Kichik biznes

4,500,000
so'mdan / oyiga
6 oy mehnat qilinadi

33% Ramazon chegirmasi

3,000,000

  • 40 ta kalit ibora

  • Googleda saytni birinchi 10talikka chiqishiga kafolat beramiz yoki pulni qaytarib beramiz

  • Cluster 2.0TM
  • Faqat daromad keltiradigan iboralarni topish usuli

O’rta biznes

6,000,000
so'mdan / oyiga
6 oy mehnat qilinadi

33% Ramazon chegirmasi

4,000,000

  • 80 ta kalit ibora

  • Googleda saytni birinchi 10 talikka chiqishiga kafolat beramiz yoki pulni qaytarib beramiz

  • Cluster 2.0TM
  • Faqat daromad keltiradigan iboralarni topish usuli

Katta biznes

10,000,000
so'mdan / oyiga
6 oy mehnat qilinadi

50% Ramazon chegirmasi

5,000,000

  • 160 ta kalit ibora

  • Googleda saytni birinchi 10 talikka chiqishiga kafolat beramiz yoki pulni qaytarib beramiz

  • Cluster 2.0TM
  • Faqat daromad keltiradigan iboralarni topish usuli

SEO nima ?

O’zbekistonda 31 milliondan ortiq internet foydalanuvchisi bor. Ularning har biri o’ziga kerakli bo’lgan mahsulot yoki xizmatni Google orqali qidiradi. Aslida ular sizning bo’lajak xaridorlaringiz.

Bunday qidiruvlar kuniga minglab bo'ladi. Ammo odamlar saytingizni topa olishmaydi! Chunki sayt SEO qilinmagan. Va aksincha, mahsulot yoki xizmatni qidirganda saytingizni birinchi 10talikka chiqarish SEO deyiladi.

Masalan, "profil narxlari" yoki "stomatologiya toshkent" deb qidirganda sayt Googleda birinchi o’ringa chiqsa, hamma o’sha saytga kiradi. Natijada saytga tashriflar, qo’ng’iroqlar, buyurtmalar soni va albatta daromad oshadi.

Biznesingizni kalit so'zlar bilan tanishtiring

Potentsial mijozlar sizni topa olishlarini istagan so'zlarni kiriting, biz har doim sizga yordam berishdan va maslahat berishdan mamnunmiz.

banner
Ключевые слова

+1886

Mamnun Mijozlar

3 yillik

Davomiy SEO Natija

73.3%

Buyurtmalar Google Orqali

2016

Yildan Buyon Barqaror Xizmat Ko'rsatamiz

Mijozlarimiz SEO tufayli Googledan daromad topishyapti

SEO reklamaning asosiy ustunligi?

1 martalik sarmoya
3 yillik reklama

Mijozlarimiz natijalariga ko’ra, SEO ga sarflangan sarmoya 9:1 nisbatda qaytadi. Ularning 73.3% buyurtmalari shundan. Buning sababi, sayt Googleda yuqoriga ko’tarilgach, u o’rnini osonlikcha yo’qotmaydi.

Shu paytgacha SEO qilgan saytlarimizni kuzatib, shuni aytishimiz mumkinki, saytlar kamida 3 yil yuqori o'rinlarda turadi. Undan ham uzoqroq turishi mumkin.

Ortiq bu ishni kechiktirmayman

SEO shunday qudratli kuchki, u kichik ishni katta biznesga aylantiradi

OQILA SEO xizmati narxlari

Biz uchun ochiq-oydinlik juda muhim. Siz nima uchun pul to’layotganingizni va biz nimalar qilishimizni aniq bilishingiz kerak.

Kichik biznes O’rta biznes Katta biznes

Googlega moslanadigan jami kalit iboralar soni

40 80 160

Biznesingizni tahlil qilish

Sayt texnik tahlili va uning natijasi asosida tuzatishlar

Daromad olib keladigan kalit iboralar

Mahsulot yoki xizmatingizni odamlar qaysi so’zlar bilan qidirayotganini aniq statistika orqali tahlil qilamiz va siz uchun foydali bo’lganlarini tanlaymiz.

Cluster 2.0TM Cluster 2.0TM Cluster 2.0TM

Mijozni jalb qiladigan matn yozish

Copywriting

10 sahifa 16 sahifa 20 sahifa

Saytni boshqa axborot vositalarida targ’ib qilish

3 ta / har chorakda 6 ta / har chorakda 12 ta / har chorakda

Saytga tashriflarni, qo’ng’iroqlarni, buyurtmalarni kuzatib borish va hisobot taqdim etish

Oylik sarmoya narxi

6 oy mehnat qilinadi

4,500,000 6,000,000 10,000,000

Savollar bormi? Qo'ng'iroq qiling!


