Farzandingiz uchun eng chiroyli nomlar ro’yxati



Chiroyli ism tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerak ?

Bu hech kimga sir emaski, har bir inson farzand ko’rgach, u o’z farzandiga eng chiroyli ism tanlashga oshiqadi. Asosan, ism qo’yganda, ismning ma’nosiga katta ahamiyat berishadi, chunki, bola o’sha ismga loyiq bo’lib shakllanib voyaga yetishini istashadi. Masalan, qizlar uchun hozirgi zamonda mashxur bo’lib kelayotgan ismlardan biri, bu Imona, bu ismning ma’nosi imoni, e’tiqoti mustahkam degan ma’noni anglatadi, bundan kelib chiqadiki, shu ismning egasi bo’lgan qizaloq iymonli va e’tiqodli bo’lib ulg’ayishini xohlashadi. Bundan bilsa bo’ladiki, azaldan, ismi jismiga mos degan ibora shu yerda o’z aksini topdi.

O’gil bolalarga eng ko’p qo’yiladigan ismlar !
Muhammad, Mustafo, Imron, Ali.

Ayniqsa, chiroyli ism tanlash islomda farzdir!

Farzand dunyoga kelgach, unga chiroyli va jarangdor ism qo’yish har bir ota-onaning vazifasidir. Zero, ism kishi hayoti davomida unga har jihatidan ta’sir o’tqazishi bor. Ism tanlashda obdon o’ylab, keyin qo’yish kerak, bu bilan nima demoqchiman, bola ulg’aygach unga qo’yilgan ismidan uyalmasligi, aksincha o’ziga yoqishi lozim.

Islomiy nuqtai nazaridan qaraganda, bolaga islomiy ism qoyish to’g’ri hisoblanadi, islomiy bo’lmagan ismlar qat’iyan man etiladi. Abu Dovud Abu ad-Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Albatta, sizlar qiyomat kunida o‘z ismlaringiz va ota-bobolaringizning ismlari bilan chaqirilursizlar. Shunday ekan, bolalarni chiroyli ismlar bilan chaqiringlar!”.

Qiz bolalarga eng ko’p qo’yiladigan ismlar !
Imona, Mubina, Madina, Muslima, Soliha.

Kop insonlar o’g’il farzandi uchun quyidagi chiroyli ismlarni qo’yishni afzal ko’rishadi:

Muhammad ( maqtovga, olqishlarga sazovor).

Abdullah (Allohning quli, suyukli bandasi).

Ali (eng yuksak, eng ulug’, oliy, yuqori martabali).

Ibrohim (xalqlar otasi).

Ismoil (Allohdan so‘rab olingan, Alloh tuhfa qilgan bola) va shunga o’xshagan ko’pgina ismlar mavjud.

Statistika ma’lumotlariga qaraganda, O‘tgan yilda quyidagi ismlar eng ko‘p qo‘yilgan.
O‘g‘il bolalar:
Muhammadali (11 521);

Mustafo (10 756);

Abdulloh (8 339);

Imronbek (8 244);

Muhammad (5 659).

Qiz bolalar:
Soliha (12 703);

Muslima (8 365);

Imona (7 418);

Mubina (6 148);

Shukrona (5 964).

Internet reklama va Dasturlash xizmatlari

Kettik!