Web sayt yaratishga sarmoya qilmoqchi bo’lsangiz, buni OQILA web studiyasi bilan qilishingizga sabablar bor
-
1886 dan ortiq mamnun mijozlar
Biz veb-saytlar yaratishda mijozlar bilan ishlashda boy tajribaga egamiz. Biz sizning ehtiyojlaringiz, afzalliklaringiz, shuningdek, potentsial mijozlaringizning ehtiyojlarini darhol aniqlaymiz. Biz bilan vaqt va pulni tejashingiz mumkin.
-
Ishimizga kafolat bor
Web sayt yaratishda sizga kerakli dizaynni oldin “qog’ozga” chizib, uni sizga ko’rsatamiz. Nimasi yoqmayotgan bo’lsa aytasiz, tuzatamiz. 2 oy jimib ketib, keyin siz xohlamagan bitta narsani ko’tarib kelmaymiz. Web dizayn studiyamiz hamma muammoni oldindan hal qiladi. Agar dizayn sizga juda yoqmasa pulingizni qaytarib beramiz!
- Narxlarimiz ochiq oydin
Sayt yaratishda sizdan yashiradigan hech narsamiz yo’q. Saytning narxi sizning imkoniyatlaringizni hisobga olgan holda belgilanadi. Sizning ixtiyoringizda juda ko’p funktsiyalar mavjud, ulardan faqat kerakli komponentlarni tanlashingiz mumkin!
- Shartnoma va texnik shart, dizayn imzolanadi. Tushunmovchiliklarga o’rin qoldirmaymiz!
Internetda sayt yaratish orqali mijozlar orttirish juda zavqli ish. Lekin buning mas’uliyati ham bor, chunki butunlay yangi bozorga kiryapsiz. Shunday ekan, bu ishda tajribali internet marketingchi hamkor tanlash kerak. Loyihani texnik tomondan ishlatib qo’yish bu masalaning 10%. Qolganini ham mahorat bilan qilish zarur. Aks holda sarmoya havoga sovuriladi.
SEO – Googleda tabiiy birinchiga chiqish xizmati
Googleda sizning xizmatingizni mijozlaringiz qidirganda saytingizni birinchi sahifaga chiqarish SEO deyiladi. Natijada saytga tashriflar soni, qo’ng’iroqlar soni, buyurtmalar soni va albatta daromad oshadi.
Mijozlarimizning natijalari shuni ko’rsatyaptiki, SEOga sarflangan sarmoya 9:1 nisbatda qaytadi. Ularning 73.3% buyurtmalari shundan. Buning sababi SEOdan so’ng sayt o’rnini osonlikcha yo’qotmaydi.
Agar haqiqatdan uzoq muddatli internet reklamaga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz, saytdan mijoz kelishini istasangiz, SEO xizmatga ham buyurtma berishingizni qattiq tavsiya qilamiz.
Buyurtma berish
Agarda siz bugunoq qidiruv tizimida chiqmoqchi bo’lsangiz unda Google reklama xizmatidan foydalaning. Google Ads platformasi orqali kerakli kalit so’zlar bilan bir kunda chiqasiz va potensial mijozlarni bir zumda yig’asiz. Biroq Google reklamaning SEOga nisbatan o’z kamchiliklari bor. Shuning uchun ham astoydil o’ylab sizga aynan nima kerak ekanligini tushunib bir qarorga keling.
Googleda SEO reklama natijasida mijozlarimiz erishgan natijalar bilan tanishib chiqing. Bu natijalarga erishishingizda bizning mutaxassislar hamisha tayyor.
SEO xizmatimiz bilan batafsil tanishing.
Web sahifa soni nima?
Sayt veb sahifalardan tashkil topadi. Masalan: asosiy, biz haqimizda, aloqalar, mahsulotlar bo’limlari, har bir mahsulotning batafsil sahifalari. Albatta, har bir sahifa ochish dasturchi va dizaynerlarimizdan mehnat talab qiladi, kerak bo’lsa siz uchun logotip yasashgaham boramiz. Shuning uchun bu narxga ta’sir qiladi. Bundan tashqari ushbu uzbekcha sayt ochish narxlariga sahifalarni ma’lumotlar bilan to’ldirish ham kiradi. Ammo barchasi adolatli bo’lishi uchun biz faqat ustida ishlagan sahifalarimiz uchun haq olamiz.
Qanday web dizayn darajalari bor?
