Eng arzon elektromobillar narxlari [2025-yil]


Top-10 reyting

Yangi elektromobil olmoqchisiz, lekin narxlarning «osmon»ligidan asabiylashyapsizmi? OQILA jamoasi sizga O‘zbekiston bozoridagi eng arzon narxdagi elektromobil modellari haqida ma’lumotlarni to‘plab qo‘ydi.

  1. JAC iEV6E

    JAC iEV6E — O‘zbekiston bozoridagi eng arzon elektromobillardan biri. 45 kVt quvvatli motor, 61 ot kuchi va 102 km/soat yuqori tezlikka ega. Bitta zaryadda 310 km yurish masofasini ta’minlaydi — shahar ichi va qisqa masofali safarlar uchun qulay tanlov.

    Narxi: $12,000

    Yurish masofasi: 310 km

  2. Changan BenBen E-Star

    Changan BenBen E-Star 55 kVt quvvatli motor va 75 ot kuchiga ega, 125 km/soatgacha tezlashadi. 31.2 kWh sig‘imli batareyasi 310 km yurish masofasini ta’minlaydi, 0 dan 100 km/soatgacha 12 soniyada yetadi.

    Narxi: $14,500

    Yurish masofasi: 310 km

  3. BYD Seagull Full

    BYD Seagull Full 55 kVt motor va 75 ot kuchi bilan 130 km/soat tezlikka yetadi. 38.8 kWh batareyasi 405 km masofani bosib o‘tishga yetadi, tezlanishi esa atigi 9.5 soniya — ixcham va tejamkor elektromobil.

    Narxi: $16,000

    Yurish masofasi: 405 km

  4. Geely Emgrand EV500

    Geely Emgrand EV500 — 150 kVt quvvat va 160 ot kuchiga ega sedan. 140 km/soatgacha tezlashadi, 53.1 kWh batareyasi esa 400 km yurish masofasini ta’minlaydi — oilaviy foydalanish uchun munosib tanlov.

    Narxi: $19,000

    Yurish masofasi: 400 km

  5. Hongqi E-QM5

    Hongqi E-QM5 150 ot kuchiga ega bo‘lib, 130 km/soat tezlikka yetadi. 54 kWh sig‘imli batareyasi 436 km yurish masofasini ta’minlaydi, 0 dan 100 km/soatgacha 10.7 soniyada tezlanadi.

    Narxi: $21,000

    Yurish masofasi: 436 km

  6. GAC Aion S580

    GAC Aion S580 100 kVt motor va 136 ot kuchi bilan 140 km/soat tezlikka chiqadi. 58.8 kWh batareyasi 460 km yurish masofasini ta’minlaydi — uzoq masofali safarlar uchun qulay elektromobil.

    Narxi: $22,000

    Yurish masofasi: 460 km

  7. Volkswagen ID.4 Crozz

    Volkswagen ID.4 Crozz 170 kVt quvvat va 204 ot kuchiga ega krossover. 84.8 kWh batareyasi 600 km yurish masofasini ta’minlaydi, 150 km/soatgacha tezlashadi va 8.5 soniyada 100 km/soatga yetadi.

    Narxi: $26,500

    Yurish masofasi: 600 km

  8. BYD Song Plus Champion

    BYD Song Plus Champion 135 kVt motor va 197 ot kuchi bilan 200 km/soatgacha tezlashadi. 87 kWh batareyasi 605 km yurish masofasini ta’minlaydi, tezlanishi esa 8.3 soniya — sport krossover segmentida kuchli raqobatchi.

    Narxi: $32,100

    Yurish masofasi: 605 km

  9. Tesla Model 3

    Tesla Model 3 — 264 kVt quvvat va 486 ot kuchiga ega premium sedan. 261 km/soatgacha tezlashadi va 0 dan 100 km/soatgacha bor-yo‘g‘i 4.4 soniyada yetadi. 78.4 kWh batareyasi 629 km yurish masofasini ta’minlaydi.

    Narxi: $40,000

    Yurish masofasi: 629 km

  10. BMW i3 eDrive 35l

    BMW i3 eDrive 35l 210 kVt quvvat va 286 ot kuchiga ega. 180 km/soatgacha tezlashadi, 0 dan 100 km/soatgacha 6.2 soniyada yetadi. 70 kWh batareyasi 526 km yurish masofasini ta’minlaydi.

    Narxi: $45,000

    Yurish masofasi: 526 km

Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan paytda elektromobillarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bunga sabab, ularning ekologik tozaligi, quvvatlanishning qulayligi, boshqarishning osonligi va hokazo. Ushbu reytingda OQILA jamoasi O‘zbekiston bozoridagi eng arzon elektromobillar ro‘yxatini tuzib chiqdi (narxlar o‘zgarishi mumkin).

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!