(55) 506-01-62
Ishni boshlash Ishni boshlash Ishni boshlash
Googlega moslanadigan jami kalit iboralar soni 40
Biznesingizni tahlil qilish
Sayt texnik tahlili va uning natijasi asosida tuzatishlar
Daromad olib keladigan kalit iboralar
Mahsulot yoki xizmatingizni odamlar qaysi so’zlar bilan qidirayotganini aniq statistika orqali tahlil qilamiz va siz uchun foydali bo’lganlarini tanlaymiz.
Cluster 2.0TM
Mijozni jalb qiladigan matn yozish
Copywriting
10 sahifa
Saytni boshqa axborot vositalarida targ’ib qilish 3 ta / har chorakda
Saytga tashriflarni, qo’ng’iroqlarni, buyurtmalarni kuzatib borish va hisobot taqdim etish
Oylik sarmoya narxi
6 oy mehnat qilinadi
4,500,000
Googlega moslanadigan jami kalit iboralar soni 80
Biznesingizni tahlil qilish
Sayt texnik tahlili va uning natijasi asosida tuzatishlar
Daromad olib keladigan kalit iboralar
Mahsulot yoki xizmatingizni odamlar qaysi so’zlar bilan qidirayotganini aniq statistika orqali tahlil qilamiz va siz uchun foydali bo’lganlarini tanlaymiz.
Cluster 2.0TM
Mijozni jalb qiladigan matn yozish
Copywriting
16 sahifa
Saytni boshqa axborot vositalarida targ’ib qilish 6 ta / har chorakda
Saytga tashriflarni, qo’ng’iroqlarni, buyurtmalarni kuzatib borish va hisobot taqdim etish
Oylik sarmoya narxi
6 oy mehnat qilinadi
6,000,000
Googlega moslanadigan jami kalit iboralar soni 160
Biznesingizni tahlil qilish
Sayt texnik tahlili va uning natijasi asosida tuzatishlar
Daromad olib keladigan kalit iboralar
Mahsulot yoki xizmatingizni odamlar qaysi so’zlar bilan qidirayotganini aniq statistika orqali tahlil qilamiz va siz uchun foydali bo’lganlarini tanlaymiz.
Cluster 2.0TM
Mijozni jalb qiladigan matn yozish
Copywriting
20 sahifa
Saytni boshqa axborot vositalarida targ’ib qilish 12 ta / har chorakda
Saytga tashriflarni, qo’ng’iroqlarni, buyurtmalarni kuzatib borish va hisobot taqdim etish
Oylik sarmoya narxi
6 oy mehnat qilinadi
10,000,000

Savollar bormi? Qo'ng'iroq qiling!


(55) 506-01-62

Qolganini mijozlarimizdan eshitsak

Mijozlar soni 95%ga oshdi

O’z shaxsiy ishimni endi yo’lga qo’ygan edim. Yuridik tajribam yaxshi, o’zimga ishonchim katta. Ammo yangi biznes uchun mijozlarni qanday topishga juda o’ylanib qoldim.

Bir kuni bir tanishim ishlab chiqarayotgan mahsulotlari uchun butunlay yangicha yo’l orqali mijozlar topayotganini aytdi. Boshida rosa ikkilanib, so’ng tanishim aytgan reklama agentligiga uchradim.

OQILA kompaniyasiga rahmat! Ular meni davomiy mijozlar oqimi bilan ta’minlashdi. Boshqalarga ham ularni doim tavsiya qilib yuraman.

Dildora, Yuridik xizmatlar agentligi asoschisi

Daromadning 85% shundan

Kompaniyamiz qurilish uchun qadoqlash qoplari va sement yetkazib berish bilan shug’ullanadi.

Biz internet marketing bilan shug’ullanadigan ko’plab firmalar bilan ishlab ko’rganmiz.

Hozirda internet reklama bo’yicha faqat OQILA bilan ishlaymiz. Ular o’z ishlarining ustalari. Barchaga tavsiya etaman.

Aziakraft kompaniyasi marketologi

80% daromad shundan

OQILA reklama agentligi bilan hamkorligimiz juda barakali keldi. 3 yildan buyon buyurtmalar tinmaydi. Daromadimizning 80% shundan. Mijozlarimiz safi ancha kengaydi.

