Kichik biznes

4,500,000
so'mdan / oyiga
6 oy mehnat qilinadi

  • 40 ta kalit ibora

  • Googleda saytni birinchi 10talikka chiqishiga kafolat beramiz yoki pulni qaytarib beramiz

  • Cluster 2.0TM
  • Faqat daromad keltiradigan iboralarni topish usuli

O’rta biznes

6,000,000
so'mdan / oyiga
6 oy mehnat qilinadi

  • 80 ta kalit ibora

  • Googleda saytni birinchi 10 talikka chiqishiga kafolat beramiz yoki pulni qaytarib beramiz

  • Cluster 2.0TM
  • Faqat daromad keltiradigan iboralarni topish usuli

Katta biznes

10,000,000
so'mdan / oyiga
6 oy mehnat qilinadi

  • 160 ta kalit ibora

  • Googleda saytni birinchi 10 talikka chiqishiga kafolat beramiz yoki pulni qaytarib beramiz

  • Cluster 2.0TM
  • Faqat daromad keltiradigan iboralarni topish usuli

Mijoz jalb qilishda yordam beramiz!

Biznesingiz qachon rivojlanadi? Qachonki daromadingiz va yangi mijozlaringiz soni kun sayin ortib borsa. Siz ushbu cho’qqiga OQILA internet reklama agentligi yordamida ko’tarilishingiz mumkin. Mutaxassislarimiz SEO xizmati orqali internet-do’koningizni qidiruv tizimining yuqori o’rinlariga olib chiqadilar.

O’rganishlarimiz asosida shunga amin bo’ldikki, web-saytlarimizga tashrif buyuruvchilarning o’rtacha 17 %i mahsulot yoki xizmatga buyurtma beradi. Qolaversa, biz allaqachon mamlakatimizdagi ko’plab tashkilotlarning ishonchini qozogan SEO agentligiga aylanganmiz.

+1886

Mamnun Mijozlar

3 yillik

Davomiy SEO Natija

73.3%

Buyurtmalar Google Orqali

2016

Yildan Buyon Barqaror Xizmat Ko'rsatamiz
Bekorga vaqtni o'tkazmang!

Aynan sizning internet-do’koningiz uchun yaratilgan SEO xizmati!

Raqobatchilaringiz qulay vaqtni kutayotganda, siz bugunoq SEO xizmatiga buyurtma berib, ularni ortda qoldiring!

Buyurtmani muhokama qilish

Agentligimiz portfoliosi

OQILA SEO xizmati narxlari

Biz uchun ochiq-oydinlik juda muhim. Siz nima uchun pul to’layotganingizni va biz nimalar qilishimizni aniq bilishingiz kerak.

Kichik biznes O’rta biznes Katta biznes

Googlega moslanadigan jami kalit iboralar soni

40 80 160

Biznesingizni tahlil qilish

Sayt texnik tahlili va uning natijasi asosida tuzatishlar

Daromad olib keladigan kalit iboralar

Mahsulot yoki xizmatingizni odamlar qaysi so’zlar bilan qidirayotganini aniq statistika orqali tahlil qilamiz va siz uchun foydali bo’lganlarini tanlaymiz.

Cluster 2.0TM Cluster 2.0TM Cluster 2.0TM

Mijozni jalb qiladigan matn yozish

Copywriting

10 sahifa 16 sahifa 20 sahifa

Saytni boshqa axborot vositalarida targ’ib qilish

3 ta / har chorakda 6 ta / har chorakda 12 ta / har chorakda

Saytga tashriflarni, qo’ng’iroqlarni, buyurtmalarni kuzatib borish va hisobot taqdim etish

Oylik sarmoya narxi

6 oy mehnat qilinadi

4,500,000 6,000,000 10,000,000

Savollar bormi? Qo'ng'iroq qiling!


