Web saytlar yaratish va Web dasturlar tuzish

Agar biznesingizni internetga olib chiqish niyatida bo'lsangiz, uni faqat yuqori darajali mutaxassislar qo'liga topshirishingiz zarur. Veb saytlar ishlab chiqish kompaniyamizning eng asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Kompaniya sayti, yangiliklar sayti, internet do'kon, e'lonlar sayti yoki ijtimoiy tarmoq kabi barcha turdagi dasturlarni bizning oliy ma'lumotli mutaxassislarimizga ishonib topshirishingiz mumkin. Bizning asosiy ustunligimiz bu OqilaCMS sayt boshqarish tizimidir. Uzoq yillik tajribalarimiz evaziga yaratilgan ushbu platforma saytingizni doim ishonchli ishlashini ta'minlaydi.

Keng ko'lamdagi loyihalar

Biz uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishda yuqori tajribaga egamiz, bunga misol tariqasida Aslbazar.com loyihasini keltirish mumkin. Keng ko'lamdagi loyihalarni amalga oshirishda biz jahon tajribasida sinalgan SOLID metodologiyasi, unit test, control version kabi uslublardan foydalanamiz.

Veb dizayn

Bugungi kunda sayt dizayni turli mobil qurilmalarga moslashuvchan va foydalanishga qulay bo'lishi talab qilinadi. Yaxshi dizayn puxta ilmiy tadqiqotlar va aniq natijalarga asoslangan bo'ladi. Shuni hisobga olgan holda bizning jamoa saytingizga foydalanuvchilarni o'ziga rom qiladigan zamonaviy dizaynlar ishlab chiqish xizmatini taklif etadi.

Texnik xizmat

Yangi saytga buyurtma bermoqchimisiz? Yoki sizda allaqachon sayt mavjudmi? Bizning jamoa o’z mijozlariga quyidagi texnik xizmatlarni taqdim etadi:

  • Oddiy hosting, VPS, Cloud hostingni sozlash va axborot xavsizligini ta'minlash;
  • Ishlab turgan saylarni rivojlantirish va qo'shimcha imkoniyatlar qo'shish;
  • Eskicha dizaynli saytlarni mobil qurilmalarga moslashgan dizaynga o'tkazish.