LinkedIn nima? Biznesni ijtimoiy tarmoqda rivojlantirish


LinkedIn bu professionallar uchun maxsus ishlab chiqilgan ijtimoiy media platformasidir. Turli ko‘ngilochar hamda shaxsiy yozishmalarga e’tibor qaratadigan boshqa ijtimoiy tarmoqlaridan farqli o‘laroq, LinkedIn foydalanuvchilarga professional onlayn mavjudligini yaratish, hamkasblar va ish beruvchilar bilan bog‘lanish va ish qidirish imkonini beradi.
Linkedin nima, OQILA

LinkedIn nima?

Aloqa platformasining bu dasturi ish beruvchi yoki ish oluvchiga, qolaversa biznes egalariga ancha qo‘l keladi. Chunki bu turdagi ijtimoiy tarmoqda odatdagi ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Tiktok) kabi «layk yoki izohlashish» uchungina emas, balki o‘zingizning ish tajribangiz va ko‘nikmalaringizni namoyish etuvchi profil yaratasiz, hamkasblar va potentsial ish beruvchilar bilan bog‘lanasiz va ish imkoniyatlarini topasiz. Facebook yoki Instagram kabi boshqa ijtimoiy tarmoqlar shunchaki yozishmalar uchun mo‘ljallangan. LinkedIn’dagi kontent ko‘proq professional va informatsion bo‘ladi. Odamlar boshqa tarmoqlardagi kabi «sevdim-kuydim» yoki saviyasiz kulguli rasm – memlardan tashqari maqolalar, soha yangiliklari va o‘z martabalari haqidagi yangiliklarni baham ko‘rishadi. LinkedIn boshqa tarmoqlarga qaraganda «серьёзный»roq, rasmiyroq va hurmatliroq, shuning uchun foydalanuvchilar salbiy, keraksiz yoki bahsli mavzulardan, yozishmalardan qochishadi. Shuningdek LinkedIn’da maqsadli auditoriya bor, ular qo‘ziqorindek ko‘payadigan blogerlarni ko‘radigan yosh bolalar emas, balki professionallar va biznes egalaridir.

Hoziroq biznesingizni rivojlantirish uchun

LinkedIn profilingizni oching!

 
Linkedin nima? Biznesni rivojlantirish

Kimlar LinkedIn’dan foydalaniladi?

LinkedIn – bu o‘z karyerasini oshirishni istagan har bir kishi uchun platforma. Bularga kichik biznes egalaridan tortib talabalar va ish izlovchilargacha bo‘lgan turli kasb egalari bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilar LinkedIn’dan o‘z sohalarida va undan tashqarida professionallar, kompaniyalar va guruhlar tarmog‘iga kirish uchun foydalanishlari mumkin.

LinkedIn nima uchun sizga kerak?

Yuqorida ta’kidlaganimizdek LinkedIn sizga bir nechta kutilgan yangiliklarni olib keladi. Agar siz ish berayotgan (ishchi izlayotgan) korxona bo‘lsangiz yoki ish izlayotgan vaqtincha ishsiz bo‘lsangiz bu tarmoq siz istayotgan narsani topishingizda qo‘l keladi. Shuningdek siz professional biznesda o‘zingiz uchun munosib hamkorlar orttirmoqchi bo‘lsangiz yoki biznesingizdagi yangiliklardan boxabar bo‘lishni istasangiz sizga bu tarmoq biznesni rivojlantirishda ayni muddao bo‘ladi.

 

Boshqa ijtimoiy tarmoqlardan LinkedIn’ning nima afzalliklari bor?

Boshqa tarmoqlarga qaraganda LinkedIn o‘zining professionalligi bilan keskin ajralib turadi, bunga esa LinkedIn’ning o‘ziga xosligini ifoda etadigan bir nechta xususiyatlar sabab bo‘ladi:

  • LinkedIn’da asosan maqolalar, sanoat yangiliklari va martabadagi yangilanishlar;
  • Bu tarmoqda rasmiy va hurmatli muloqotlar bo‘ladi, boshqa tarmoqlardagi shunchaki oldi-qochdi suhbatlardandan tashqari;
  • LinkedIn’ning foydalanuvchilari yuqorida aytganimizdek, biznes egalari, ish berayotgan va izlayotganlar bo‘lib, siz bu yerda ma’nisiz auditoriya hisoblangan bekorchi o‘smir yoshlarni uchratmaysiz, bu esa mahsulotingizni (yoki xizmatingizni) sotilish imkoniyatini ham bir muncha oshirmay qo‘ymaydi;
  • Foydalanuvchilarning aniqligi esa sizga reklama berishni ham osonlashtiradi. Siz LinkedIn orqali aniq auditoriyaga o‘z mahsulot yoki xizmatingizni sota olasiz;
  • Shuningdek LinkedIn boshqa tarmoqlar bermaydigan bir qancha imkoniyatlarni beradi, masalan ish topish. Siz bu platformada rezyume yasashingiz yoki yuklashingiz mumkin.

Linkedin nima, Biznesni rivojlantirish

LinkedIn’dan foydalanish tartibi

LinkedIn – bu butun dunyodagi professionallarni bog‘laydigan onlayn platforma. Quyida LinkedIn bilan ishlashni boshlash uchun tavsiya etilgan qadamlar keltirilgan:

  1. Profil yaratish. Ro‘yxatdan o‘tish va o‘z profilingizni yaratish LinkedIn bilan ishlashni boshlashning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Profil sizga professional hayotingiz, muhim martaba o‘zgarishlari, ko‘nikma va qiziqishlaringiz haqida gapirish imkonini beradi.
  2. Ish topish. Agar siz yangi ish qidirayotgan bo‘lsangiz, LinkedIn’da ish joylarini qidirishni boshlashingiz mumkin. Siz LinkedIn’dan kompaniyalarni tadqiq qilish va ishga yollovchilar bilan bog‘lanishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joylariga murojaat qilishingiz, ish qidirishlaringizni saqlashingiz va kontaktlaringiz vakansiya haqida xabar berishingiz mumkin.

Albatta LinkedIn orqali bundanda ko‘proq ishlar qilishingiz mumkin, lekin ko‘p holatlarda bunday ishlar professionallarsiz qiyin bo‘ladi. OQILA kompaniyasi biznesni ijtimoiy tarmoq – LinkedIn’da rivojlantirish xizmatini taklif qiladi.

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!