(90) 903-60-03
Ishni boshlash Ishni boshlash Ishni boshlash
Googlega moslanadigan jami kalit iboralar soni 40
Biznesingizni tahlil qilish
Sayt texnik tahlili va uning natijasi asosida tuzatishlar
Daromad olib keladigan kalit iboralar
Mahsulot yoki xizmatingizni odamlar qaysi so’zlar bilan qidirayotganini aniq statistika orqali tahlil qilamiz va siz uchun foydali bo’lganlarini tanlaymiz.
Cluster 2.0TM
Mijozni jalb qiladigan matn yozish
Copywriting
10 sahifa
Saytni boshqa axborot vositalarida targ’ib qilish 3 ta / har chorakda
Saytga tashriflarni, qo’ng’iroqlarni, buyurtmalarni kuzatib borish va hisobot taqdim etish
Oylik sarmoya narxi
6 oy mehnat qilinadi
4,500,000
Googlega moslanadigan jami kalit iboralar soni 80
Biznesingizni tahlil qilish
Sayt texnik tahlili va uning natijasi asosida tuzatishlar
Daromad olib keladigan kalit iboralar
Mahsulot yoki xizmatingizni odamlar qaysi so’zlar bilan qidirayotganini aniq statistika orqali tahlil qilamiz va siz uchun foydali bo’lganlarini tanlaymiz.
Cluster 2.0TM
Mijozni jalb qiladigan matn yozish
Copywriting
16 sahifa
Saytni boshqa axborot vositalarida targ’ib qilish 6 ta / har chorakda
Saytga tashriflarni, qo’ng’iroqlarni, buyurtmalarni kuzatib borish va hisobot taqdim etish
Oylik sarmoya narxi
6 oy mehnat qilinadi
6,000,000
Googlega moslanadigan jami kalit iboralar soni 160
Biznesingizni tahlil qilish
Sayt texnik tahlili va uning natijasi asosida tuzatishlar
Daromad olib keladigan kalit iboralar
Mahsulot yoki xizmatingizni odamlar qaysi so’zlar bilan qidirayotganini aniq statistika orqali tahlil qilamiz va siz uchun foydali bo’lganlarini tanlaymiz.
Cluster 2.0TM
Mijozni jalb qiladigan matn yozish
Copywriting
20 sahifa
Saytni boshqa axborot vositalarida targ’ib qilish 12 ta / har chorakda
Saytga tashriflarni, qo’ng’iroqlarni, buyurtmalarni kuzatib borish va hisobot taqdim etish
Oylik sarmoya narxi
6 oy mehnat qilinadi
10,000,000

Savollar bormi? Qo'ng'iroq qiling!


(90) 903-60-03

Qolganini mijozlarimizdan eshitsak...

Ishlab chiqarish hajmining ortib borishi bilan zavodimiz uchun munosib veb-sayt yaratish zarurati paydo bo’ldi.

Faqat internet-do’kon ochishning o’zi samarasiz ekanligini yaxshi tushungan holda OQILA agentligidan do’konimizning SEO-targ’ibotini ham amalga oshirishni so’radik.

Web-studiya huddi biz xohlagan internet-do’kon saytini yaratib uning SEO xizmatini ham amalga oshirdi. Bundan juda mamnunmiz

Muxriddin, zavodning marketing bo'yicha bosh mutaxassisi - Turon Eco

Saytga tashrif buyuruvchilar soni ko’payib, saytimning taniqliligi oshganidan so’ng, OQILA veb studiyasiga bekorga sarmoya kiritmagan ekanman degan fikrga keldim.

Muzaffar, kompaniya boshqaruvchisi

Xaridlarga kuchli start berishga tayyormisiz?

Yetakchi web-studiyalardan biri bo’lgan – OQILA yordamida muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin. SEO xizmati barcha rejalaringizni ro’yobga chiqaradi.

O’z maqsadingiz sari OQILA web-studiyasi bilan birga qadam tashlang va orzularingizga erishing!

Saytni ishga tushirish

Raqobatchilaringiz ertaga bundan xabar topmasdan, Siz shuni bugun boshlang. Natijasiga mana biz turibmiz.

Seo optimizatsiyani boshlaymiz

Internet-do’konining SEO xizmati nimalardan iborat?

