Mavjud saytni rivojlantirish

Saytni qaytadan to’liq o’zgartirib chiqish UniProfilega savdoni jonlantirishga yordam berdi. Bizning sinalgan usullarimiz  saytni marketing va texnik tomondan takomillashtirishni talab qildi. Zarur ishlar qilinganidan keyin natija hammani quvontirdi.

OQILA veb-studiyasi avvaldanoq bizga qanday yordam berishni bilardi. Ularning o’z ishlariga proffessional yondashishlari bizn uchun ham muvaffaqiyat yo’lini ochdi.

Elbek, profil ishlab chiqarish zavodi asoschisi

Uniprofile Kompaniya Web Sayti


Kompaniya haqida

UniProfile MChJ gipsokarton va alukobond uchun metall profillarning bir nechta turlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Ishga zamonaviy va yangicha yondashuvlari ularni raqobatchilaridan doimo bir qadam oldinda yurishlarini ta’minlaydi.
UniProfile korxonasi Yevropaning mashinasozlik, elektron avtomatlashtirish va robotlashtirish tizimlari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi eng yaxshi kompaniyalarining jihozlari bilan qurollangan.

Muammo

“Bizning veb – sahifamiz foyda olib kelmayapti”
UniProfile yetakchilari bizning veb-studiyamizga mana shu muammo bilan kelishgan edi. Doimiy ishlab turgan veb – sahifa olib kelayotgan natijalardan kompaniya rahbariyati norozi edi.
Haqiqatdan ham, tashkilot veb-saytini kuzatgan paytimizda, undan o’nlab kamchiliklar topdik. Sayt arxitekturasi,tuzilishi, dizayni va boshqa qismlari qayta ishlovga muhtoj edi. Qo’shimcha ravishda, biz SEO – targ’ibotini taklif qildik, chunki sayt rahbariyat istaganidek savdo hajmini oshirishi kerak edi.

Yechim

Taxminimiz bo’yicha, qilingan tuzatish ishlari 4 oydan so’ng biz ko’zlagan maqsadga yetishi kerak edi. Keyin esa saytni Googleda kompleks SEO strategiyasi bo’yicha rivojlantirish kerak edi.

Birinchi ikki oylikda biz sayt dizaynini qayta loyihalashtirishni maqsad qilgan edik. Nega-ki, saytning zamonaviy dizayni korxonaning ishlab chiqarish unumdorligi va sifatini to’la qonli aks ettira olishi kerak edi. Natijada biz raqobatchi korxonalardan ham ustun ajoyib dizayn yaratishga muvaffaq bo’ldik.
Dasturchilarimiz saytni foydalanuvchilar uchun tushunarli bo’lishiga imkon qadar harakat qildilar, bu nafaqat qulay, balki foydalanish samaradorligini ham oshirdi. Ya’ni, yozma matn ostida mijozlarni to’g’ridan-to’g’ri buyurtma berishga olib boradigan ichki havolalar joylashtirildi.
Kompaniyamiz yillar davomidagi tajribasi orqali qurilish va shu kabi ishlab chiqarish bozorlari bilan tanish edi. Asosiy ish saytni Google qidiruvi tizimining yuqori qismiga olib boradigan asosiy kalit iboralarni tanlash bilan boshlandi. Kopirayterlar jamoasi yozgan o’ziga xos reklama matnlari saytni yanada ma’lumotga boy va mazmunli qildi.

Natija

Qidiruv mexanizmlarni optimallashtirish usuli kompaniyaning mijozlar bazasini + 400% ga ko’payishiga olib keldi. Natijada biz nafaqat buyurtmalar sonini ko’paytirdik, balki doimiy xaridorlarning ishonchini qozondik. Kompaniya internet marketing afzalliklariga ishonch hosil qildi. Katta hajmdagi buyurtmalar oldi.

Saytni Googleda yuqoriga olib chiqilgach, saytga tashrif buyurganlar soni +375%, umumiy kuzatuvlar soni esa +212% gacha ko’tarildi. Yarim yildan ortiq qayta tuzatish ishlari kompaniya savdo faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatdi. Endi esa tashkilot mamlakatda shu soha bo’yicha yetakchi o’rinlarni egallagan.

OQILA BILAN ENG ZO’R HAMKORLIK

Hozirgi paytda web-sahifa yaratish juda oson. Ammo foyda keltiradigan sayt yaratish haqida bunday deya olmaymiz…
Bizning web-sayt yurg’izishda yuqori sifatli uslublarimiz mamlakatimizdagi yuzlab tashkilotlar tomonidan sinab ko’rilgan. Mijozlarimizda bizning usul yuqori samara bergan ekan, demak siz bilan shunday muvaffaqiyatli qadam takrorlanadi.
SEO haqida ko’proq bilib oling.