“RustamProfil” Toshkent shahridagi tom yopish uchun qurilish mollari ishlab chiqaruvchilarning bozorida munosib o’rin egallaydi. Kompaniya o’z ishini boshlaganiga hali ko’p bo’lmagan. Shunga qaramasdan xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishda raqobatchi firmalardan ortda qolgani yo’q.
Korxona sifatli mahsulot ishlab chiqarishga alohida e’tibor beradi, chunki u xomashyo va ilg’or texnologiyalar uchun pulni ayamaydi. Korxonaning mahsolotlari butun binoning deyarli barcha qismlariga ishlov berishda ishlatiladi. Korxona hozirda tunikabond, profnastil hamda gipsokartonlar uchun profillar ishlab chiqaradi.
Kompaniya bozorda shunchaki mavjud bo’lishnigina emas balki unda yetakchi o’rinni egallashni ham xohlardi. “Rustam Profil” 2017 yilda o’z biznesini rivojlantirish maqsadida biz bilan shartnoma imzoladi. Korxona o’z ish faoliyatini endigina boshlagan va bizga murojaat qilgan edi. O’sha paytda bizning oldimizda bozorni to’liq o’rganish hamda raqobatchilardan kam bo’lmagan veb sayt yaratish vazifasi turardi. Bundan keyingi maqsadimiz esa veb-saytni qidiruv tizimlariga moslash hamda bozordagi barcha mavjud mijozlarni jalb qilish bo’ldi. Buning uchun biz bozor talablarini to’la o’rganib chiqishimiz lozim edi. Xaridorlar qidiruv tizimlari orqali izlashlari mumkin bo’lgan kalit iboralar to’plamini yig’ish va saytga shu iboralar sifatli joylanishi ta’minlanishi kerak edi. Shuningdek sayt dasturiy kodlari nuqsonsiz bo’lishiga ahamiyat berish zarur. Bu kabi amallarni to’g’ri yo’lga qo’yish orqali sifatli SEO natijalarni qo’lga kiritish mumkin bo’lardi.
Veb saytni yaratish jarayoni inoq jamoamizning mijozlar bilan samimiy munosabatini hisobga olgan holda juda oson kechdi. Biz o’z navbatida mijozimiz bilan do’stona aloqani yo’lga qo’ydik. Saytni yaratish bo’yicha barcha qarorlar dastlab mijoz tomonidan tasdiqlandi. Shu tariqa veb-sayt ko’plab xaridorlarning e’tiboriga tushdi.
Rejaga ko’ra, biz saytni Google qidiruv tizimi talablariga muvofiq kalit iboralar bo’yicha moslab chiqdik. Shu tariqa endilikda ushbu korxona taklif qilayotgan mahsulotlarni qidirayotgan xaridorlar “Rustam Profil» saytini topishlari mumkin.
Biz ishlab chiqqan Googleda uzoq muddatli reklama korxonaning savdoda yangi bosqichga olib chiqdi . Murojaatlarning soni hamda firma mahsulotlariga qiziqishlar soni sezilarli darajada oshdi va korxona yuqori zafarlarga erishdi.
Biz ishlab chiqqan strategiya natijasida yaratilgan sayt Googleda eng yaxshi qidiruvlar o’nligiga kira boshladi. Bunday muvafaqqiyatli ishlar natijasida profnastil ishlab chiqarish bo’yicha yangi tarmoq yo’lga qo’yishga qaror qilindi. Vaqtlar o’tsada korxona hanuzgacha bizning xizmatlarimizdan foydalanib kelmoqda va biror marta e’tirozlar kuzatilmadi.
Sizning maqsadlaringizni tushunadigan va sizni muvaffaqiyatli natijalarga olib boradigan sayt yaratuvchilarni topish hozirgi paytda qiyinligini tushunamiz. Ammo biz buni OQILA orqali amalga oshira olishingizga ishonamiz. Turli sohalar bo’yicha mutaxassislarga ega bir butun jamoamiz yagona mexanizmdek ishlaydi va sizning barcha talablaringizni qondirishga intiladi.
Agar siz biznesingizni yuqori darajaga ko’tarilish payti kelgani haqida bosh qotirayotgan bo’lsangiz, biz sizga SEO xizmatlarini taklif qilishdan xursand bo’lamiz!