Odamlarni brend kuchiga ishontirish uchun yaxshi veb dizayn zarur. Siz uchun kerakli sayt ochish narxlari va darajani belgilay olishingiz uchun sayt dizaynini quyidagi darajalarga bo’ldik:
- Oddiy – Agar sizda saytning ko’rinishi bo’yicha hech qanday talablar bo’lmasa, unda ushbu tarif siz uchun. Bunda siz dizayn bo’yicha qarorni to’liq bizga topshirasiz. Biz o’z nomi bilan oddiy, ammo zamonaviy, har xil grafik jim-jimalardan holi, ammo zaruriy imkoniyatlarga ega dizayn tayyorlab beramiz.
- Yuqori – Agar sizda web sayt ochishda dizayn bo’yicha ma’lum talablar bo’lsa, ushbu tarif siz uchun. Bunda siz takliflaringizni aytasiz, biz ham o’z takliflarimizni beramiz, so’ng ularni dizaynerimiz 10-15 soatlik mehnati bilan chizib, dizaynni tayyor holga olib keladi.
- Maxsus – Xuddi “Yuqori” tarifimizdek, ammo agar siz butunlay noodatiy va barchadan ajralib turuvchi dizayn xohlasangiz, unda ushbu tarif siz uchun. Dizaynerimiz sizning xohishlaringizni batafsil o’rganib chiqadi va 30-40 soatlik mehnati bilan dizaynni tayyor holga olib keladi. Siz mutlaqo maxsus dizaynga ega bo’lasiz. Ko’pincha bu tarifimizni katta korxonalar, mashhur brendlar tanlashadi.
Saytning mobil shakli
Google ma’lumotlariga ko’ra, 60% odamlar saytga o’z smartfonlaridan tashrif buyurishadi. Shuning uchun, saytning mobil versiyasini ishlab chiqishda biz uni mobil qurilmalar uchun moslashtiramiz, aytmoqchi, bu umumiy narxga kiradi.
Saytning mobil shakli deb uning smartfondagi Firefox yoki Chrome dasturi orqali ochgandagi ko’rinishi tushuniladi. Mobil ilovaga yaqin bo’ladi, harflar kattalashadi, veb elementlar vertikal ustma-ust joylashadi.
Saytning mobil versiyasi – bu loyihalashtirilgan sayt ish stoli versiyasida qanday ko’rinadi, lekin uni zamonaviy qurilmangizda Chrome, Safari yoki Firefox kabi brauzerlar yordamida ochganingizda mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan. Sayt yaratishda moslashish uchun matn hajmi kattalashadi, rasmlar mobil versiyaga moslashadi, veb-elementlar vertikal ravishda joylashtiriladi.
Saytning mobil versiyasini, masalan, Google Play do’konidan yuklab olinadigan mobil ilova bilan aralashtirib yubormang..
Sayt boshqaruv tizimi nima?
Biz saytni dasturlashtirib, ishlab chiqishni yakunlab, uni sizga topshirganimizdan so’ng siz o’zingiz ma’lumotlarni tahrirlashingiz va qo’shishingiz mumkin bo’ladi. Bu parol bilan himoyalangan va faqat sizga tegishli bo’lgan maxsus boshqaruv paneli yordamida amalga oshiriladi.
Boshqaruv markazining qobiliyat darajalari farq qilishi mumkin:
- Standard – Boshqaruv tizimi odatiy imkoniyatlarga ega bo’ladi.
- Murakkab imkoniyatlar – Sayt nostandard imkoniyatlarni talab qiladi yoki boshqa tizimlar bilan ulashni talab qiladi va hokazo.
Sizga aynan qaysisi to’g’ri kelishini mutaxassisimiz bilan muhokama qilganingiz ma’qul, shunda siz xohlagan sayt ochib beramiz
Biz bilan bog’laning
Sayt tillari
Barcha tariflar bir tilda saytlar yaratishni nazarda tutadi. Agar siz veb-saytingiz bir nechta tillarda bo’lishini istasangiz, buyurtma berishda bunga e’tibor bering.
Internet do’kon
Online savdo maydoniga chiqmoqchi bo’lsangiz web sayt ochishda internet do’kon imkoniyatini qo’shish mumkin. Xarid savati, buyurtma rasmiylashtirish, to’lov tizimlari bilan ulash shular jumlasidandir.
Internetda sayt ochish narxlari talab darajasiga qarab belgilanadi. Batafsil ma’lumot uchun mutaxassisimiz bilan maslahatlashing.