Odatiy veb saytlar SEO xizmati bilan internet-do’konlar SEO xizmati yo’nalish va texnik talablarga ko’ra farq qiladi. Internet-do’konlar uchun SEO xizmatini amalga oshirishda OQILA reklama agentligi qidiruv tizimlarida yuqori o’rinlarni egallashga qaratilgan professional SEO-targ’ibotini amalga oshiradi. Bunda biz mahsulotlarni ularga talab yuqori bo’lgan joylarda taklif qilishga e’tibor qaratamiz.

Moslashtirilgan SEO xizmati

SEO-targ’ibotining ba’zi strategiyalari aniq shablonlar asosida ishlashiga qaramay, u alohida yondashuv talab qiladi. Har bir buyurtmachi uchun moslashtirilgan strategiya va texnik vazifalar ishlab chiqiladi. Aks holda internet magazin ochish bilan yaxshi SEO targ’ibotisiz kutilgan natijani ololmaysiz.

Har bir sahifani optimallashtirish

Saytning har bir veb sahifasini qidiruv tizimi uchun optimallashtirish zarur. Siz internet-do’kon yaratish jarayonida har bir mahsulot yoki xizmat turi uchun alohida veb sahifa borligi bilan ajralib turadi. Bu mijozlar saytdagi “takliflar dengizi”da “cho’kib” ketmasliklari uchun amalga oshiriladi.

Optimallashtirishda har bir mahsulot haqida ma’lumot berishda muhim kalit iboralardan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Aynan kalit iboralar sizning internet-do’koningizni targ’ib qilishda muhim omil bo’lishi mumkin.

Sayt navigatsiyasini optimallashtirish

Qidiruv tizimni optimallashtirishdan maqsad – xaridorlarni saytda imkon boricha uzoqroq ushlab turishdir. Shundagina ularning xarid qilish ehtimoli ortadi. Agar saytda xaridorlar uchun kerakli mahsulotlarni topish qiyin bo’lsa, unda bunday onlayn-do’konda vaqt o’tkazish mantiqsizga aylanadi.

Internet-do’konning SEO targ’iboti saytdan foydalanishni osonlashtiradi. Ma’lumotlar bazasida juda ko’p mahsulot mavjud bo’lsa ham, saytni boshqarish murakkab bo’lmasligi kerak. Biz onlayn-do’konni bir necha toifalarga ajratamiz va turli xil menyularni yaratamiz. Natijada, tashrif buyuruvchilarning saytda o’tkazadigan o’rtacha vaqti ortadi.

Google ushbu omilni hisobga oladi va sizning sahifangizni qidiruvga mos deb topadi. Shunga ko’ra, keyingi safar qidiruv tizimi sizning onlayn-do’koningizni boshqalardan ustunroq deb hisoblaydi. Bunday SEO targ’ibot natijasida sizning saytingiz qidiruv tizimining yuqori o’rinlariga ko’tariladi hamda mijozlaringiz soni ortib, daromadingiz o’sishini ta’minlaydi.

Mahalliy SEO

Ba’zi biznes loyihalar butun dunyoni zabt etishga qaratilmaydi, aksincha o’z mamlakatida muvaffaqiyatli ish olib borishga mo’ljallanadi. Tadqiqotlarga ko’ra, Google qidiruv natijalarining taxminan 30%i mahalliy serverlardan olingan. Mahalliy SEO targ’ibotini o’rnatish faqat mahalliy trafikka ta’sir ko’rsatadi.

Uning qanday ishlashi esa qator omillarga bog’liq:

  • Foydalanuvchi qidiruvlarni amalga oshiradigan lokatsiyalar;

  • Kalit iboralar bilan ishlashda shahar nomini kiritish («Toshkentda», «Farg’onada» kabi);

  • Geoma’lumotlar.

Geoma’lumotlarda mijozlar sizni topishlari oson bo’lishi uchun ofisingiz lokatsiyasi (manzili) veb-saytingizga xarita ko’rinishida biriktiriladi.

