OQILAdan internet magazin dizayn kafolati, aks holda pulingizni qaytaramiz!

Ayni vaqtda onlayn savdo uchun qulay palla boshlangan. OQILA sinalgan usullar bilan elektron do‘kon targ‘ibotini amalga oshiradi, uning texnik sifatlarini rivojlantiradi. Bular esa ko‘p marta mijozlarimizni istalgan maqsadga olib borgan, daromad ko‘rsatkichlari oshgan.

Bizning xizmatlar haqida hoziroq batafsil bilib oling, operatorlarimiz sizga kerakli yo‘l-yo‘riq hamda maslahat berishdan mamnun bo‘lishadi!

Kichik biznes

14,469,000
so'mdan

50% Ramazon chegirmasi

1,750,000

    1 yillik bepul hosting

O'rta biznes

22,534,000
so'mdan

40% Ramazon chegirmasi

10,000,000

    1 yillik bepul hosting

Katta biznes

34,313,000
so'mdan

40% Ramazon chegirmasi

13,600,000

    1 yillik bepul hosting

Bizning ko‘p yillik mehnatimiz

Biz uchun ochiq-oydinlik juda muhim. Siz nima uchun pul to’layotganingizni va biz nimalar qilishimizni aniq bilishingiz kerak.

Imkoniyatlar Kichik biznes O'rta biznes Katta biznes

Sarmoya narxi (so’m)

14,469,000 22,534,000 34,313,000

Sahifalar soni

15 ta 25 ta 35 ta

Dizayn darajasi

Yuqori Yuqori Yuqori

Saytning mobil shakli

Saytning boshqaruv markazi

Sayt tillari soni (o’zbek/rus)

- - 1 ta

Telegramga ulangan buyurtma formasi

1 yillik bepul hosting

Savollar bormi? Qo'ng'iroq qiling!


(55) 506-01-62
Ishni boshlash Ishni boshlash Ishni boshlash

Mijozlarimiz fikri

Kosmetika do‘koni

Odatiy bozorda raqobat kuchli bo‘lgani uchun onlayn savdo uchun veb-sayt kerak edi. Sayt yaratish bo‘yicha OQILA kompaniyasiga murojaat qildim, u mahsulotlarimni joylashtirish uchun internet-do‘kon yaratib berdi.

Bugun savdo aylanmasi bir necha karra oshgan, OQILAga rahmat!

Ahmadullo, Kosmetika do‘koni rahbari, Toshkent

Ta’minot quvurlari ishlab chiqarish kompaniyasi

Yirik ishlab chiqarish katta ma’suliyat degani, tikkan pulimni xavf ostida qoldirmaslik uchun elektron do‘kon yaratuvchi nufuzli kompaniya qidirdim.

Saytlar bilan ishlovchi OQILA studiyasi oliy toifada xizmat ko‘rsatdi, va’da qilingan natijani ko‘p kutmadim ham. Buning uchun ulardan minnatdorman!

Abbos, Kompaniya asoschisi, Jizzax

Maishiy texnika do‘koni

Internet texnika savdosining onlayn platformalariga to‘la, meni ham internet do‘kon ochish fikri qiziqtirib qoldi.

Veb-studiya professional ekan, internet-do‘kon narxi ham menga ma’qul keldi. Katta raxmat, ular o‘z ishini bilishadi.

Afzal, Kompaniya ish boshqaruvchisi, Buxoro

Bu kabi internet do‘kon (magazin) ochish narxi qancha?

Sahifalar soni

Dizayn darajasi

Saytning mobil shakli

Sayt boshqaruv tizimi

(CMS)

Sayt tillari soni

(O'zbekcha, Ruscha, Inglizcha)

Internet do'kon imkoniyati

Matn yozish

(Copywriting narxi web sahifalar uchun berilgan)

SEO xizmat

(Googleda saytni yuqoriga olib chiqish va uni daromad olib keladigan qilish)

Internet do‘kon (magazin) yaratish narxi nimaga bog‘liq?

