CRM nima? Mijozlar bilan ishlashning qulay usuli haqida


CRM – bu (ingliz tilida Customer relationship management) bu kompyuter dasturi bo’lib, o’zbek tilida mijozlarni boshqarish ma’nosini beradi. U mijozlaringiz bilan kechgan suhbatlarni yozib boradi.

Odamlar CRM nima ekanligini tushuntirganda odatda kontaktlarni boshqarish, sotuvni boshqarish, agentlarning samaradorligi va boshqa biznes jarayonlarni tartiblashni nazarda tutadilar. CRMning maqsadlari oddiy: biznesingizni rivojlantirish uchun mijozlar bilan aloqalarni yaxshilash, ular bilan doimiy aloqada bo’lishga, jarayonlarni sodda va tez kechishiga yordam berish.

CRM nima uchun va kimga kerak?

Hozirgi kunda CRM tizimi har bir ishni yurg’izishda qo’llanilyapti:

  • savdo;

  • mijozlarga xizmat ko’rsatish;

  • biznesni rivojlantirish;

  • ishga qabul qilish (HR);

  • marketing va boshqa biznes yo’nalishlarida.

CRM – bu shunday vositaki, mijozlar yoki hamkorlar bilan aloqa ma’lumotlarini saqlashga, sotish imkoniyatlarini aniqlashga, xizmat ko’rsatishdagi muammolarni aniqlashga va marketing kampaniyalarini boshqarishga imkon beradi. Dastur ishlab boshlaganda, barcha kontaktlar va aloqa ma’lumotlari, oradagi suhbatlar, kelishuvlar, sotuv samaradorligi va uning natijalari bitta markazda joylashadi, mijozlar bilan har qanday o’zaro aloqalar haqida ma’lumot kerak bo’lsa tez va oson topib ishlatib imkoniyati paydo bo’ladi.

crm sistema yaratish

CRM har qanday o’lchamdagi kompaniyalarga biznesni rivojlantirishda yordam berishi mumkin va ozroq mablag’ bilan ko’proq ish qilish imkoniyatini bera oladi.

CRM tizimi sizning mijozlaringiz haqida aniq ma’lumot beradi. Siz hamma narsani bir joyda ko’rishingiz mumkin – oddiy, moslashtirilgan boshqaruv paneli sizga mijozning avvalgi tarixini, siz bilan buyurtma holatini, mijozlarga xizmat ko’rsatishning har qanday muhim muammolarini va boshqa zarur bo’lgan ma’lumotlarni aytib beradi. Siz hatto ularning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati – nimani yoqtirishlari yoki yoqtirmasliklari, ular siz yoki raqobatchilaringiz haqida nima deyishlarini kuzatib borish imkoniyatiga egasiz. CRM nima ekanligini bilgan kampaniya ishlarini oson boshqarish va optimallashtira oladi.

CRM afzalliklari:

  • Bir sistema va bitta ma’lumotlar bazasi bilan baravariga ko’p hodimlarning ishlashi;

  • Barcha kerakli ma’lumotni qidiruv tugmasi bilan topish;

  • Vazifalarni to’g’ri taqsimla olish va yoddan chiqarmslik;

  • Vaqtni qo’g’ozbozlikdan natija keltiradigan ishga sarflash;

  • Sotuv hajmi va kirimlarni doimiy kuzatib nazorat qilish;

  • Hattoki mobil qurilmadan barcha ishni boshqarish imkoniyati.

Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimlari sizga chuqur tushunchalar beradi, ularning ehtiyojini qondiradi va ko’proq sotishda yordam beradi. Natijada kompaniya ishlari tartibga kelib daromad ortishi boshlanadi.

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!