Telegram reklama afzalliklari
Telegram — O‘zbekistonda eng ommabop va eng faol platformalardan biri. Shu sababli, bizneslar uchun telegramda reklama joylash eng samarali va arzon usullardan biri hisoblanadi. Telegram Ads yordamida biznes egalariga mijozlar oqimi tez, aniq va byudjetni tejagan holda yetkaziladi. Kanallarda joylashtirilgan reklama foydalanuvchilar tomonidan ishonchli va tabiiy qabul qilinadi, chunki ular o‘zlari obuna bo‘lgan kontent ichida chiqadi.
OQILA jamoasi 2016 yildan beri digital marketing bilan shug‘ullanib, minglab kampaniyalarni sinovdan o‘tkazgan. Biz Telegram Ads va TG kanallarida reklama joylashni mukammal bilamiz. Har bir loyiha uchun kanallarni chuqur tahlil qilamiz: auditoriya faolligi, ER ko‘rsatkichi, o‘sish dinamikasi va soha mosligini tekshiramiz. Biz faqat real auditoriyaga ega bo‘lgan kanallarni tavsiya qilamiz, chunki botlar va soxta obunachilar sizning byudjetingizni behuda sarflaydi.
Telegram Ads tizimi orqali esa rasmiy reklama berish, target qilish va konversiyalarni oshirish mumkin. Biz kampaniyalarni bosqichma-bosqich yuritamiz: strategiya, texnik sozlash, kreativlar, joylash, nazorat, optimallashtirish va yakuniy hisobot. Har bir qadamda bizning maqsad — sizning biznesingiz uchun real mijozlar va savdo o‘sishini ta’minlash.
Ko‘plab mijozlarimiz reklama ishga tushirilganidan keyin 24–48 soat ichida dastlabki natijalarga erishgan. Bizning yondashuv — aniqlik, shaffoflik va maksimal samaradorlik. Agar siz tabelka, xizmatlar, mahsulotlar, kurslar yoki boshqa turdagi biznes bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz, Telegram reklama siz uchun ideal yechimdir.
OQILA bilan birga siz reklama emas, balki natija olasiz.