KPI nima? | KPI tizimi haqida to’liq qo’llanma [2023]


KPI nima va u nima uchun muhim?

Raqobat kuchayib borayotgan zamonaviy bozor iqtisodiyotida inson resurslaridan samarali foydalanishning ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda. Shu munosabat bilan tashkilot (muassasa, korxona)lar va xodimlar faoliyati samaradorligini baholashga alohida e’tibor qaratish lozim. Xalqaro tajribada eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichi “KPI” Key Performance Indicator orqali baholana boshlandi. Bundan kelib chiqmoqdaki, samaradorlik tashkilot tomonidan ma’lum bir vaqt ichida maqsadlarga erishish evaziga erishilgan natijalarga bog’liq.

Asosiy tushunchalar
“Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari” (KPI) kompaniya samaradorlik darajasini kompaniya qo`ygan maqsadlar bilan ” – nisbatni o`lchab beradi

KPI turli ko`rinishlari mavjud, masalan moliyaviy bo’lishi mumkin, shu jumladan sof daromad, ma’lum xarajatlarni hisobga olmaganda daromad yoki joriy nisbatda bo`ladi.

KPI odatda mijozlarga yo`nalatirilgan bo`ladi, ya’ni mijozlarning ehtiyojini qondirish va mijozlarni ushlab turishga qaratilgan.

Umuman olganda, korxonalar KPI ni biznes dasturiy ta’minoti va hisobot berish vositalari bilan o’lchaydilar va kuzatib boradilar.

KPI tizimining avzalliklari.

KPI ya’ni “Key Performance Indicator” o`zbek tiliga tarjimasi “Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari”. ya`ni qo`yilgan maqsadga belgillangan vaqt ichida qanday darajada erishganlikni ko`rsatib beruvchi tizim hisoblanadi. KPI tizimini turli joylarda uchratishingiz mumkin, lekin insonlar har doim ham undan to`g`ri foydalana olmaydi. Inson resurslaridan qay darajada to`g`ri foydalana olishiga qarab samaradorlik darajasi oshadi. Bunda xar bir to`gri taqsimlay olinga ish, xodim kompaniya uchun foyda olib keladi. KPI ning muhim tarafi shundaki, bu tizim sizga shu kungacha ish faoliyatingizning muvoffaqiyatlarini ko`rsatib beradi va sizga kelajakda qanday maqsadlarni qo`yishni ko`rsatib beradi.

Eslatma !
Agarda siz bu tizimni to`g`ri taqsimlay olsangiz va qo`yilgan maqsadlarga erisha olsangiz bu tizim sizga rivojlanishga yordam beradi.

KPIlarni qanday o’lchaysiz?
Bu o’lchanayotgan haqiqiy KPIga bog’liq. Umuman olganda, korxonalar biznes-tahlil dasturlari va hisobot berish vositalari orqali KPI ni o’lchaydilar va kuzatib boradilar. Bu ishonchli manbalar orqali ma’lumotlarni to’plash, ma’lumotlarni xavfsiz saqlash, tahlil qilish uchun formatni standartlashtirish uchun ma’lumotlarni tozalash va haqiqiy sonlarni o’z ichiga oladi. KPI ko’pincha vizualizatsiya yoki hisobot dasturlari yordamida xabar qilinadi.

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!