Xosting

Veb-sayt, boshqa elektron formatdagi fayllar singari, o’z ma’lumotlarini saqlash uchun bo’sh joyga muhtoj. Xosting – esa sizning onlayn-do’koningiz «joylashishi» uchun serverlarda bo’sh joyni taqdim etish xizmatidir.

Internet-do’kon uchun xosting xizmatini to’g’ri tanlash ham muhim hisoblanadi. Chunki ba’zan arzon provayderlar kompaniya uchun halokatli oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin. Ayni paytda sizning hamyoningiz uchun arzon xosting afzal variant bo’lishi mumkin, ammo bu saytingizni sekin ishlashiga ham sabab bo’ladi. Bu jihatlarga ahamiyat bermagan kompaniyalar yetakchilikka erishishlari qiyin.

Bundan tashqari, OQILA SEO kompaniyasining xosting xizmati web saytning ishlashiga ta’sir ko’rsatmagan holda aynan sizning saytingizga moslasha oladi. Noma’lum hodisalar yuz berganda, turli xatarlarning oldini olish uchun zahira nusxalarini yaratadi. Bu esa fayllarni qayta tiklash imkonini beradi.

Sayt boshqaruv markazi (CMS)

Boshqaruv markazi – sayt tarkibiga o’zingiz o’zgartirish kiritishingiz imkonini beradi. Internet-do’konining SEO qidiruv tizimidagi reklama ishlari bo’yicha ishlar yakunlangach, sizga bizning ishonchli dasturiy ta’minotimiz bo’lgan – OQILA CMSga kirish huquqi beriladi. Boshqarish oson bo’lganligi sababli, siz saytning boshqaruv ko’nikmalarini tez va osonlik bilan o’zlashtira olasiz.

Agar boshqa veb-saytlarni boshqarish tizimlari bilan ham qiziqsangiz, u holda OQILA CMS-ni sizning talablaringiz va buyurtmangizga moslashtirib beramiz. Quyida CMS ning qo’shimcha toifalarini taqdim etilgan:

– Standart – saytni odatdagi funksionallik yordamida boshqarish;

– Kengaytirilgan/takomillashtirilgan imkoniyatlar – standart funksiyalar to’plamidan tashqari, sayt alohida tizimlarga ulanishni talab qiladi va hk.

Ish jarayoni

Mijozlarimizning internet-do’konlarining SEO xizmati jarayonlari bilan tanishib chiqing.

Tahlil va prognozlar

Internet-do’kon yaratish ishlarini boshlashdan oldin, bozor to’liq tahlil qilinadi. Bu barcha xatarlarni oldindan bilish, aniq prognozlar berish va kompaniyaning imkoniyatlarini baholash maqsadida amalga oshiriladi. Biz biznes takliflarimizni ushbu mezonlar asosida shakllantiramiz.

Loyihaning barcha detallari tayyor bo’lgach, ular ikki taraflama muhokama qilinadi va shartnoma imzolanadi.

Kalit iboralarni yig’ish

Alohida bosqich sifatida kalit so’zlarni yoki iboralarni tanlash bo’yicha keng ko’lamli jarayon amalga oshiriladi. Ular internet-do’kon ma’lumotlari tarkibida qo’llaniladi.

Kalit so’zlarni to’gri tanlash bilan birga ularni to’g’ri qo’llay olish ham muhim. Bunda yangi mijozlar qidiruvda aynan ushbu so’zlardan foydalanishlari kafolati oshadi. Natijada kalit iboralar to’g’ri qo’llanilgan bunday sayt bilan siz yuqori o’rinlarni zabt etasiz.

Kalit iboralar to’g’ridan-to’g’ri mahsulotingiz turiga bog’liq. Boshqacha qilib aytganda, agar siz sement sotish bilan shug’ullansangiz, kalit iboralar uning sifat toifalari, turlari va tovar belgilariga ko’ra tanlanadi.

Kalit iboralarni qo’llash

Internet-do’kon reklamasida navbatdagi qadam – bu kalit iboralarni to’g’ri qo’llashdir. Ular veb-saytning menyusi yoki rasmlardagi izohlar kabi kichik tarkibiy qismlarga ham qo’yilishi mumkin. Shu bilan birgalikda kopirayting metodologiyasini qo’llash kerak, ya’ni matnlar mahsulotingizni sotadigan bo’lishi lozim. Bu SEO xizmatining ajralmas qismidir.

