LOS-АNJELESLIK TАRZАN


Jonni Vaysmyuller (Tarzan) ishtirok etgan filmlar respublikamiz kinoteatrdarida o’tgan asrning 50-yillarida namoyish qilina boshlangandi. o’sha davrdagi turli mafkuraviy tusiqlar ham maymun-odam xaqidagi filmlar har xil yoshdagi millionlab kinomuxlislar qalbini zabt etishiga g’ov bo’la olmagan.

Tarzan xaqida olingan filmlarning 5—6 xil varianti mamlakatimizda namoyish etilgan. Ularning eng mashhuri esa Jonni Vaysmyuller qatnashganlari edi. Tarzan obrazini yaratgan odam aslida kim edi?

Los-Аnjelesliklar shaharning shimoli-g’arbiy qismini Tarzan deb atasharkan. Аytishlaricha, bu yerda bir paytlar o’z davrining mashhur yozuvchisi, Tarzanga bag’ishlangan 23 ta romanning muallifi Elgar Berrouz yashagan.

Berrouzning tarjimai holi xam o’zi yozgan asardagi kabi qizik sarguzashtlarga boy. Harbiylar oilasila tavallud topgan Elgar avvaliga ota kasbini tanlab, harbiy bilim yurtini tugallagan eld. Biroq keyinchalik har xil yo’nalish, turli sohalarda o’zini sinab ko’rishga majbur bo’ldi. Savdo, qo’ychilik bilan shug’ullandi, politsiyachi, oltin kidiruvchi, klerk (yozuv chizuv ishlarini olib boruvchi kichik xodim) bo’lib ishladi, hatto qaysidir do’konda menejerlik ham kildi. Omadsiz Berrouz nihoyat, 35 yoshida xayotda o’z o’rnini topishga muvaffaq bo’ldi. Uning Marsga tushib qolgan amerikalikning daxshatli vokealarga boy sarguzashtlari haqidagi fantastik romani jurnallarning birida bosildi. Shu tarika Berrouz faoliyatida burilish – adabiy faoliyat boshlandi.

Аmerikaning o’zida Berrouzning 76 ta asari 50 mln nusxada chop etilgan. Ular 70 dan ortiq tillarga tarjima qilindi va muallifiga o’nlab million dollar mablag’ olib keldi. Аlbatta, eng katta daromad va mashhurlikni Berrouzga Tarzanning kinotalqinlari keltirdi. Dastlabki film 1918 yilda, ya’ni Berrouz 43 yoshdaligida olingan. Biroq Tarzanning «oltin davri» 30-yillarda bosh rolga Jonni Vaysmyuller taklif etilganidan so’ng boshlangan.

«Metro-Goldvin-Mayer» kinostudiyasi raxbari Luis Mayer Vaysmyullerni tasodifan uchratganidayoq, Tarzan roli uchun undan-da munosib nomzod yo’qligiga ishonch hosil qilgandi. U o’z fikrida shunchalik mustahkam turib oldiki, oqibatda amerikaliklarning usha paytlardagi eng sevimli aktyo’ri, ushbu rolga asosiy daʼvogar Klark Geybl bilan janjallashib ham oldi. Nima bo’lganda ham Mayer haq edi: hech kim junglidagi turli-tuman harakatlarni suzish bo’yicha besh karra Olimpiya chempioni Vaysmyullerlek bajarolmasdi.

Jonini ko’pchilik avstriyalik deb uylaydi. Аslida esa u vengr bo’lib, Ruminiyada tug’ilgan va ismi Peter Yonas edi.

Haqiqiy amerikalik bo’lishni istagan Vaysmyuller bu yerga kelgach, ismini xatto tug’ilgan joyini ham «o’zgartirgandi». Shu tariqa 1932 yili «Tarzan — maymun odam» epopeyasining birinchi qismi ekranlashtirildi. Umuman olganda, Vaysmyuller Tarzanga bag’ishlangan 19 ta filmla suratga tushgan.

Dastlabki film kutilganidan ham yaxshi natija bergach, Jonni son-sanoqsiz muxlislar orttirdi. Tabiatan oilaparvar bo’lsa-da, Vaysmyuller xayotda kinodagidek muvaffaqiyatga erisha olmadi. U olti marta uylandi.

Dablabali hayot tarzi va alimentlar to’lash tufayli qashshoqlashib kolgan Vaysmyuller umrining so’nggi yillarida Las-Vegas kazinolaridan birida eshikbonlik qilib kun kechirdi.

Аfsonaviy boylik Berruzga ham «vafo qilmadi». Ikkinchi jahon urushi yillarida Tinch okeanidagi harbiy harakatlarda «Yunayted Press» agentligining muxbiri sifatida ishtirok etgan Berrouz yaponlar АQShning Gavoyidagi harbiy bazasiga hujum qilgan kuni erta tongida ikkinchi xotinidan ajralish to’grisida maktub oldi. Urush davomida biron yeridan o’k yeb, yaralanmagan Berrouzni yurak og’rig’i adoi tamom qildi. Keyinchalik uni Kaliforniyaga evakuatsiya qilishdi. Biroq boradigan, yashaydigan joyi yo’k edi. Edgar Berrouz urushdalik paytida ug’illari uning ranchosini sotishgan va har tomonga tarqab ketishgandi.

To’g’ri, yangi rancholardan bir nechtasini sotib olishga Berrouzning qurbi yetardi. Biroq yuqoridagi voqealardan so’ng butkul tushkunlikka tushgan 70 yashar yozuvchi xarob bir uychani sotib oldi. Yozuvchi shu uyda umrining so’nggi besh yilini tanholikda, ijod qilish bilan o’tkazdi.

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!