Sahifalar soni

Internet do‘kon (magazin) ochishda sahifalar soni juda muhim, sababi har bir mahsulot yoki xizmat uchun batafsil ma’lumot yozilgan alohida sahifa kerak. Online savdo do‘koni mahsulotlar bilan to‘ldirilgan bitta sahifadan iborat bo‘lsa, mijozingizga qanchalik noqulay bo‘lishini tasavvur qiling. Bu holat bo‘lmasligi uchun har bir sahifa ustida puxta ishlaymiz, oqibatda to‘laqonli, raqobatbardosh veb-sayt yaratiladi.

Intermet magazin ochishda dizayn darajasi

Do‘kon egalari yo‘lovchilarni chiroyli vitrina bilan o‘zlariga jalb qilish uchun har narsani sinab ko‘rishadi. Online savdo do’koni tayyorlashga kelsak, vitrina vazifasini uning munosib dizayni bajaradi. Biz sizning istaklaringizga moslashib, web dizaynni uchta toifaga ajratdik:

  • Oddiy dizaynveb-sayt dizayniga ma’lum talablari yo‘q bo‘lgan mijozlar uchun. Bu holatda ranglar logotip va mahsulotlar rangiga qarab tanlanadi, oqibatda saytning hech bir mehmoni befarq bo‘lmaydigan zamonaviy ko‘rinish paydo bo‘ladi.

  • Oliy dizayn – buyurtmalarining qanday bo‘lishi haqida ma’lum tasavvurga ega mijozlar uchun. Barcha takliflar kelishib olinadi va ish vaqti 10-15 soatdan iborat bo‘lgan dizaynerlarga yetkaziladi. Yakuniy natijani tasdiqlaganingizdan keyin joylashuvi belgilanadi.

  • Maxsus dizayn – «Oliy dizayn» toifasidagi barcha narsalarni qamraydi. Ammo, web dizayn yaratish jarayonida raqobatchilar sayti, rivojlangan mamlakat saytlari kabi ayrim omillar hisobga olinadi, bular original g‘oyalar beradi va sayt yuqoridagi toifalardan o‘zgacha chiqadi.

Internet magazinning mobil versiyasi

Odamlar internet masalasida, ayniqsa shopping uchun ko‘proq mobil qurilmalardan foydalanishadi. Elektron do‘kon ushbu jihatga mos ravishda albom ko‘rinishidan vertikal ko‘rinishga kelishi, shriftlar, yozuvlar, rasmlarning o‘lchamlari va format o‘zgarishi kerak. Bularning barchasi online savdo do‘konining mobil versiyasiga jamlanadi, tushunganingizdek, u ham shaxsiy kompyuter versiyasidan kam kuch talab qilmaydi.

E’tibor bering, saytning moslashtirilgan mobil versiyasini ishlab chiqish uchun alohida to‘lov olinmaydi.

Internet do’konda mahsulot variantlari

Ushbu funksiya xaridorga ma’lum bir mahsulotning qanday ranglarda, tarkib yoki o‘lchamda bo‘lishini aytadi. Shu tariqa u mahsulotning mavjud variantlarini biladi va o‘ziga mos o‘lcham hamda ranglarni qidiradi.

Chegirmalar

Chegirmalar hamisha mijoz jalb qilishning eng yaxshi va sinalgan usuli bo‘lgan. Ularning joylashtirilishi ham muhim bo‘lib, bu holatda mahsulotlar birinchi navbatda sotilib ketadi, mijozlar shu turdagi mahsulotlarni harid qilishga urinadilar.

Shuningdek, dizaynerlar ushbu mahsulotlarni o‘ziga xos tarzda, animatsiya ilova qilgancha xaridor ko‘ziga tashlanadigan qilib berishlari mumkin.

O‘xshash mahsulotlar

Biz mijoz saytda o‘tkazadigan qisqa vaqtni maksimal darajada osonlashtirish va qulay qilishga intilamiz. Maxsus «O‘xshash mahsulotlar» funksiyasi yordamida xaridor uning buyurtmasi bilan birga turgan yoki o‘xshash sifatlar, misol uchun rangi yoki ishlab chiqaruvchi firma toifalari bir mahsulotlar taklifini oladi. Shu tariqa, mijoz saytda ko‘proq vaqt qoladi, uning mahsulotni xarid qilish ehtimoli oshadi.

