Neyming nima?
Neyming (brend, firma yoki mahsulotga nom berish) – brending jarayonining asosi hisoblanadi. Savdo markasini nomlash vazifasi bilan har bir tadbirkor to‘qnash kelishi aniq. To‘g‘ri tanlangan nom brendni yanada mashhur qiladi, savdo markasini mijozlarning e’tiboriga tushiradi, ularning yodida qolishi uchun yordam beradi. Shuningdek, savdo xajmini sezilarli darajada oshiradi.
Brend yoki firma nomi uning kelgusidagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Brendingiz uchun nom yaratish vazifasini OQILA veb-studiyasiga qo‘yib bering. Bizning ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar bu ishni mukammal darajada bajarishadi!
Biz bilan bog’laning
Firma uchun chiroyli nomlar tanlashning brendingdagi ahamiyati
Brend mashhurligini oshirish jarayoni katta e’tiborni talab qiladi. Shu sababli uni nomlashga jiddiy yondoshish kerak.
Brend yoki firma nomi:
-
Uning faoliyati haqida qisqacha ma’lumot bera olishi;
-
Mijozlarni o‘ziga jalb qilishi;
-
Mijozda brendga bo‘lgan ishonch hissini paydo etishi;
-
Tushunarli, talaffuz qilish uchun oson bo‘lishi;
-
Lotin hamda kirill alifbosida birday osonlik bilan yozilishi;
-
Original obraz yaratishi;
-
Mahsulotni noqonuniy foydalanishning barcha turlaridan himoya qilishi zarur.
Neyming qanday turlarga bo‘linadi?
Yashirin ma’noli
Bunda kompaniya yoki firma nomi uning faoliyati, ishlab chiqaruvchi mahsulotlari yoki taklif etadigan xizmat turlariga ishora qildi.
Alliteratsiya
Tovushlarning takrorlanishiga asoslangan, ma’lum bir ritm yoki qofiyaga tushirilgan, mijozning yodida oson saqlanib qoladigan nom.
Allyuziya
Bunda kompaniya yoki firma nomi mashhur insonlar yoki hodisalarni yodga soladi. U siyosiy, ijtimoiy, tarixiy hodisalar, barchaga ma’lum faktlarga ishora qilishi mumkin.
Ism
Kompaniya yoki brendga uning asosichi ismi bilan nom bersa ham bo‘ladi.
Qisqartma
Bunda brend nomi ma’lum so‘zlarning bosh harflaridan tashkil topadi.
Birikmalar
Ikki yoki undan ortiq so‘zlarning ma’lum bir qismlarini o‘zaro birlashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Shuni unutmangki, mijozlar mahsulot sotib olish yoki xizmat turiga buyurtma berish vaqtida brend nomiga beihtiyor e’tibor qaratishadi. Agar nom ularda kerakli taassurotni uyg‘ota olmasa, mijoz kompaniya mahsuloti yoki xizmatidan voz kechadi. Shuning uchun ham firma nomlari ro’yxati tuzib, sizga ko’rsatamiz va faqat siz ulardan qaysi biri sizning brendingiz yuzi bo’lishini tanlaysiz
Brendingiz uchun nom tanlashdek muhim va ma’suliyatli vazifani professionallarga topshirganingiz ma’qul. OQILA veb-studiyasi ko’p yillik tajriba asosida brend uchun nom topish xizmatini taklif qiladi!
Biz bilan bog’laning
OQILA bilan hamkorlikda yangi marralarni zabt eting!
-
O‘zbekistonda bu kabi nomga ega boshqa kompaniya yoki firma bor-yo‘qligi tekshiriladi.
-
Shu nomdagi UZ domenining bo‘shligi aniqlanadi.
-
Raqobatchi kompaniyalar va maqsadli auditoriya tahlil qilinadi.
-
Nomning ijtimoiy tarmoqlarda bo‘shligi ko‘rib chiqiladi.
-
Jarayonga kreativ guruh jalb etiladi.
-
Vazifa qisqa muddatda yakunlab beriladi.
-
Studiya ko‘p yillardan buyon mazkur sohada katta tajriba to‘plagan. U mijozlarga nima kerakligini yaxshi biladi.
-
Sizning g‘oyalaringizga quloq tutadi, sizga ma’qul bo‘lgan variantlarni taqdim qiladi.
-
Har bir mijozga individual tarzda yondoshadi.
-
Hamyonbop narxlardan mamnun bo‘lasiz.
-
Tajribali mutaxassislar jarayonning har bir bosqichi ustida astoydil ishlashadi. Oqibatda neyming biznesingizni yangi bosqichga chiqarib beradi.
-
Kompaniya tomonidan brendni nomlash uchun 20 ta variant taklif etiladi. Keraklisi va ma’qul bo‘lganini o‘zingiz tanlaysiz.