Biz bilan bog’laning
Sayt ochish narxlari va bosqichlari
Saytingiz yaxshi chiqishi uchun biz uni ko’p boshqichlardan o’tkazamiz. Ishning ko’p qismi avval sizga ko’rsatilib, keyin bajariladi. Shunda sizga yoqadigan natijaga erishamiz.
Kalit iboralar yig’iladi
Ushbu bosqich agar siz SEO xizmatga buyurtma bergan bo’lsangiz bajariladi:
- Internetda sizning xizmat yoki mahsulotingizga bo’lgan talabni o’rganamiz;
- Aynan qanday so’zlar bilan ko’pchilik sizning xizmatlaringizni Googleda qidirayotganini aniqlaymiz;
- To’plangan ko’p qidiriladigan so’zlar, ya’ni kalit iboralar ichidan eng daromad olib keladiganlari ajratib olinadi.
Sayt tuzilishi ishlab chiqiladi
Web sayt yaratish xizmatida tuzilishi eng muhim masala. Foydalanuvchi saytni varoqlashda qiynalmasligi kerak. Sayt tuzilishini Google ham hisobga oladi.
Shu sababdan OQILA web studiyasi dasturchilari sayt tuzilishi haqida ancha bosh qotirishadi. Agar siz SEO xizmatga ham buyurtma bergan bo’lsangiz, sayt tuzilishini yaratishda internet marketing mutaxassislarimiz ham jalb qilinadi.
Texnik shart yoziladi
Sizning web sayt yaratishga bo’lgan talablaringizni yaxshilab o’rganamiz. Rivojlangan davlatlardagi dinamik saytlar yaratishini o’rganamiz. Shundan so’ng sayt uchun reja tuziladi. Reja, ya’ni texnik shart, yozma bayon qilinadi.
Texnik shartda qaysi tugma qayerda turishi, u qanday rangda bo’lishi, u nimaga kerakligi hammasi yoziladi. Bu ikki tomonda ham natija qanday bo’lishi haqida aniq tushuncha bo’lishini ta’minlaydi.
Texnik shart biz tomonimizdan yoziladi va ikki tomonlama imzolanadi.
Quyida texnik shart namunalari keltirilgan.
Sayt ochishda web dizayni chiziladi
Web sayt yaratish jarayonidan, sayt uchun web dizayn ishlab chiqishdan oldin, dizaynerimiz shu sohadagi eng oldi web saytlar dizaynini o’rganib chiqadi. So’ng ulardan qolishmaydigan dizayn ishlab chiqadi.
Dizaynda sizning logotipingiz rangi, mahsulotlaringiz rangi, xaridorlaringizga yoqadigan ranglar hisobga olinadi. Qisqasi, sizni uyaltirib qo’ymaydigan web dizayn tayyorlanadi.
Dizayn chizib bo’lingach, u ikki tomonlama imzolanadi.
Dasturlash ishlari bajariladi
Loyiha maqsadi, o’lchamiga qarab dasturlash texnologiyalarini, ish qurollarini tanlaymiz. Texnologiya to’g’ri tanlansa ish tez bitadi.
Bu bosqichda yurtimizdagi eng tajribali dasturchilar saytingizni yaratishga kirishadi. Dizayn, texnik shart, sayt tuzish oldindan tayyorlanganligi dasturlashning to’g’ri bajarilishini ta’minlaydi. Web sayt ochish uz domenida bo’lsa, u uchun yuqoridagi jaroyanlar juda katta rol o’ynagan bo’ladi.
Matn yoziladi (kopirayting)
Saytni sayt qiladigan bu ma’lumotlar. Axir xaridor shuni deb u yerga kirgan. To’g’ri, veb dizayn, sayt tuzilishi ham muhim, lekin ular xaridorni 5-6 soniya qoyil qoldiradi xolos. So’ng saytga tashrif buyurgan kishi nima uchun kirgan bo’lsa shuni izlay boshlaydi.
Masalan, siz metal armaturalar taklif qilayotgan bo’lsangiz, ularning narxi, rasmlari, o’lchamlari bo’lmasa, xaridorni yo’qotasiz.
Tasavvur qiling, bir kishi bilan tanishdingiz, hali salomlashmay turib uning kiyimlariga, qaddi-qomatiga qaraysiz. Agar unda hammasi joyida bo’lsa, u haqda iliq taassurotga ega bo’lasiz. Lekin suhbatda undan biror tayinli fikr chiqmasa, hafsalangiz pir bo’ladi.
