«PROFI LEX» yuridik firmasi Toshkent shahridagi huquqiy muammolarni hal qilishda o’z tajribasiga ega eng yaxshi yuristlar jamoasidir. Ularning asosiy maqsadi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqiy himoyasi borasida yordam ko’rsatishdir.
Muammoli vaziyatlarda ularga murojaat qilib, o’zingiz uchun huquqiy himoyaga ega bo’lasiz. Jamoaning asosiy maqsadi – mijozlar ishonchi oqlay olish.
Jamiyat har doim muammolarni hal qilishning yangi va oson usullariga murojaat qiladi. Albatta, hozirgi kunda ushbu usul – Google. Yosh yuridik firma uchun Googledagi qidiruvda birinchi namoyon bo’lish mijozlarni jalb qilishning eng ishonchli usuli edi.
Veb saytlar esa qaysidir ma’noda mijozingizda sizga bo’lgan ishonchini uyg’otadi. Shuning uchun biz mijozimiz uchun avvalo sayt yaratish ni maqsad qildik.
Mutaxassislarmiz dastlab sayt tuzish bo’yicha texnik shartni ishlab chiqdilar. So’ng, yangi ochgan saytimizning har bir sahifasini internet marketing talablariga moslash jarayonini boshladik. Har bir xizmat turi uchun mos bo’lgan kalit iboralar yig’ilib, muammoga duch kelgan foydalanuvchiga tushunarli tilda yoritildi. Shu orqali turli xil huquqiy maslahatlar va xizmatlarni izlayotgan auditoriyani jalb qilishni maqsad qildik.
Birinchi oy davomida mamlakatimizda duch kelish mumkin bo’lgan asosiy muammolar o’rganilindi. Ushbu muammolarni o’z ichiga olgan matnlar bilan veb sahifalarmizni to’ldirdik. Ushbu vazifa bilan esa kopirayterlarimiz shug’ullanishdi. Veb saytga huquqiy muammolar va ularning yechimlari kiritildi. Saytni SEO orqali yurg’izayotganimizda biz hatto-ki, brend nomi kabi mayda narsalarga ham e’tibor berdik. Umumiy qilib olganda, SEO internet marketing strategiyasi shartnoma tuzilganidan bir necha oy o’tmasdanoq o’z natijasini ko’rsatdi.
PROFI LEX bizning ishonchli SEO targ’ibotimiz orqali yuqori natijalarga erishdi.
Jamoamiz tomonidan to’g’ri ishlab chiqilgan maketing rejasi sayt natijalarini Googlega 10 barobar yaxshiladi.
SEO matni ham tashrif buyuruvchilar saytda uzoqroq qolish vaqtiga ta’sir ko’rsatdi. Bunga veb sayt tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar mijozlar uchun qiziqarli ekanligi sabab bo’ldi. Yuridik agentlik o’zining ilk buyurtmalarini ola boshladi hamda buyurtmalar soni +95% ga oshdi.
OQILA va PROFI LEX hamkorligi shu qadar muvaffaqiyatli bo’lganidan, tashkilotlar o’rtasida yana bir shartnoma tuzildi. Faqat bu safar agentlik OQILA uchun yuridik xizmat ko’rsatib kelmoqda.
Biz sizning maqsadlaringiz asosida internet marketing strategiyasini ishlab chiqamiz.
Biz sizning yangi boshlagan ishingizni o’z sohangizda yetakchi o’ringa olib chiqamiz!
Bunday imkoniyatni raqobatchilaringiz qo’liga topshirmang!
Hoziroq biz bilan bog’laning !