Kalit iboralarni optimallashtirish amalga oshirilmasa, qidiruv tizimi mijozlarga sizning saytingizni taklif qilmaydi. Chunki qidiruv tizimining o’zi dolzarb iboralarni aniqlab, ularni tavsiyalar ro’yxatiga kirita olmaydi.

OQILA reklama agentligi o’ziga xosligi shundaki, undagi kopirayterlar jamoasi yirik kompaniyalar tortib, kichik xususiy korxonalarga qadar turli sohalarda katta tajribaga ega.

SEO AUDIT

Sayt SEO auditi umumiy tahlilni anglatadi. Aniqroq tushuntiradigan bo’lsak, bunday tahlil qidiruv tizimini optimallashtirish uchun barcha kerakli harakatlarni ko’rsatib beradi.

Audit o’tkazilganda noto’g’ri tarkib, sahifalardagi hatolar, ishlamayotgan havolalar va boshqa tahlil elementlari namoyon bo’ladi. Xususan, saytning texnik qismida (dasturiy ta’minot) va tashqi (navigatsiya) qismdagi muammolar SEOni muvaffaqiyatli optimallashtirish uchun jiddiy to’siq bo’ladi.

Kontent yaratish

Onlayn raqobat kuchli bo’lganligi sababli, raqobatbardosh bo’lish uchun original kontent yaratish zarur. Bu nafaqat web dizaynga tegishli. Saytni istalgan ma’lumotlar bilan to’ldirish mumkin: bloglar, maqolalar, media-fayllar kabi.
Sayt kontenti ikkita maqsadni ko’zlab yaratiladi:

1. Asosan reklama matnlari bilan materiallarni joylashtirib qidiruv tizimi uchun ko’proq kalit iboralar kiritish;

2. Axborot tarkibiga ega bo’lgan materiallar bilan potensial mijozlarning ishonchini qozonish.

1-band haqida tushuncha berib o’tganimiz uchun ikkinchisi haqida to’xtalamiz. Tasavvur qiling, mijoz sement markasini tanlash haqida bir qarorga kela olmayapti. Sizning saytingiz faqat mahsulotlar haqidagi qisqa ma’lumot bilan cheklanib qolmasdan, xaridorlarga tanlov borasida yordam berishi kerak. Shunda mijozning ishonchi va e’tiborini qozona olasiz.

Ko’rib turganingizdek, saytning tarkibi onlayn-do’kon muvaffaqiyatiga ta’sir ko’rsatadi.

OQILA marketing bo’limi imkon qadar yuqori o’rinlarni egallashingiz uchun sizga aynan shunday formatdagi matnlarni taklif qiladi.

Biz bilan bog’laning

Nima uchun aynan OQILA SEO kompaniyasiga murojaat qilishingiz kerak?

OQILA O’zbekistondagi web sayt yaratish kompaniyalardan ajralib turadi. Biz turli sohalar vakillari bilan hamkorlik qilamiz va keng ko’lamli xizmatlarni taqdim etamiz.

Bizning veb-studiyamiz veb-saytingiz SEO targ’ibotini buyurtma berish uchun eng yaxshi tanlov! Buning sababini esa quyidagi ma’lumotlar asosida bilib olasiz:

1. Yuqori tajriba

Odatda SEO targ’ibot natijasida yutuqqa erishish uchun bir necha oy kerak bo’ladi. Ammo biz mehnatimiz samarasini sifatida muvaffaqiyatga erishgan 200 dan ortiq doimiy mijozlarimizni misol qila olamiz. Ular natijalardan mamnun;

2. Jamoamiz

OQILA agentligi xodimlari vazifalarni bajarish bilan birga rivojlanib borishadi. Ba’zi mutaxassislar o’z faoliyatlari davomida avtomatizmga erishdilar, yagona mexanizm sifatida uyg’unlikda ishlashadi. Biz har bir loyihaga bor g’ayratimiz bilan kirishamiz, ularning har biriga alohida yondashamiz;

3. Shaffoflik

Bu mijozlarimiz ishonchining asosidir. OQILA SEO kompaniyasi shaffoflikni birinchi o’ringa qo’yadi. Shu sababli ham narx-navolar barchaning ko’z o’ngida. Mijozlar bizning ish jarayonlarimizni erkin kuzatib boradilar va har bir qadamimiz maslahatlashgan holda amalga oshiriladi.

