Mobil ilovalar yaratish

Mobil ilovalar nafaqat o'yin-kulgu, balki biznesni samarali rivojlantirish vositasi hamdir.

Mobil qurilma

Bugungi hayotimizda mobil qurilmalar alohida ahamiyatga ega. O'yin-kulgu va biznes vazifalar uchun har bir foydalanuvchi smartfon yoki planshetlardan foydalanadi. Shuning uchun ko'proq foydalanuvchilarni jalb qilish va yangi bozorlarni egallash maqsadida biz tez rivojlanib borayotgan faoliyatlardan biriga e'tibor qaratamiz. Mobil ilovalar mijozlar orasida katta mashxurlikka erishishga yordam berishi mumkin. Bugungi kunda iOS va Android kabi platformalarda mobil ilovalar ishlab chiqarish urf bo'lib boryapti. Professional dasturchilardan tashkil topgan jamoamiz murakkablik darajasidan qat'iy nazar, turli ilovalar ishlab chiqish uchun sizga yordam beradi.

Android

Android platformasidagi mobil ilovalar sizga katta auditoriyadagi mobil foydalanuvchilar bilan bog'lanish imkonini beradi. Shuning uchun siz bu platformaga katta e'tibor berishingiz kerak.

iOs

iOS platformasida mobil ilovalar ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Chunki odatda bunday qurilma foydalanuvchilari yuqori daromadli insonlar bo'lib, bunday mijozlarga ega bo'lishning katta afzalliklari bor.

Gibrid ilovalar

Gibrid mobil ilovalar mashhur ilova turidir. Bunday turdagi dasturlarni ishlab chiqish nisbatan tez va arzonga tushadi. Chunki dastur universal texnologiyalar asosida tuziladi va u barcha platformalarda birday ishlaydi.