Onlayn do’kon uchun 5 ta marketing strategiyalar


Siz onlayn do’kon ochdingiz va uni turli xil tovarlar bilan to’ldirdingiz. Shuni o’zi yetarlimi? Albatta yo’q. Biznesingiz rivojlanishi va daromad olib kelishi uchun reklamaga ko’p kuch va resurslar sarflanishi lozim. Biznesingizni rivojlantirib yuboradigan hech qanday sehrli tugmacha mavjud emas. Shunday ekan har qanday biznesni rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan 5 ta strategiyalarni ko’rib chiqamiz:

Kontekst reklamadan foydalanish

Ko’pgina onlayn do’konlarning ishi kontekst reklamadan boshlanadi. Buning sababi kontekst reklama tez natija beradi va ish boshlanganidan bor-yo’g’i 5-7 kun ichida xaridorlarni jalb qilish orqali daromadga chiqishga yordam beradi. Kontekst reklamaning samaradorligi joy, reklamaning sifati hamda reklamaga qo’yilgan narxga bog’liq. Barcha afzalliklarga qaramay, bu usul ko’p vaqt va mablag’ talab qiladi.

Saytni SEO optimizatsiya qilish

Googleda sayt mavjud bo’lgan onlayn do’kon asosiy trafikni qidiruv natijalaridan oladi. Agar qidiruv natijasida sayt googlening birinchi sahifasidan chiqsa, saytga mijozlar tashrifi ko’proq bo’ladi va bu o’z navbatida daromadning o’sishiga yordam beradi. Ammo SEO orqali saytning o’rnini ko’tarish biroz ko’proq vaqt talab qiladi va bu muddat raqobatning katta-kichikligiga qarab 6 oydan 12 oygacha bo’lgan muddatni o’z ichiga oladi. SEO ning afzalligi shundaki, undan olingan natija kontekst reklamadagi natijaga nisbatan uzoqroq davom etadi va doimiy daromadga erishishga yordam beradi.

E-mail marketing

Elektron pochta xabarnomalari marketingda muhim vazifani bajaradi. Ular lidlar bilan ishlaydi. Shu o’rinda lid o’zi nima degan savol tug’iladi. Ular hali buyurtma bermagan do’kon tashrif buyuruvchilari. Email marketingning maqsadi mijozlar bilan munosabatlarni oʻrnatish, brend haqida xabardorlikni oshirish,mahsulot yoki xizmatlarni targʻib qilish va oxir-oqibat sotuvlarni koʻpaytirishdan iborat.

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish

Hozirgi kunda facebook, instagram kabi ijtimoiy tarmoqlar yangi mijozlarni jalb qilish va sotuvni oshirish uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda mahsulot sotish uchun maqsadli auditoriyani doimiy ravishda qiziqtirib boruvchi kontent joylab borish lozim. Buning uchun kamida 3 ta ijtimoiy tarmoq turlaridan foydalaniladi va maqsadli auditoriya yig’ib, ularning siz taklif etayotgan mahsulot turiga ishonchini qozonishga harakat qilinadi.

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!