Agar siz ham SEO xizmat izlayotgan bo’lsangiz, OQILA kompaniyasini tanlang!

Elbek, profil ishlab chiqarish zavodi asoschisi

Siz sayt yaratdingiz, ammo sayt orqali kutilgan mijozlar siz tomonga yog’ilmayaptimi?

Web sayt yaratish uchun sarflangan pul havoga sovurildi, deb o’ylashga shoshilmang! Chunki, SEO ishning ko’zini bilgan tadbirkorlarning asosiy quroli bo’lgan zamonda yashayapsiz.

Biz sizga saytingizni daromad va mijozlar oqimining asosiy darvozasi qilish taklifini berdik!

Saytni Ishga Solish

Kafolatlangan reklama natijasi
Aks holda pulingizni qaytarib beramiz

Mutaxassis bilan bog'lanish

SEO mening biznesimga kerakmi?

Bugungi kunga kelib, SEO internet marketingda eng daromad keltiradigan #1 raqamli yo’nalishga aylandi. 68% xaridlar Google orqali qidiruvdan boshlanadi.

Shularni hisobga olgan holda, OQILA reklama agentligi barcha tadbirkorlarga SEO xizmatini taklif qiladi. Shu paytgacha SEO qilib bekor qildim degan mijozlarni ko’rmadik. Shuning uchun ham SEO sizning biznesingizga ham kerakligini biz aniq bilamiz.

Qanday kafolat bor?

Aslida Googlening birinchi o’rnida sizning saytingizni mixlab qo’yamiz deb kafolat berishning o’zi mantiqsizlik. Chunki Google kompaniyasi bizning qo’limizda emas. U o’zi xohlagancha qidiruv natijalarini chiqaradi.

Biz saytingizda shu paytgacha ish bergan hamma amallarni bajaramiz va natijani kutamiz, ya’ni Googlening bunga bo’lgan munosabatini.

Bizning qo’limizdan keladigani tanlagan tarifingizdan kelib chiqib oldindan kelishilgan iboralar bo’yicha saytingizni birinchi 10 talikka kiritishga va’da (kafolat) berish. Agar shu vazifani bajara olmasak, pulingizni qaytarib beramiz. Bu shartnomaga ham kiritiladi.

Kafolat biz bilan birinchi marta hamkorlik qilayotgan bo’lsangiz, siz uchun qo’shimcha ishonch vazifasini bajaradi. Lekin shu paytgacha biror mijozmizga va’da qilgan natijani ko’rsata olmasdan pulni qaytargan holatimiz bo’lmagan.

Ko’pincha, aniqrog’i 90% holatda, va’da qilingandan ko’proq iboralar bo’yicha sayt yuqoriga chiqadi. Asosiysi natija daromadda ko’rinadi.

Qancha kutish kerak bo’ladi?

SEO vaqt talab qiladigan ish. Sizdan esa sabr talab qilinadi. Birinchi 3 oyda saytning Googleda ko’rinishi ancha yaxshilanadi. Kelishilgan jami iboralarning 60 – 70% Googlening 1 – sahifasidan 10 – sahifasi oralig’ida ko’rina boshlaydi.

5-6 oylarga kelib, ko’p so’zlar birinchi sahifaga chiqadi va biz aytayotgan natijada sezila boshlaydi. Ba’zida bu tezroq, ba’zida sekinroq kechadi. Agarda sizda internet do’kon bo’lsa vaqt olishi mumkin, biroq siz aynan bir hudud uchun yo’naltirilgan biznesingiz bo’lsa, unda ish tezroq bitadi.

OQILA reklama agentligi bilan hamkorlikdan qanday manfaat bor?

  • Aniq natijaga ega bo’lasiz;
  • Natijaga kafolat bor, aks holda pulingizni qaytaramiz;
  • Narx va muddat ochiq-oydin keltirilgan. Yashiradigan hech narsamiz yo’q;
  • Xizmatlarimiz nimalardan iborat ekani jadvalda aniq berilgan;
  • Qanday boshqichlarda ish bajarilishi quyida batafsil keltirilgan;
  • Hech qanday yashirin xarajatlar yo’q;
  • Sizda ortiqcha savolga o’rin qolmaydi. Ikkalamizning ham vaqtimiz behuda sarflanmaydi.