Filtrlar

O‘z o‘lchamingizga mos, buning ustiga ma’lum narxga ega mahsulotni sotib olishni istagan vaziyatlaringiz bo‘lganmi? «Filtrlar» tufayli sizning mijozlaringiz mahsulotlarni o‘zlariga qulay qilib saralashlari mumkin, natijada sotib olish ehtimoli bo‘lgan mahsulotni onson topishadi.

Filtrlarsiz mahsulot qidiruvi cho‘zilib ketadi, jarayon xaridgacha bormasligi ham mumkin.

To‘lov integratsiyasi – internet magazin yaratishning muhim qismi

Online savdo do‘koniga to‘lov tizimlari yordamida haq to‘lash imkoniyatini qo‘shish to‘lov integratsiyasi deb ataladi. UzCard, Click, PayMe kabi ommabop tizimlar shunday usulda joylashtiriladiki, mijoz o‘z xaridlari uchun bemalol to‘lov qiladi. Shu bilan birga, ma’lumotlar va pul xavfsizlik hamda maxfiylik tizimi himoyasi ostida bo‘ladi.

Tillar – internet magazin ochishda foydalanuvchilar uchun qator qulayliklar yaratadi

Mavjud axborot o‘quvchi uni kelib chiqishidan qat’iy nazar tushuna olishi uchun turli tillarda bo‘lishi kerak. Bir nechta tilda ma’lumot kerak bo‘lsa bu haqida buyurtma berish vaqtida ta’kidlang.

Internet magazin SEOsi ustida ishlash – biznesingizdagi muvaffaqiyatni kafolatlaydigan, sinalgan usul!

Mijozlar tomonidan qidiruv vaqtida saytingiz Googledagi birinchi qatorlarda chiqib turishi qidiruvni optimallashtirish deyiladi. Oqibatda, tashrif buyurish, qo‘ng‘iroqlar, buyurtmalar va albatta, daromad miqdori oshadi.

Xususan, online do‘kon tayyor bo‘lgach, biz raqobatchilarni chetlab o‘tish uchun har qanday usul bilan uning Google qidiruv tizimidagi pozitsiyasi ustida ishlaymiz.

Mijozlarimiz statistikasining ko‘rsatishicha, SEO-targ‘iboti uzoq muddatlik reklama kabi xarajatlarsiz ishlaydi! Yuqori pozitsiya uchun bo‘lgan kurashda g‘alaba qilish oson emas, ammo biz bilan o‘z g‘alabangizga ishonsangiz bo‘ladi.

Unutmang, ushbu xizmat asosiylar tarkibiga kirmaydi va uning uchun alohida buyurtma berish kerak.

Biznesingizni yuqoriga olib chiqmoqchimisiz?
Hech ham xavotirlanmang, bizning web studiya yordam beradi.
Bemalol bizning mutaxassisga qo’ng’iroq qiling. Barchasini tushuntiramiz. Kelishib ishlaymiz.

Biz bilan bog’laning

Internet magazin ochish ish jarayoni

Bizning jamoamiz dasturchilar, dizaynerlar, kopirayter va boshqalardan iborat tajribali mutaxassislardan tarkib topgan. Online do‘kon buyurtmasi muvaffaqiyatli chiqishi uchun bu insonlar nimalarni boshdan kechirishlarini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz.

Texnik topshiriq

Sayt yaratish bo‘yicha texnik topshiriq – kompaniya manfaatlari, uning faoliyati, sayt yaratish va uni bezash talablarining umumiyligini ifodalaydi. Siz texnik topshiriqni taom tayyorlash retsepti misolida ko‘rishingiz mumkin. U barcha kerakli masalliqlarga ega bo‘ladi, tayyorlanish jarayonidan keyin natija ko‘rinadi.

