa, nimalar bo‘lishini aniq biladi.

Misol uchun, ular bepul konsultatsiya olishadi yoki pulni tejashadi. Agar ularni nima kutayotganini aniq bilsalar, harakat qilishlari ehtimoli oshadi.
Oqibatda, harakatga samarali usulda undash biznesingiz uchun mijozlar bazasini oshirishga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Dizaynning mobil versiyasi

Ayni vaqtda aksariyat insonlar mobil qurilmalardan foydalanishadi. Ular kundan kunga mashhurroq va ommabop bo‘lib bormoqda. Bugungi kunda telefoni bo‘lmagan odamning o‘zi topilmaydi. Internetdan nimanidir izlash uchun insonlar har doim ham kompyuterdan foydalanishmaydi. Shu sababdan maqsadli sahifaning mobil qurilmaga moslashuvi zarurat hisoblanadi.

Buni amalga oshirishning eng yaxshi usullaridan biri moslashuvchi dizayn yaratishdir. Moslashuvchi dizayn – landing sahifangiz istalgan foydalanuvchining har qanday qurilmasida ko‘rish uchun qulay bo‘lishini kafolatlaydi. Bu esa tashrif buyuruvchilarga saytingizdan maksimal darajada samarali foydalanishga imkon beradi.

Sahifangiz movlashuvchi dizaynga ega bo‘lsa, mobil foydalanuvchilar ishi yaxshilanadi. Bu esa foydalanuvchining landing sahifangizda uzoqroq qolishiga olib keladi. Oqibatda, ularning xarid qilish ehtimoli ham oshadi.

Ishonch belgilari

Landing page – sizning mahsulotingiz va xizmatingiz eng yaxshisi ekanligini namoyish qilishning ajoyib usulidir. Bu borada sahifangizga kiritilgan ishonch signallari yordam beradi. Ular sizning foydangizga tanlov qilish – eng yaxshi variant ekanligiga ishonchni oshiradi. Ishonch signallari auditoriyaga biznesingizning ishonchli ekanligini isbot etadi.

Landing pageda qanday ishonch signallari jamlanishi kerak?

Eng avvalo – bu:

  • Mukofotlar
    Agar kompaniyangiz qandaydir mukofot yoki yutuqlarga ega bo‘lsa, ular landing sahifa yaratishda albatta, ko‘rsatilishi kerak. Bu eng yaxshi tanlov – aynan sizning biznesingiz ekanligining ajoyib isbotidir.

  • Fikrlar, maqtovlar
    Fikrlarni odatda, sizning mahsulotingizni sotib olish yoki xizmatingizdan foydalanishga qiziqqan tashrif buyuruvchilar ko‘rib chiqishadi. Ular potensial mijozning sizning biznesingiz foydasiga qaror qabul qilishidagi asosiy omillardan biridir. Shunday ekan, ular landing yaratish jarayonida ko‘rsatib o‘tilishi zarur. Shu sababli, xizmatingizdan foydalangan yoki sizning mahsulotni xarid qilgan mijozlar fikrini bilish kerak. Bu boshqalar sizning mahsulot yoki xizmatdan foydalanganlarida ijobiy natija bo‘lganini tasdiqlashga yordam beradi.

Landing page kompaniyangizni yangi bosqichga olib chiqadi. OQILA web studiyasi siz uchun landing sahifa yaratishda eng kerakli elementlar jamlangan mukammal va maqsadli sahifani taqdim qiladi. Bizning bilim, ko‘nikma va tajribaga ishonishingiz hamda o‘z biznesingizda yanada kattaroq muvaffaqiyatlarga erishishingiz mumkin.

OQILA web studiyasi biznesingizni yangi cho‘qqilarga olib chiqishga ko‘mak beradi!

Buyurtma berish