Google reklamadan foyda olishni xohlaysizmi? Professionallarga buyurtma bering
Daromadingizni oshirish va veb-sayt yaratishga ketgan xarajatlarini oqlash uchun siz Internetdan to’g’ri foydalanishni bilishingiz kerak. Google reklama narxi bunga erkin erishishingizga imkon beradi. Kontekst reklama uchun OQILA dan qulay sharoitda buyurtma berishingiz mumkin.
Bizning mutaxassislarimiz Google Adwords da internet reklamangizni muvaffaqiyatga olib chiqish uchun bor kuchlarini ishga solishadi. Qaysi sohada bo’lishingizdan qat’iy nazar, biz sizga har jarayonda yordam beramiz.
Biz bilan bog’laning
Google Ads sheriklik web saytlari bilan internet marketing strategiyasi
Shuningdek, sizning reklamalaringizni, xususan banner ko’rinishida Google Ads sheriklik saytlari sahifalarida joylashtirish mumkin. Ushbu turdagi kontekst reklama sizning mavzuingizga o’xshash saytlarda joylashtiriladi, bu sizning xizmatingizga haqiqatdan qiziqqan foydalanuvchilarga olib keladi. Masalan, siz turistik firma egasisiz, shunda sizning internetdagi banner reklamangiz turistik firmalar veb saytida joylashtiriladi. Bundan tashqari, bu usuldagi Google reklama “remarketing” degan funksiyaga ega. Boshqacha qilib aytganda, sizning reklamalaringiz Google sizning saytingizga tashrif buyurgan, ammo mahsulotingizni sotib olishga jur’at etmagan mijozlarga boshqa manbalarda yana bir necha bor ko’rsatadi.
Misol tariqasida, siz ayollar kiyimlarini ishlab chiqarasiz va unga web sayt ochish bilan xaridorlarni jalb qildingiz. Biroq hamma tashrif buyuruvchilar ham mahsulotingizni sotib olmayapti, yoki ular boshqa narsalarga chalg’ib saytingizdan chiqib ketishdi. Shunda Google reklama bilan boshqa haridorlaringiz tashrif buyuradigan, masalan o’quv markazlari veb saytlarida sizning reklamangiz ko’rinadi. Ular siz haqingizda eslab yana sizga qaytishadi. Ushbu imkoniyat juda foydali, chunki siz mahsulotingizga qiziqish bildirgan mijozlarni ushlab qolasiz, balki ular xato tufayli manbangizni yo’qotib qo’ygan bo’lishlari ham mumkin.
O’zbekistonda kontekst reklama qilish kundan kunga ommalashyapti.
Googleda reklama qilish odamlar orasida katta qiziqish uyg’otyapti. Yo’llardagi ulkan bannerlar, ko’chaga osilgan e’lonlar, flayerlar allaqachon o’z ahamiyatini yo’qotyapti. Har ikkinchi odam muntazam ravishda Internetdan o’z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Shuning uchun zamonaviy jamiyatda Internetdagi reklama samaradorligi aniq shaklga ega bo’ldi. O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishi bilan mahsulot va xizmatlar kontekst reklamaga ehtiyoj sezilmoqda. Odamlar o’zlarining so’rovlari uchun qidiruv tizimlaridan ko’proq foydalana boshladilar va vaqtlarini tejash uchun Google natijasining birinchisiga bosishdi. Va shunda kontekstli reklama o’z ishini boshlaydi. Sodda qilib aytganda, Google reklama ularning e’tiboriga tushadi va saytingizni tanlashiga majbur qiladi.
To’g’ri, SEO nima ekanligini bilganlar Google reklama SEO rivojlantirishdan qimmatroq deb hisoblashlari mumkin. Lekin siz kutishni istamaydigan bo’lsangiz, internet marketingning eng afzal turi siz uchun bu kontekst reklama. SEO bilan Google reklama juda o’xshash ko’rinadi, ishlash jarayoni ham bir xir, ammo ularga olib keladigan yo’l umuman boshqacha.
Google kontekst reklama. Narxi qancha ekanligi odam ko’rgani bilan hisoblanmaydi
Endi sizdan reklama xizmatlari uchun ko’rganlar soni yoki namoyish etilgan vaqti bilan hisoblanmaydi. Google Ads da kontekst reklama sizga real foydalanuvchilarni sizning internet manbaingizga to’liq o’tgani uchun to’lashga imkon beradi. Foydalanuvchi o’tishning o’zi ham uning so’rovlaridagi kalit so’zlarga asoslanadi va bu so’zlar sizning Google-dagi mavzusingizga mos keladi. Google reklama potentsial mijozlarni saytingizga jalb qilish uchun faqat matnni ko’rsatadi. Ushbu vazifani OQILA internet reklama agentligiga topshiring, shunda u siz tasavvuringizga sig’dirolmagan daromadni olib keladi.
OQILA internet reklama agentligi sizning brendingiz tanitish, ko’proq mahsulot sotish va kelgusi yillar davomida sizning biznesingiz internet tarmog’ida o’z o’rni bo’lishi uchun sinalgan reklama vositalarini taklif etamiz.
Biz bilan bog’laning