Kompaniya sayti

Kompaniya sayti internetdagi kompaniyaning rasmiy vakili hisoblanadi.

Sayt strukturasi

  1. Asosiy sahifa
  2. Mahsulotlar katalogi
  3. Mahsulotning batafsil sahifasi
  4. Kompaniya haqida
  5. Aloqa ma'lumotlari

Xizmatlarimiz o'z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Standard logotip yaratish
  • Saytning mobil versiyasi
  • Zamonaviy dizayn
  • Qidiruv tizimlariga saytni birlamchi moslash
  • 1 yil hosting sovg'a
  • 1 yil texnik xizmat
  • Buyurtma berish formasi va info@sayt-nomi.uz email
  • Aslbazar.com™da Gold a'zolik
  • CRM uchun 50% chegirma

Kompaniya sayti nima?

Kompaniya sayti internetdagi kompaniyaning rasmiy vakili hisoblanadi. Kompaniya sayti kompaniya to'g'risidagi batafsil ma'lumotni, taklif etilayotgan mahsulot va xizmat turlarini o'z ichiga oladi. Saytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar katalogi, so'rovnomalar, elektron pochta manzillari va forumlar kabi maxsus qo'shimcha xizmatlar ham bo'lishi mumkin. Kompaniya sayti orqali hisobotlarni onlayn taqdim etish, elektron savdolarni amalga oshirish, reklama aksiyalarini tashkillashtirish, yangiliklarni yetkazib berish, mijozlardan fikrlar yig'ish iloji bor. Birinchi navbatda kompaniya saytida dizaynga katta e'tibor berish maqsadga muvofiqdir, chunki bu kompaniyaning internetdagi yuzi hisoblanadi. Shuning uchun kompaniya uslubiga mos, bo'lajak mijozlarning, kompaniya hamkorlarining va albatta, matbuotning ishonchini qozonadigan dizayn tanlash zarur. Hozirgi vaqtda yirik kompaniyalarning ajralmas qismi bu uning shaxsiy sayti hisoblanadi. U internet tarmog’ida kompaniya haqida to’liq ma'lumot berishda samarali vosita hisoblanadi. Vazifa va maqsadlarga qarab, saytning murakkablik darajasi turli xil bo'ladi. Murakkab saytlarni yaratishda tajribali mutaxassislarga murojaat qilish tavsiya etiladi. Websaytlarni yaratishda kompaniya xususiyatlari va afzalliklarini, hamda uning o'ziga xosligini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.