Tiyin - iqtisod yangiliklari uchun yaratilgan veb sayt

Tiyin.uz sayti - onlayn iqtisodiy jurnal, 2017-yilda Pharm Phone kompaniyasi buyurtmasiga asosan Oqila web studiyasida ishlab chiqilgan bo'lib, sayt jamoasining asosiy maqsadi moliyaviy, iqtisodiy va yuqori texnologiyalar olamida yurtimizda va dunyoda sodir bo'layotgan o'zgarishlar haqida dunyoning eng old jurnallaridan (Forbes, The Economist, Business Insider va boshqalar) iqtibos keltirgan holda xalqimizning iqtisodiy savodxonligini oshirishga qaratilgan.