Saytdagi matnlar ham shunday. Lekin 99% holatlarda ularga mablag’ ajratilmaydi. Albatta, hozirgi kunda odamlarning o’qishga toqati yo’q. Lekin bu oddiy matnlarga tegishli. Shuning uchun ham veb sayt yaratishda bu jarayon hisobga olinishi zarur.
Reklama uchun matn yozishning ham o’z sirlari bor. Bu kopirayting (ingliz tilida copywriting) usuli. Bizning kopirayterlarimiz mijozni jalb qiladigan matnlar yozish bilan shug’ullanishadi. Siz saytingiz uchun matnlarni o’zingiz berishingiz mumkin yoki bu ishga buyurtma berishingiz mumkin. OQILA matn yozish xizmati bilan batafsilroq tanishing.
Ma’lumotlar saytga joylashtiriladi
Sayt dasturi tayyor, matnlar yozildi, rasm va videolar suratga olindi. Endi bu ma’lumotlarni saytga joylashtirsh kerak.
Albatta, biz ma’lumotlarni boshlang’ich joylashtirib beramiz. Sahifalar soni deganda aynan shu narsa tushuniladi. Nechta sahifa kelishilsa shunchani biz to’ldirib beramiz. Keyinchalik yana nimadir qo’shish kerak bo’lsa, buni o’zingiz ham bajaraverasiz.
Sayt internetga joylashtiriladi
UZ domenida sayt ochish bilan har bir mijozimizga bir yil davomida 250 Mb xosting bepul beriladi. Keyingi yildan yillik to’lov saytning egallab turgan Mbga qarab bo’ladi.
Bizning xostingning afzalligi shundaki, u aynan biz yaratgan saytga moslangan. Undan tashqari, har oy bir marta zahira nusxalar olib boriladi. Agar saytingizdagi ma’lumotlar o’chib ketsa, uni qayta tiklash imkoni bo’ladi.
Sayt ochishdan so’ng u sinovdan o’tkaziladi
Hamma ishda xatoliklar bo’ladi. OQILA kompaniyasi ham shuni hisobga olib, shaxsiy web sayt yaratish bosqichlari tugagandan so’ng, uni maxsus xodim har xil ko’yga solib ko’radi. Shunda barcha qusurlar aniqlanadi va tuzatiladi.
Aniq daromad olib keladigan veb sayt yaratish xizmati
Bo’lajak mijozlaringiz ishonchini mustahkamlamoqchimisiz? Daromadni oshiradigan yangi sayt ochish niyatidamisiz? Biznesingizni yuqoriga olib chiqmoqchimisiz?
Hech ham xavotirlanmang, OQILA web studiyasi sizga yordam beradi.
Bemalol bizning mutaxassisga qo’ng’iroq qiling. Web sayt yaratish jarayonida barchasini tushuntiramiz. Kelishib ishlaymiz.
Biz bilan bog’laning
Saytsiz eksportga ishlash qiyin
Biz tabiiy tolalardan kundalik va maxsus kiyimlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanamiz. 90% eksportga ishlaganimiz uchun, korxonamiz to’liq quvvatini ko’rsatadigan sayt kerak bo’ldi.
OQILA veb studiyasiga saytimiz dizaynini ishonib topshirdik. Natija kutilganidek bo’ldi. Muhimi ular boshqa davlat odamlariga nima yoqishini bilishadi. Juda xursandmiz.
Barchaga tavsiya qilaman!
Mohira, Tekstil fabrikasi bosh menejeri, Sirdaryo
Kimyoviy o’g’it kompaniyasi
Yurtimizdagi dehqonchilik xo’jaliklari va xorijdagi importyor hamkorlarimiz uchun maxsus veb sayt ochmoqchi edik. Bu ishni OQILA kompaniyasi o’ylaganimizdan ortiqroq bajardi.
Nuriddin, Kimyoviy o’g’it kompaniyasi rahbari, Toshkent
Beton va shag’al yetkazish kompaniyasi
Farg’onada joylashgan bo’lsak ham Toshkentning katta qismini beton quduqlar bilan ta’minlaymiz. Brendimizni tanitish uchun logotip va internet sayt yaratish masalasida OQILA veb studiyasiga chiqdik.
Saytimiz dizayni juda zo’r chiqdi. Rahmat!
Maruf, Beton mahsulotlari zavodi marketologi, Farg’ona