Appoloniya xususiy, ko’p tarmoqli klinika hozirgi kunda eng yaxshi tibbiyot markazlaridan hisoblanadi. Ushbu klinika diagnostika markazi bo’lib, u yerda o’z ishining ustalari faoliyat olib borishadi. Ko’p tarmoqli klinika jahon talabiga javob beradigan qilib jihozlangan. Bu esa barcha uchun ham qulaylik yaratadi.
SEO targ’iboti haqida tushunchaga ega bo’lgan klinika rahbari reklama uchun kerakli mablag’ ajratishga tayyor edi.
Avvaldanoq Apolloniya bizdan mukammal hamda yuqori sifatli sayt istagan edi. Marketing strategiyasiga ega bo’lmagan klinika, bizning SEO targ’ibotimizga qiziqib qolishdi. Ushbu qaror nafaqat ular veb saytini Googleda yetakchi o’ringa chiqarishni ta’minladi, balki ularni reklama uchun ketadigan ortiqcha harajatlardan ham ozod qildi.
Atrofda xususiy klinikalar ko’payib ketgan bir paytda bu topshiriq qiyinga o’xshab ko’rinardi. Biroq, raqobatchilarni ortda qoldirish OQILA veb studiyasi tomonidan oson bajarildi.
Toshkent shahrida klinikalar ko’p. Ular orasidagi raqobat ham yaxshigina shakllanib ulgurgan. Bu bozorga muvaffaqiyatli kirib borish qiyindek edi. Shunga qaramay saytni Googleda yuqoriga olib chiqish orqali xaridorlar e’tiboriga tushish mumkinligini tushunardik.
Apolloniya veb saytining dizayni har bir xizmat uchunbalohida yondashuvli, mijozlarni jalb qiluvchi veb dizaynda ishlab chiqildi. Shu orqali bemorlar klinikada qanday uskunalardan foydalanilishi va natija qanday bo’lishi haqida tasavvurga ega bo’lishar edi.
Shunday qilib, biz saytga kirgan har bir bemorning ishonchini qozonishga va murojaatlar sonini oshirishga harakat qildik.
SEO targ’iboti orqali sayt tarkibiga kalit iboralarni kiritdik. Shu bilan birga, saytni foydalanish uchun qulay va oson qildik.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, veb-saytni yuritish uslubimiz klinikaga bemorlarni juda katta miqiyosda jalb qilishga yordam berdi. Masalan, biz ishlab chiqqan saytga ish boshlangandan so’ng tashriflar soni + 4900% ni tashkil etdi. Klinikaning dastlabki bemorlarining barchasi SEO reklamamiz ortidan tashrif buyurishdi.
Butun ikki yil davomida klinika asosiy mablag’i bizning SEO targ’ibotimiz ortidan keldi. Va hali hanuz sayt Googleda yetakchi o’rinda turadi. Ushbu natijalar dastlabki taxminlarimizdan ham a’lo bo’ldi.
Agar veb-saytingizga tashrif buyuradiganlar soni sizni qoniqtirmasa yoki yangi munosib veb-sayt yaratmoqchi bo’lsangiz, OQILA sizga bu borada yordam beradi.
O’zimizning yillar davomidagi tajribamiz orqali sizning biznesingiz ravnaq topishiga yordam beradigan tizimni yarata olamiz.
Apolloniya klinikasi bizda juda minnatdor bo’lgan mijozlarimizdan biridir. Barcha ish namunalarimiz bilan albatta tanishib chiqing.