Toshkentda SEO targ’iboti. Brending.

Yirik granit ishlab chiqarish korxonasi bizning SEO xizmatimizdan foydalandi

Saytga tashrif buyuruvchilar soni ko’payib, saytimning taniqliligi oshganidan so’ng, OQILA veb studiyasiga bekorga sarmoya kiritmagan ekanman degan fikrga keldim.

Muzaffar, kompaniya boshqaruvchisi

Kompaniya web sayti

Kompaniya haqida

“IMPERIAL-GRANIT” tarkibiga ikkita zavod kiradi: ulardan biri Toshkent viloyatida joylashgan “IMPERIAL-GRANIT”, ikkinchisi Andijon shahrida joylashgan “ANDIJON KOZIMJON MRAMORLARI”. Ularning faoliyati tabiiy tosh bloklarini qazib olish va omborlarga olib borib berishdan iborat. Ombordagi bloklarning bir qismi MDH davlatlariga eksport qilinadi. Mahalliy bozorga kesish va sayqallab chiqarish uchun qolgan bloklar “IMPERIAL – GRANIT” va “ANDIJON KOZIMJON MRAMORLARI” ga yuboriladi. Tayyor sifatli mahsulot eksportga chiqariladi, hamda mahalliy mijozlar uchun yetkazib beriladi.

MUAMMO

Albatta, IMPERIAL GRANIT mijozlarga ega bo’lgan. Ma’muriyat ham sanoqli buyurtmalardan qoniqar edi. Lekin veb sayt ochish tashkilotga bo’lgan ishonchni, hamda uning obro’si masalasida muhim ahamiyatga ega.
Granitga bo’lgan talabni oshirish bizning zimmamizda edi. Ammo, tajribamiz davomida bunday ma’suliyatli vazifalarni ko’p uchratmagan edik.

YECHIM

Ekspertlar guruhi raqobatdosh fabrikalarni sinchkovlik bilan o’rganib chiqdi. Tadqiqot natijalariga asosan, sayt aynan granit va marmar izlayotgan potentsial mijozlar uchun optimallashtirildi.
Kalit iboralar yig’ildi hamda matnga joylandi

NATIJA

“IMPERIAL – GRANIT” uchun sayt yaratish va har bir veb sahifa ustida seo optimizatsiya amalga oshirish natijasida qo’ng’iroqlar sonini 2 barobar oshdi. Shu orqali buyurtmalar soni ham oshdi.
Shuningdek, zavod hodimlari o’z sohasida mashhurlikka erisha olganlarini, hamda google kuzatuvlar +607% ga oshganini ta’kidladilar.

BIZNESINGIZNI BRENDGA AYLANTIRISHNI XOHLAYSIZMI?

Biz SEO targ’iboti orqali saytingizni va biznesingizni yetakchi o’ringa olib chiqamiz.

Bizga bog’laning.
OQILA – sayt yaratish, SEO orqali saytni targ’ib qilish xizmati