Onlayn savdo do‘konining (internet magazin) dasturiy ishlanmasi

Bizning web-mutaxassislar jamoasi mijoz talablarini obdon o‘rganadi va internet do‘kon ochish uchun eng yaxshi parametrlarni ishga soladi. Saytning yakuniy ko‘rinishi auditoriya demografiyasi, sizning qarashlaringiz hamda maqsadlaringizga moslashtirib beriladi.

Internet magazin Dizayni

Dizaynerlarimizning maqsadi interfeysni mijoz oson tushunadigan va ishlata oladigan qilib, intuitiv web dizayn yaratish sanaladi. Buning uchun, elektron do‘kon dizayni mayda detallarga qadar, rasmlaru ranglardan tortib, shrift o‘lchamlarigacha ishlab chiqilishi kerak. Barchasi o‘ziga xos model shaklida yig‘iladi va mijozda mahsulotni xarid qilishga istak uyg‘otadi.

Internet magazinni rivojlantirish – Online savdoni ko’taradi

SEOga buyurtma berish sizning online do‘kon uchun qila oladigan eng yaxshi ishingiz bo‘lsa ham, ko‘plab tadbirkorlar u haqida ma’lumotga ega emas. Buning o‘rniga ijtiomiy tarmoqlar va internetdagi pulli reklamaga tayanishadi, ular ishni rivojlantira olmaslik bilan birga doimiy mehnat va harajatni talab qiladi.

Saytni rivojlantirish bir tomondan faqatgina sahifani ishga tushirish vaqtida mehnat qilishni anglatadi, doimiy va ortiqcha xarajatlar kerak bo‘lmaydi. Bir marta oliy martabani zabt etib, yanada ko‘proq mijozlarga erishib boraverasiz.

OQILA optimallashtirish masalasida katta tajribaga ega va bu siz hamda loyihangizga munosib bo‘lgan sinalgan usul hisoblanadi. Bizning mamnun mijozlar bazasi bilan tanishing!

Internet magazin faoliyatiga foyda olib keluvchi kalit so‘zlar

Kalit so‘zlarni SEO targ‘ibotining ajralmas qismi deyish mumkin. Bizning mutaxassislar alohida ma’lumotlar bazasi uchun eng samarali so‘zlarni o‘rganishadi va saralab olishadi. Ularning yordamida sizning internet-do‘koningiz Google reytingida ko‘tariladi va qidiruvda birinchi o‘rinlarga chiqadi, tashrif buyuruvchilarning aksariyati aynan sizning do‘koningizga kiradi.

Matn kopiraytingi

Kopirayting – bu mijozni harakatga: mahsulot xarid qilish, xizmatga buyurtma berish, muassasaga kelishga undaydigan matn yozish sa’nati va ilmidir. Biroq, kopirayter xizmatiga yetarli baho berilmaydi, ko‘p hollarda unga befarqlik qilishadi. Biz tashrif buyuruvchini qiziqtirish va uni saytda qoldirish uchun SEO-matn yozamiz. Ana shunda tashrif buyuruvchining xaridorga aylanish imkoniyati oshadi, Googledagi ilk pozitsiyalar sizga tegishli bo‘ladi!

Internet magazinni ma’lumotga to‘ldirish

Sayt o‘z arxitekturasiga ko‘ra ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Texnik ishlar va bezatish jarayoni yakunlangandan keyin ma’lumot joylashtirish bosqichiga o‘tamiz. Keyinchalik ushbu ishni o‘z yangiliklaringizdan kelib chiqib siz bajara olasiz.

Odatiy saytlar Online savdoga qarama-qarshi: Farqlarning batafsil tahlili

Zamonaviy biznesni munosib veb-saytsiz tasavvur qilish qiyin, go‘yo bu narsa odamlarning shaxsiy ishlarini rivojlantirish jarayonidagi o‘ziga xos odatga aylangan. Ammo, veb-saytlar orqali sotish, mijozni bevosita xizmat yoki mahsulot sotuvchisi bilan bog‘lash usullari juda ko‘p. Bu kabi platformalar kundalik hayotda internetdan faol foydalanadigan va «elektron do‘kon» atamasi tez-tez yodga olinadigan jamiyatga chuqur o‘rnashadi.