Bo’lajak mijozlaringiz ishonchini mustahkamlamoqchimisiz? Biznesingizni yuqoriga olib chiqmoqchimisiz?
Bemalol bizning mutaxassisga qo’ng’iroq qiling.

Biz bilan bog’laning

Internet-do’koni uchun SEO xizmatining afzalliklari

Kerakli mijozlar bilan aloqa

SEO targ’iboti kompleks ravishda amalga oshirilsagina potensial mijozlar sizning onlayn-do’koningiz haqida xabardor bo’lishadi. Aynan SEO xizmati kerakli mijozlarga onlayn xizmat va mahsulotlarning internet foydalanuvchilariga ko’rinishini ta’minlaydi. Daromadingiz ortishni boshlagach, bunga o’zingiz ichonch hosil qilasiz.

SEO xizmati huddi siz do’koningizga katta harflarda «Biz sement sotamiz» yoki «Biz sement yetkazib beramiz» degan yozuvli peshtaxta o’rnatganingiz kabi samara beradi. Bu internet tizimida kalit iboralar deb ataladi va internet oqali mijozlar ushbu mavzuda qidiruvni amalga oshirganlarida, aynan sizning xizmatingiz taklif etilishini ta’minlaydi.

Barcha mahsulot turlarini optimallashtirish

Tabiiyki onlayn-do’kon egasi sifatida siz zaxirada ko’p miqdordagi mahsulotlarga egasiz. Demak, xaridorlar zaxiradagi barcha mahsulotlarni ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.

Tasavvur qiling, siz SEO xizmati o’rniga an’anaviy marketingdan foydalanishni tanladingiz. Bu usulda siz bir yoki bir nechta mahsulotingizni reklama qila olasiz, xolos. Ulardan eng yaxshilarini reklamaga qo’yib qolgan mahsulotlarni chetga surishga to’g’ri keladi.
Adaptiv SEO yordamida biz har bir mahsulotni optimallashtirib kerakli mijozga taklif eta olamiz. Mahsulotlaringizning hech biri xaridorning e’tiboridan chetda qolmaydi!

Narx va sifat mutanosibligi

Pullik reklama bilan taqqoslaganda, SEO xizmatining xarajatlari ancha arzonga tushadi. Internet marketing narxlari haqida ko’p chuqur o’ylashingiz mumkin. Shunga qaramay, qidiruv tizimini optimallashtirish orqali biznesingiz ajoyib natijalarga erishadi.
Tejab qolingan mablag’larni esa kompaniyangiz logotipini yaratish yoki maqsadli auditoriya aloqa ma’lumotlarini landing pagega yig’ish uchun sarflashingiz mumkin.

Uzoq muddatli daromad

Google SEOga kirilgan sarmoyalarning qaytishi 9:1 ni tashkil etadi, ya’ni SEO xizmati uchun sarflangan pullaringiz 9 barobar bo’lib qaytadi. Ammo natijalar bir kechada namoyon bo’lmasligini va bu uzoq jarayon ekanligini ham unutmang. Oradan bir qancha vaqt o’tgach, optimallashtirish yaxshi natijalar ko’rsata boshlaydi.

Shuningdek reytinglarda yetakchi o’rinni egallagan internet-do’konni pastga tushurish qiyin.

Yuqoriga ko’tarilgan veb-sayt uzoq vaqt davomida o’z mavqeyini saqlab qoladi. Ushbu davr mobaynida kompaniya o’sishi va rivojlanishda davom etadi.

Biz bilan bog’laning