Qidiruv tizimi nima?

google seo

Google, Bing, Yahoo, Baidu, Yandex, DuckDuckGo kabi saytlar. O’zbekistonda va butun dunyoda ham shulardan end ko’p ishlatiladigani bu Google.

Kalit ibora nima?

keyword kalit ibora

Bir oyda 10 martadan ortiq Google orqali qidiriladigan, bittadan ortiq so’zdan tashkil topgan ibora kalit ibora deyiladi.

Kalit iboralarga misollar: «ishlab chiqarish uskunalari narxlari», «bolalar kiyimlari», «bo’yoqlar sotib olish».

Sayt qancha ko’p kalit ibora bo’yicha birinchi sahifaga chiqsa, shuncha daromad ko’payadi. Albatta, har bir kalit ibora bo’yicha saytni birinchiga olib chiqish SEO mutaxassisdan mehnat talab qiladi. Shuning uchun narx iboralar soniga bog’liq.

Qidiruv soni nima?

qidiruv soni search volume

Berilgan hudud, masalan, O’zbekiston yoki Buxoroda bir oyda berilgan ibora o’rtacha necha marta Google orqali qidirilishi soni. Ushbu son Google kompaniyasi tomonidan rasman taqdim etilgan maxsus dastur orqali aniqladi va u oxirgi 12 oydagi sonlarning o’rta arifmetigiga teng.

Qidiruv natijasi nima?

serp qidiruv natijasi

Ibora bo’yicha qidirilganda tizim beradigan natijalar yoki ular joylashgan sahifalar. Har bir sahifada 10 ta sayt joylashadi.

Sayt o’rni nima?

Ibora bo’yicha qidirilgan natijadagi saytning o’rni. Eng yuqori o’rin 1 ga teng. Masalan, sayt 2-sahifaning 4-o’rinda chiqsa, demak, u 14-o’rinda chiqyapti.

Birinchi 10 talik nima?

Qidiruv natijasining 1-dan 10-o’ringacha bo’lgan istalgan bitta o’rin. Bu aslida qidiruv natijasining birinchi sahifasi.

Nechinchi o’rinda chiqish eng foydali?

Albatta, ko’pchilik birinchi 3 natijaga bosadi. Jahon statistikasi shuni ko’rsatdiki, masalan, ibora bir oyda 100 marta qidirilsa 31.73% odam 1-o’rindagi saytga bosadi. Quyidagi rasmda birinchi 10 ta o’rinning ustiga bosilish ulushi keltirilgan.

Ko’rinib turibdiki, sayt 5-o’ringa ko’tarilganda tashriflar keskin oshadi. Xuddi shunday hol 3-o’rinda ham kuzatiladi.

Saytimni qanday SEO qilasizlar?

Ko’pchilik web sayt yaratish jarayonida SEOni inobatga olishadi. Ammo yangi saytmi, yoki ko’p yillik, internet do’konmi yoki bir sahifalik web saytmi, barchasiga alohida e’tibor bilan ishlash kerak. Malakali xodimlarimiz doimiy izlanishda va ular kun sayin ish uslubimizni yaxshilab borishadi. Chunki internet reklamada 1 yil oldingi usul bugun ishlamaydi.

Biror ibora qidirilganda, Google saytlarni 200 ga yaqin me’zonlar bo’yicha baholab, so’ng eng yuqori baho olganlarni birinchiga chiqaradi. U saytlar dizaynlaridan tortib Demak, biz saytingizni mana shu talablarga moslaymiz.

Ushbu amallar bosqichma bosqich oyma-oy bajariladi. Asosan quyidagi bosqichlardan iborat.

Biznes tahlil

SEO qilishda birinchi bo’lib:

    • Kompaniyangiz yo’nalishi,
    • Uning tarixi, xodimlar soni, ish uslubi,
    • Mahsulot va xizmatlaringiz ro’yxati,
    • Xaridorlaringiz kimligi, hajmi, ijtimoiy guruhi,
    • Raqobatchilaringizning ustunliklari va kamchiliklari

kabi ma’lumotlarni to’playmiz. So’ng saytingiz eng yuqori natijani ko’rsatishi uchun qilinadigan ishlar rejasini tuzamiz. Qo’ldan kelgan barcha sinalgan amallarni bajaramiz. Natija esa, doimiy mijozlar oqimi.

Kalit iboralarni to’plash va saralash

Sifatli tashrifchilarni saytga tortish eng muhim vazifa. Xayriyatki, mutaxassislarimiz bu ishni san’at darajasiga olib chiqishdi. Natija esa Cluster 2.0TM uslubi.

