IT dasturlash kurslari va SEO kurslari tanlashda e’tibor berish kerak bo’lgan 3 qoida.



Shunday qilib, siz hayotingizni kompyuter texnologiyalari bilan bog’lashga va zamonaviy kasb eshigini ochadigan ta’lim olishga qaror qildingiz. Safimizga xush kelibsiz!

Ammo qayerda o’rganish savoli tug’ilganda ikkilanishga duch kelishingiz aniq! IT dasturlash kurslarini qanday tanlash kerak?

Ushbu qoidalar sizga ta’lim muassasalarining xilma-xilligini tushunishga va bozor talablariga javob beradigan kurslarni tanlashga yordam beradi. Demak boshladik!

1-qoida: Qisqa muddatda sizni «full stack» dasturchi qilishni va’da qilayotgan kurslarga ishonmang!

Dasturlash va Marketing sohasi tobora ommalashib bormoqda va shunga mos ravishda IT dasturlashni, SEO optimallashtirishni o’rgatuvchi kurslar soni ortib bormoqda. Ular orasida qisqa muddatli IT kurslar bor. Bunday IT kurslari faoliyati yagona natijaga – pulni tezroq cho’ntakka urishga qaratilgan. Ular sizga qisqa fursat ichida IT dasturlashni barcha nozik jihatlarini o’rgatishni taklif qilishadi. Aslida, bunday «trening» dan keyin sizning xotirangizda ushbu kurslarga sarflangan mablag’dan boshqa hech narsa qolmaydi.
Dasturlashni o’rganish oson jarayon emas, shuning uchun siz bu bilimni bir hafta yoki bir oy ichida o’zlashtira olmaysiz. Shu sohaga kirar ekansiz tinimsiz bilim olishga va «chuqur sho’ng’ishga» tayyor bo’ling.

2-qoida: Sifatli va ustida ishlangan sayt – yaxshi o’rgatuvchiga ishora qiladi!

Oflayn yoki onlayn IT kurslari bo’lishidan qat’iy nazar, avvalo ularning veb-saytini o’rganing. Aynan veb-sayt kompaniyaning yuzi hisoblanadi. Yaxshi bilim berishni kafolayotgan kompaniyaning o’zi bu ishni sifatli bajarishi bilan namuna bo’lishi kerak. Agar kompaniya veb-saytini ishlab chiqish va optimallashtirish uchun malakali mutaxassislarni topa olmasa, qanday qilib yaxshi ta’lim bera oladi?!

3-qoida: Ta’lim beruvchining malakasiga ahamiyat bering!

Eng muhim jihat: Faqat yetakchi IT-kompaniyalar mutaxassislari tomonidan o’qitiladigan IT kurslariga e’tibor qarating. Har doim ma’lum bir kursni kim o’rgatayotganini, IT sohasida qanday tajribaga ega ekanligini va qanchalik muvaffaqiyatli ekanligini aniqlab shu o’quv dargohini tanlang. O’quv jarayonida qaysi o’qituvchi siz bilan ko’proq vaqt o’tkazishini bilib oling.

Agarda siz SEO kurslari yoki IT dasturlash kurslarini tanlashda ushbu qoidalarga amal qilsangiz, orzuingizdagi kasbni tezroq va muvaffaqiyatli o’rganishga erishasiz.

OQILA kompaniyasi sifatli Web dasturlash va SEO kurslarini taklif qiladi. Barcha talablarga javob beradigan kurslarimizda sizni kutib qolamiz!

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!