CRM – bu (ingliz tilida Customer Relationship Management) bu kompyuter dasturi bo’lib, o’zbek tilida mijozlarni boshqarish ma’nosini beradi. U mijozlaringiz bilan kechgan suhbatlarni yozib boradi.
Odamlar CRM nima ekanligini tushuntirganda odatda kontaktlarni boshqarish, sotuvni boshqarish, agentlarning samaradorligi va boshqa biznes jarayonlarni tartiblashni nazarda tutadilar.
CRMning maqsadlari oddiy: biznesingizni rivojlantirish uchun mijozlar bilan aloqalarni yaxshilash, ular bilan doimiy aloqada bo’lishga, jarayonlarni sodda va tez kechishiga yordam berish.
CRM ning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
Ichki ogohlantirishlar savdo vakillariga qo’ng’iroqlar jadvali, hisobni yangilash va mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari (tug’ilgan kunlari yoki yubileylari haqida eslatib turadi bu albatta sizning xohshingizga bog’liq). Integratsiyalashgan ish oqimlari ko’p vaqt talab qiladigan kundalik vazifalarni avtomatlashtiradi va xodimlarning vaqtini tejaydi.Hozirgi kunda savdo/analitik CRMga talablar ko’p.
Savdo/analitik CRM qanday ishlaydi?
Analitik CRM sizning biznesingiz haqida qimmatli tushunchalarni olish uchun unga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilishi mumkin. Keyinchalik bu tushunchalardan oqilona biznes qarorlar qabul qilish uchun foydalanishingiz mumkin. (Analitik CRMlarga misollar HubSpot, Zendesk va Zoho.)
• Savdo ko’rsatkichi. Muayyan vaqt ichida qancha daromad olganingizni, shuningdek, qaysi jamoa aʼzolari sizning eng koʻp mahsulot sotgan sotuvchilaringiz ekanligini koʻrishingiz mumkin.
• Sotish imkoniyatlari. Mijozlaringiz kimligini va ular qayerdan kelayotganini, maqsadli harakatlaringizni qayerga qaratishingiz kerakligini aniqlash imkoniga ham ega bo’lasiz.
• Marketing. Sizning marketing uchun qaysi bir sarmoyangiz eng muvaffaqiyatli bo’lganini va nima uchun ekanligini aniqlang.