Saytingiz ishlamayaptimi? Shu 5 holatni tekshiring


Barcha web-sayt egalari, web-saytining asosiy sahifasi o’rniga xato xabari kelgan kundan qo’rqishadi. Hatto eng kichik uzilish ham mijozlaringiz sizdan ketib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Twitter, Google va Amazonlar hamma o’z vaqtida ancha uzulishlarga uchragan. Web-saytni kuzatish xizmati web-saytingiz ishlamay qolgani haqida sizni ogohlantiradi, ammo muammo sababi odatda chunarsiz. Bu maqolada biz web-sayt nima uchun ishlamayotganinig eng keng tarqalgan 5 ta sababini ro’yxatini tuzdik:

Ishonchsiz web xosting

Ko’p web-xostinglar 99% ishlashini reklama qilishadi. Qolgan 1% xosting mumkin bo’lgan uzilishlar uchun asrab qo’yadi. Kichik web-xostlar va boshqa xostinga aloqador xizmatlar 30% gacha uzilishlar bilan mijozlarini xafa qilishlari bilan mashhur. Barcha veb-sayt egalari o’zlarining veb-xostlari nomlarini yaxshi bilishlari va favqulodda mijozlar bilan aloqani ushlab qolishlari kerak.

CMS da qiyinchiliklar

Har qanday kontentni boshqarish tizimi (CMS) o’ziga xos hiqichoq bilan birga keladi. Web-sayt yopiq plagin, noto’g’ri kod yoki tizim ma’lumotlar bazasida muammo tufayli ishlamay qolishi mumkin. Agar siz tez-tez kontentni WordPress yoki boshqa CMS orqali yuklasangiz, web-sahifalarni ishga tushirishdan oldin har qanday xatolikdan ehtiyot shart web-saytni tekshirib ko’ring.

DNS ulanishi

Serverdan DNSga sekin ulanish web-saytning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Saytning domen registridagi noto’g’ri yozilgan server nomi ham bunga sabab bo’lishi mumkin. Egasi sifatida web-saytingiz to’g’ri IP-manzil bilan ro’yxatdan o’tganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

DoS hujumi

DoS xujumlari serverni haddan tashqari yuklab yuboradi, bu esa uni qotib qolishiga yoki javob bermasligiga olib keladi. Agar web-saytingiz hujumga uchragan server bilan bog’langan bo’lsa, u «kemaga tushganni joni bir»deb qulaydi.

Sodda kod yozilishi

Minglab qator koddan xatolar topish uchun o’rgatilgan ko’z kerak. Xatolar bolmasidan iloji yo’q albatta. Biroq, yomon yozilgan kod parchasi bitta sahifani buzishi yoki butun boshli web-saytni o’chirib tashlashi mumkin. Dasturchilar o’zlarining ishlarida xatoliklarni ikki marta tekshirish uchun yana bir odamni jalb qilishni odatlanishlari kerak.

Web-saytni ishlamay qolishdan himoya qilishning eng yaxshi usuli – bu uchinchi tomon web-saytlarini monitoring qilish xizmatiga mablag ajratish. Muammoni iloji boricha tezroq hal qilish uchun web-saytingiz ishlamay qolganda sifatli monitoring xizmati sizni ogohlantiradi.

OQILA uzilishlar haqida xabar berishda aniqlik bilan 24/7 ishlaydigan web-sayt yaratishni taklif qiladi. Yuqori darajali web-saytlarni kuzatish xizmati bilan web-saytingizning ish faoliyatini kuzatib boring.

Web sayt yaratish

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!