Hamma kalit ibora ham daromad olib kelavermaydi. Masalan, oyiga 10,000 marta qidiriladigan iboralar bor, lekin u bo’yicha birinchiga chiqqan bilan saytga kirganlardan hech kim buyurtma bermaydi yoki qo’ng’iroq qilmaydi.

Cluster 2.0TM – OQILA SEO kompaniyasining ko’p yillik tajribalari natijasida ishlab chiqilgan algoritm bo’lib, u haqiqatdan daromad olib keladigan iboralarni aniqlaydi.

Demak, sizda saytini SEO qilmagan biznes egalariga qaraganda ustunlik bo’ladi. Chunki ular har bir tashrif uchun Googlega $2 to’lashadi.

Saytni texnik moslash

Google me’zonlarining yarmi saytning texnik holatini baholaydi. Bu talablarga web dizayn qulayligi, meta sarlavhalar, sayt tuzilishi va hokazolarni misol qilish mumkin. Ammo web sayt yaratish jarayonida mayda detallarga ahamiyat berilmagan bo’lishi mumkin.

OQILA kompaniyasining xizmatlari saytni SEO (texnik) tahlil qilish va uning natijasida saytni tuzatib chiqishni o’z ichiga oladi.

Zamonaviy veb dizayn, saytning mobil shakli, varaqlashga qulay sayt tuzilishi, qo’yingki, barcha ikir-chikirlarga mehnat sarflanadi.

Matnlar yozish

Xo’sh, saytingizni yuqoriga olib chiqdik, unga odamlar ham kiryapti. Endi xizmatingizni yoki mahsulotlaringizni sotish kerak. Uning uchun kopirayting (reklama matnlari) orqali bajarish mumkin. Biroq bu oddiy tekstga o’xshamaydi. Buni malakali kopirayterimiz yozgan mijozni jalb qiluvchi SEO matnlar bajaradi.

Bu ham alohida san’at bo’lib, uni faqat tajribali kishi, kopirayting sohasini chuqur o’rgangan odam yozgani ma’qul. Bizda bu ishni malakali kopirayter va jurnalistlar bajarishadi.

Saytni boshqa axborot vositalarida targ’ib qilish

Saytning ichki unsurlaridan tashqari, u haqida boshqa axborot vositalari nima fikr bildirayotgani SEOda muhim o’ringa ega. Bu sohada ham OQILA SEO kompaniyasi katta hajmda ish olib boradi.

Natijada siz haqingizda boshqa saytlarda ham ma’lumotlar paydo bo’ladi. Buni pullik reklama bannerlari yoki e’lonlar bilan adashtirmaslik kerak. Targ’ibot deganda haqiqatdan qimmatli ma’lumotning boshqa axborot vositalarida chop etilishi nazarda tutiladi va ular sizning saytingizni manba qilib ko’rsatishadi.

Natijalarni sinovdan o’tkazish

Saytga tashriflar boshlangandan keyin, biz ular qaysi tugmalarni ko’proq bosayotganini, nima ularga yoqmayotganini sinovdan o’tkazamiz. Xatolarni tuzatamiz.

Har oy so’ngida saytning Googleda ko’rinish darajasini, tashriflar, qo’ng’iroqlar va buyurtmalar soni haqida hisobot tayyorlab, sizga jo’natib turamiz.

OQILA internet reklama agentligi bilan hamkorlikda siz doim jarayondan xabardor bo’lib turasiz.

Shu ishlarni o’zim qilsam bo’lmaydimi?

SEO qilishni osh pishirish deb tasavvur qilsak, biz sanab o’tgan bosqichlar xuddi oshga go’sht, guruch, sabzi, piyoz, yog’ kerak degandek gap. Buni bilish hali mazali osh pishirish degani emas. Haqiqiy natija olib keladigan SEOni o’rganish uchun mutaxassislarimiz kamida 10 yil sarflashadi.

Albatta, siz ham buni o’rganishingiz mumkin. Bu mavzuda kitoblar va internet manbalar yetarli. Bemalol bu sohani mukammal egallashingiz mumkin: https://moz.com/help.

Ammo, agar siz tadbirkor bo’lsangiz, butun fikringizni ishga qaratib, SEOni ustalariga, ya’ni OQILA reklama agentligiga qoldirgan ma’qul.

Biz bilan bog’laning