Kriptovalyuta nima va nima uchun kerak?


Kriptovalyuta raqamli va virtual shakldagi har qanday turdagi valyutadir. Kriptovalyutadagi operatsiyalarni himoya qilish uchun shifrlash, ya’ni kriptografiya qo’llaniladi. Kriptovalyutalarni himoya qilish va chiqarish uchun hech qanday markaziy hokimiyat mavjud emas. Tranzaksiyalarni qayd etish va yangi birliklarni chiqarish uchun markazlashmagan tizim qo’llaniladi.

Kriptovalyuta- bu har kimga, istalgan joyda to’lovlarni jo’natish va qabul qilish imkonini beruvchi tizimdir. Kriptovalyutalar raqamli hamyonlarda saqlanadi. Dunyodagi birinchi yaratilgan kriptovalyuta bugungi kunda ham juda mashhur hisoblangan bitcoin hisoblanadi va u 2009-yilda yaratilgan. Kriptovalyuta bilan ishlashning qiziq tomoni shundaki, u foydalanuvchiga yaxshigina foyda olib kelish mumkin. Spekulyativ harakatlar natijasida kriptovalyuta narxining ko’tarilishi vaqti-vaqti bilan kuzatiladi.

Kriptovalyutadan qanday foydalaniladi?

Kriptovalyutalar taqsimlangan ommaviy daftarda-blokcheynda qayta ishlanadi, bu yerda barcha operatsiyalarning yozuvlari saqlanadi, valyuta egalari tomonidan yangilanadi.
Bitcoin 2009- yildan beri mavjud, ammo moliyaviy jihatdan kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyasini qo’llash hali ham boshlang’ich bosqichida; Kelajakda ularning jadal rivojlanishi kutilmoqda. Kelajakda kriptovalyutalardan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy aktivlar bilan savdo operatsiyalarida foydalanish mumkin.

Kriptovalyuta bilan nima sotib olishingiz mumkin?

Bitcoin dastlab kundalik tranzaktsiyalar vositasi sifatida yaratilgan bo’lib, sizga bir chashka qahvadan tortib kompyutergacha yoki hatto ko’chmas mulk kabi qimmatbaho narsalarni sotib olish imkonini beradi. Bu rejalar hali to’liq amalga oshirilmagan. Kriptovalyutalarni qabul qiluvchi muassasalar sonining ko’payishiga qaramay, kriptovalyutalardan foydalangan holda yirik operatsiyalar juda kam uchraydi. Biroq, kripto valyutasi elektron tijorat saytlarida turli xil mahsulotlarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin.

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!