Kompaniyaning korporativ mavjudligini aks ettiruvchi odatiy saytlardan farqli ravishda internet-do‘kon ochish va uning dizaynini yaratish asosiy ishlardan tashqari, qo‘shimcha jarayonlar kompleksini talab qiladi. Bu o‘z ortidan yangi xizmat turlari, takliflar va umumiy onlayn savdoni jalb qiladi.

Ushbu mavzuga chuqurroq kirib, elektron do‘konga buyurtma berishdan avval bilishingiz kerak bo‘lgan farqlarni ko‘rib chiqamiz.

1. Funksional

Ishlab chiqish masalasida odatiy veb-saytlar va internet-do‘konlar mutaxassislardan turli ishlarni talab qiladi. Shopping markazi kabi ko‘rinishdagi elektron do‘kon ochish uchun saytga qo‘shimcha funksional biriktiriladi. Bu, misol uchun tanlangan mahsulotlarni yig‘ish «Savatcha»si, yetkazib berish xizmati narxi hisobi bilan dasturlashtirilgan mahsulotni buyurtmachiga yetkazish funksiyasi, mahsulot bor-yo‘qligini ma’lumotlar bazasidan tekshirish, yetkazish xizmati bilan aloqa va hokazo bo‘lishi mumkin. Oddiy saytda bunday xizmatlar spektrining keragi yo‘q, u mahsulotlarni bevosita internet orqali sotishga yo‘naltiriladi.

2. Onlayn savdo maqsadlari

Elektron do‘kon va odatiy veb- sayt ochishning yana bir farqi shundan iboratki, internet-do‘kon egasi faqatgina mahsulotga e’tibor qaratadi, veb-saytda esa axborot ko‘proq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, online savdo do‘koni o‘rnida oddiy sayt bo‘lsa, mahsulotni sotish istagi katta bo‘lmaydi.

3. Kontent

Har ikki sayt turi ham turlicha ma’lumotni jamlaydi, bu yerdagi farq aniq ko‘rinadi, bizningcha. Online savdo do‘konida naxrlar va mahsulotning xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, odatiy veb-sayt esa kompaniya va uning faoliyati haqidagi umumiy ma’lumotlarga ko‘proq diqqat qaratadi.

4. Onlayn savdoda xavfsizlik

Internet olamida aldov yo‘llari bilan pulingizni yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlashi mumkin bo‘lgan tovlamachilar ko‘p. Shu sababli oddiy va savdo saytining har ikkisi ham ma’lumotni saqlay ola bilishi kerak.

Elektron do‘kon to‘lov tizimi bilan ishlaydi, mutaxassis unda amalga oshiriladigan tranzaktsiyalar xavfsizligini ta’minlashi lozim. Bu jihatlar pullar o‘g‘irlanishi yoki yo‘qotilishiga qarshi alohida ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, manzil, ismlar, kontakt ma’lumotlari ham maxfiy bo‘lib qolishi, uni internet-do‘kon kafolatlashi kerak.

Odatiy veb-saytlarda foydalanuvchilar uchun turli taxdidlardan himoyalanish dasturlashtiriladi.

Xulosa shuki, Internet magazin ochish online savdo hajmida muhim ahamiyat kasb etadi.

Internet-do‘kon – mahsulotlarni tez va katta miqdorda sotishni istagan kompaniyalar uchun ajoyib imkoniyat. Agar kompaniya internet-do‘kon ochish uchun imkoniyatga ega bo‘lsa, bu potensial mijozlarning ko‘payishi, qidiruv tizimidagi yuqori natijalar (qidiruv tizimining natijalar sahifasi) elektron savdo va daromad ko‘rsatkichlari oshishiga olib keladi.

OQILA web studiyasi sizning biznesingiz rivoji uchun barcha daromad kafolatini beruvchi xizmatlarni taklif etishga tayyor.